Franklar davlatining tashkil topishi
Hunarmandchilikning ajralib chiqishi
Download 44.47 Kb.
|
X-XI ASRLARDA YEVROPA SHAXARLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shaharlarning vujudga kelishi.
1.1. Yevropada o`rta asrlar shaharlarining vujudga kelishi
Hunarmandchilikning ajralib chiqishi.Oxir-oqibatda hunarmandchilik dehqonchilikdan xo`jalikning alohida sohasi bo`lib ajralib chiqdi. Shu tariqa jamiyatda hunarmandchilikni o`ziga asosiy kasb qilib olgan kishilar guruhi vujudga kelgan. Bu esa o`z navbatida savdo-sotiqning rivojlanishiga asos bo`lgan. Hunarmand o 'z hunarmandchilik kasbi orqali tirikchilik qila oladigan, o`zining mehnat qurollari va ustaxonasiga ega, sotish uchun turli buyumlar ishlab chiqaradigan,shaxsan erkin bo 'Igan mayda mulkdordir. Qishloq xo`jaligining o`sishi ortiqcha mahsulotni vujudga keltirgan. Dehqon ortiqcha mahsulotni shaharga olib borib sotgan