Foydani taqsimlash va uni ko'paytirish yo'llari reja: Kirish Xarajatlar to`g`risida tushuncha va ularning tasnifi. Foyda va uni shakllantirish manbalari


Download 46.59 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi46.59 Kb.
#1391212
  1   2   3   4   5
Bog'liq
FOYDANI TAQSIMLASH VA UNI KO\'PAYTIRISH YO\'LLARI


FOYDANI TAQSIMLASH VA UNI KO'PAYTIRISH YO'LLARI


REJA:


Kirish
1. Xarajatlar to`g`risida tushuncha va ularning tasnifi.
2. Foyda va uni shakllantirish manbalari.
3. Foydani taqsimlash tartibi va uni ko`paytirish yo`llari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish

Foyda - [korxona], pul daromadlaridan sarflangan barcha [xarajat]lar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismiga aytiladi. Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari yoki pul daromadlari deyiladi.


Foyda — tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qismi. Korxonalar va tadbirkorlar xoʻjalik faoliyati moliyaviy natijalarining asosiy koʻrsatkichlaridan biri. Foyda pulda ifodalanadi. Foyda bozor daromadi boʻlib, uning qonunqoidalariga binoan vujudga keladi, taqsimlanadi va ishlatiladi1.
Foyda kapital, ishlab chiqarish omili sifatida tovar va xizmatlar narxi tarkibiga kiradi, ular sotilgach, pul shaklida kapital sohibi ixtiyoriga keladi. Foyda topish tadbirkorlikning asl maqsadi hisoblanadi, unga intilish bozor iktisodiyotining rivojlanishini taʼminlaydi. Amaliyotda foyda (F) daromad (D) bilan xarajatlarning (W) ayirmasi sifatida qaraladi (F=D—W).
Foyda 3 omilga bogʻliq:
a) bozorbop tovar va xizmatlarini yarat i sh, natijada ularni sotishdan kelgan pul tushumi koʻpayadi, buning tarkibidagi FOYDA ham ortadi;
b)daromadlar — tushumlar miqdori (D). Tushumlar sotilgan tovarlar va xizmatlar miqdoriga (Q) va ulardan har birining narxi (R)ga bogʻliq (D=QP);
v)xarajatlar miqdori. Bozorda narxlar oʻzgarmay kelgan taqdirda xarajatlarning pasayishi foydani koʻpaytiradi, ularning ortishi esa uni qisqartiradi.
Xarajatlar dinamikasi mehnat unumdorligiga bogʻliq. Meqnat unumdorligining ortishi xarajatlarni kamaytirish orqali foydani koʻpaytiradi. Shu sababli foydani koʻp olish sharti — mehnat unumdorligini muttasil oshirib borish hisoblanadi. Xarajatlar pasaygan sharoitda foydaning daromaddagi hissasi ortadi, aksi yuz berganda bu hissa qisqaradi. Bordiyu, tovarlarga talab hozir boʻlib, ularning bozor narxi oshsa, oʻzoʻzidan va xarajatlardan kati nazar, foyda ortadi.
Narxning foydaga taʼsiri shundan guvohlik beradiki, bozorgir tovarlarni chiqarmay turib yaxshi foyda koʻrish mumkin emas. Har qanday firma foydani eng koʻp olishga, yaʼni uni maksimumlashtirishga intiladi, foyda miqdoriga taʼsir etuvchi omillarni ishga soladi2.
Foyda massasi — bu foydaning mutlaq miqdoridir. Foyda massasi qanchalik koʻp boʻlsa, foyda shunchalik maksimumlashgan hisoblanadi. Agar foyda normasi goqori boʻlsa, oz kapital bilan ham koʻp foyda olish mumkin, bordiyu foyda normasi past boʻlsa, kapitalni koʻpaytirib foydani koʻpaytirish mumkin. Foyda maksimumlashtirish uchun ham foyda normasi, ham kapital summasi katta boʻlishi zarur. Foyda normasini pasayishi hisobidan foyda massasi qisqargan chogʻda, bu yoʻqotishni bartaraf etish uchun investitsiyapar hisobidan kapital koʻpaytiriladi. Olingan foydaning bir qismi investitsiyaga aylanadi, bu bilan u kapitallashadi. Amortizatsiya va kredit hisobidan ham pul investitsiyalanganda kapital koʻpayadi. Natijada foyda normasi pasaygan chogʻda ham olinadigan foyda miqdori qisqarmaydi. Agar foyda normasi pasayishiga nisbatan kapital tezroq koʻpaysa foyda massasining ortishi yuz beradi.


Download 46.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling