Franklar davlatining tashkil topishi


Atamalar mazmunini bilib oling


Download 44.47 Kb.
bet4/6
Sana31.01.2024
Hajmi44.47 Kb.
#1819112
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
X-XI ASRLARDA YEVROPA SHAXARLARI

Atamalar mazmunini bilib oling
Sanoat - xo`jalikning xomashyodan tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi sohasi. Xalfa - ustaning eng yaqin yordamchisi.
Tovar xo`jaligi va savdo-sotiq
Tovar xo`jaligining vujudga kelishi.
Tovar sotish uchun ishlab chiqariladigan mahsulotdir.
Hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralib chiqishi hunarmandchilik va dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirdi. Hunarmand ham, dehqon ham birbiri bilan savdo qilishdan birday manfaatdor edik Shu tariqa hunarmandchilik va dehqonchilik tovar xo`jaligiga aylana borgan. Bu esa savdo-sotiqning tobora rivojlanishiga olib kelgan.
Tovar xo`jaligi bozorda sotish uchun mahsulot ishlab chiqaradigan xo`jalikdlr.
Tovar xo`jaligining rivojlanishi natural xo`jalikning ahamiyatini tobora pasaytirgan.
Savdo-sotiq rivoji yo`lidagi to`siqlar.
o`rta asrlarda savdo-sotiq foydali, ammo qiyin va xatarli ish edi. Savdogarlarni quruqlikda yo`lto`sarlar - ritsarlar talardi. Dengizda esa qaroqchilar shilib olardi. Savdogarlar feodal yeridan, ko`prigidan, daryo kechuvidan o`tganligi uchun boj to`lashga majbur edi. Feodallar o`z daromadini ko`paytirish uchun quruq joylarga ham ko`prik solganlar. Savdogarlar otaravalaridan ko`tarilgan chang uchun ham soliq to`laganlar.
Yo`llar tor bo`lib, tosh yotqizilmaganligi uchun bahor va qishda yurib bo`lmaydigan darajada botqoq bo`lib ketardi. Arava g`ildiraklari sinishi oqibatida yerga ag`darilib tushgan tovar o`sha yer egasining o`ljasi hisoblanardi. Dovulda halokatga uchragan kema yukini to`lqin qirg`oqqa chiqarib tashlasa, sohil egasi bo`lgan feodal o`sha tovarlarni o`ziniki qilib olardi.
Savdogarlar o`zlarini talonchilikdan himoya qilish uchun gildiyalarga birlashganlar.
Ular talanishdan omon qolish maqsadida bir to`da bo`lib olishar, soqchilar yollar va ularning qo`riqchiligida safarlarga chiqardilar.
II.BOB. HUNARMANDLAR USTAXONASI.

Download 44.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling