Franklar davlatining tashkil topishi


Download 44.47 Kb.
bet5/6
Sana31.01.2024
Hajmi44.47 Kb.
#1819112
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
X-XI ASRLARDA YEVROPA SHAXARLARI

2.1. Hunarmandlar ustaxonasi.
Sharq bilan savdo-sotiq aloqalari.
Sharoit og`irligiga qaramay savdo sotiq rivojlanib bordi. Yevropa savdogarlari Sharq mamlakatlari bilan azaldan savdo-sotiq qilardi. Ular o`rta Yer dengizidan Suriya va Misr portlariga borardilar. Arab va Eron savdogarlari bu yerlarga qimmatbaho sharq tovarlarini olib kelardilar. Yevropa savdogarlari ulardan zeb-ziynat buyumlari, ziravorlar sotib olib, ularni o`z mamlakatlaridagi boylarga sotib, ko`p foyda topardilar. Dorixona tarozilarida tortilib, oz-oz miqdorda sotiladigan ziravor oltinga teng turardi.
Italiyadagi Venetsiya va Genuya shaharlarining savdogarlari Sharqqa boradigan savdo yo`llarini o`z qo`llariga oldilar.
Bu ikkala shahar ham mustaqil shahar - respublika bo`lib, hokimiyat boy savdogarlar qo`lida edi. Ularning savdo flotlari, o`nlab uylari, omborlari va do`konlari bo`lardi.
Sharq bilan savdo-sotiq qilish natijasida o`rta Yer dengizi bo`yidagi Yevropa shaharlari, ayniqsa, Italiya shaharlari o`sdi va boyib ketdi.
Yodda tuting
Respublika - hokimiyatning oliy boshqaruv organlari saylov yo 'li bilan shakllantiriladigan davlat.

2.2. Tovar xo`jaligi va savdo-sotiq
Yevropa shimolidagi savdo-sotiq ishlari.
Boltiq va Shimoliy dengizlardan muhim savdo yo`llari o`tardi. Bu yerda tuz, mo`yna, jun, movut, mum, yog`och, temir va xo`jalik uchun zarur bo`lgan boshqa tovarlar bilan savdo qilinardi. Bunda Rusdagi Novgoroddan tortib, Angliyaning poytaxti Londongacha Shimoliy Yevropa mamlakatlari va shaharlarining savdogarlari savdo-sotiq qilardi. Savdo-sotiq markazi Bryugge shahri edi.
Yevropa shimolidagi savdo-sotiqda yetakchilikni egallash uchun nemis shaharlarining savdogarlari XIV asrda ganzaga (ya'ni ittifoqqa) birlashdilar. Ganzaga 70 dan ortiq shahar kirardi. Bu ittifoqqa Germaniyaning Lyubek shahri boshchilik qilardi.
Ganza savdogarlari Shimoliy va Boltiq dengizi bo`ylarida olib boriladigan savdo-sotiq ishlaridan o`z raqiblarini siqib chiqarishga urinardilar. Novgorod, Bryugge, London va boshqa shaharlarda ularning mustahkam savdo saroylari bor edi. Ganza katta flotga ega edi.
Yarmarkalar va sarroflar.
Yevropaning odamlar eng ko`p to`planadigan savdo-sotiq joylarida bir yilda bir marta o`tkaziladigan bozorlar ochilgan. Bunday bozorlar yarmarka deb atalgan. Savdogarlar yarmarkalarda bozori chaqqon tovarlarni arzonga sotib olib, mayda savdogar va hunarmandlarga ulgurji sotardi.
Xffl asrda eng mashhur yarmarkalar Fransiyaning shimoli-sharqidagi Shampan grafligida ochilgan. Shampan yarmarkalarida Sharqning zebziynat buyumlari ham, Shimoliy Yevropaning tovarlari ham sotilardi.
Savdogarlarning do`konlari joylashgan rastalar yonida sarroflar pul ishlari bo`yicha mutaxassislar o`tirardi. Savdogarlar sarroflar yordamiga juda muhtoj edi. Chunki har bir mamlakatda og`irligi va zarb shakli turli bo`lgan pullar yurardi. Bu pullarni qirollargina emas, balki yirik feodallar va katta shaharlar ham chiqarardi. Faqat Fransiyaning o`zida kamida 80 xil tanga zarb qilinardi. Sarroflar muayyan xizmat haqi evaziga ularning pullarini yarmarkada muomalada yuradigan pullarga almashtirib berardi.
Sarroflarnng puli asta-sekin ko`payib bordi. Ular qarzga pul beradigan bo`ldilar. Qarzga olingan pulni ma'lum muddatda foydasi bilan qaytarib berish lozim edi. Shu tariqa sarroflar sudxo`rlarga aylanardilar.
Banklarning vujudga kelishi.
Savdo-sotiqning rivojlanishi banklami vujudga keltirgan.
Dastlabki bankirlar sarroflar va sudxo`rlar bo`lishgan. Ular foiz evaziga qarz berishardi. Shuningdek, pullarni saqlash uchun ham qabul qilishardi. Xizmat vazifalariga ko`ra, bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatdagi savdogarlarga pul jo`natishar edi.
Shu tariqa yana ikki qudratli tabaqa - savdogarlar va sarmoyadorlar tabaqasi ham shakllangan. Ularning qo`lida katta boylik to`plangan.
Birjalarning vujudga kelishi.
o`rta asrlar Yevropasida dastlabki birjalar 1409- yilda Bryugge (Gollandiya)da, 1460- yilda Antverpen (Belgiya)da, 1462- yilda Lion (Fransiya)da vujudga keldi. Birjalar tovar, valuta, ulgurji savdo bozorlaridir. Tovarlarning birjalar orqali sotilishi yo`lga qo`yila boshlangan. Bunda asosiy o`rinni brokerlar o`ynagan.
Ular mijoz-sotuvchi topshirig`i bilan uning foydasiga ish yuritgan. Broker mijoz tovarini uni qanoatlantiradigan narxda sotilishini kafolatlashda muhim o`rin tutgan.
O'rta asr shaharlari asosan feodallarning yerlarida joylashgan bo'lib, ular esa qaram edilar.
Shaharlarda avvaliga erkin hunar- mandlar bilan bir qatorda qaram dehqonlar ham yashashgan. Lekin sekin-asta shaharlar o'z erkinliklari va mustaqilliklari uchun kurasha boshladilar. Feodal shaharlarda xokimiyat boy savdogarlar, sudxo'rlar va uy egalari qo'liga o'ta boshladi. Hunarmandchilik va savdo-sotiq shahar aholisining asosiy mashg'uloti bo'la boshladi. Shahar hunarmandchiligining eng keng tarqalgan turlari to'qimachilik metallarni eritish va ularga ishlov berish edi.
To'qimachilik sohasida movut va dag'al jun matolar ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega edi. Feodal G'arbiy Yevropada Flandriyava Florensiya rayonlari jun ishlab chiqarishning asosiy markazlari edi. Sharq davlatlaridan o'zlashtirib olingan shoyi ishlab chiqarish shimoliy italyan shaharlari va Fransiyaning ba'zi sha- harlarida (Lion) rivojlandi. Qurol-yarog' ishlab chiqarish juda tez rivojlana boshladi. Uzluksiz urushlar ko'p miqdorda qurol va yarog'-aslaha talab qilardi. Metallga bo'lgan talab metallurgiyaning tez rivojlanishiga olib keldi. Ochiq o'choqlar o'rnini yopik o'choqlar egallay boshladi. Yopiq o'choqlarda yuqoriroq temperatura rejimlariga erish- ish mumkin bo'lib, natijada qiyin eruvchi temir rudalaridan ham metall olinadigan bo'ldi. XV asrda deyarli barcha G'arbiy Yevropa davlatlarida domna o'choqlari bor edi. Metallga ishlov berishda quymachilik ishi katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Yevropadagi o'rta asr hunarmandchiligiga xos bo'lgan jihat ishning sexlar ko'rinishida tashkil etilishi bo'lib, bu feodal tu- zumining oqibati edi. U yoki bu shaharning har bir sexi bir kasb yoki mutaxassislik hunarmandlarini birlashtirar, o'z ustavi va say- lanadigan ma'muriyati-oqsoqollariga ega edi. Faqat ustalar o'rta asr sexlarining to'la huquqli a'zolari edi. Hunarmandchilik ustax- onalarida ustalar bilan bir qatorda yordamchi ishchi va shogirdlar ham ishlar edi. Sex hunarmandchiligida hali mehnat taqsimoti yo'q bo'lib, har bir hunarmand o'z mahsulotini boshidan oxirigacha o'zi tayyorlar edi. Raqobatga qarshi turish hamda hunarmandchilik ustaxonalaridagi ishchilar o'rtasida iqtisodiy tenglikni ta'minlash maqsa- dida o'rta asr hunarmandchilik sexlarida shafqatsiz, qattiq regla- mentlash tartibi amalda bo'lgan. Mahsulot hajmi va sifati, bahosi, yordamchi ishchi va shogirdlar soni, jixozlar va xom-ashyo miqdori, ish kunining davomiyligi bularning hammasi qat'iy belgilab qo'yilgan. Shaharda hech kim, agar u sex a'zosi bo'lmasa, biror bir hunar bilan shug'ullanishga haqqi yo'q edi.
Bu tadbirlarning hammasi, shu jumladan sex tashkiloti ham av- val boshda progressiv ahamiyatga ega bo'ldi, chunki hunarmand- larning manfaatlarini himoya qilar edi. Lekin sexlar sekin-asta jamoaviy ishlab chiqarish rivojlanishiga to'sqinlik qila boshladi. Chunki sexlardagi reglamentlash tartibi texnik rivojlanishga, ishlab chiqarish kuchlarining o'sishiga sun'iy to'sqinlik qilar, raqo- batni va hunarmandlarning tashabbusini bo'g'ib turar edi. X-XV asrlarda ishlab chiqarish kuchlari va tovar ishlab chiqarish rivojlanishi bilan birga ichki va tashqi savdo ham kengaya bor- di. Ayniqsa kompaniyadagi yarmarkalar mashhur edi.
Uning oltita shahrida navbatma-navbat yarmarkalar tashkil etilar, bu yerga turli davlatlardan savdogarlar oqib kelardi. Savdogarlar va hunar- mandlarni talon-tarojdan va yirik feodallar o'z boshimchaligidan himoya qilish uchun shaharlar maxsus ittifoqlarga birlashganlar. Ulardan eng mashhuri Ganza ittifoqi bo'lib, u butun Shimoliy Yev- ropadan (Novgoroddan) Londongacha - o'z filial va idoralariga ega edi. Turli vaqtlarda Ganzaga 70 dan 100 tagacha, asosan nemis shaharlari birlashgan. Yevropada tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi XI-XV asrlarda, dastlabki banklar va qarz muomalalar- ining paydo bo'lishiga olib keldi. Ba'zi ishbilarmon va savdogarlar bankirlardan, ya'ni sudxo'rlardan pul qarz olib ishlatardilar. Bank-kredit muomalalari va muassasalari eng avvalo Shimoliy Italiya shaharlarida rivojlana boshladilar. "Bank" atamasi italyan- cha "banka" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, sudxo'rning pul ayir- boshlash stolchasini anglatadi.



Download 44.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling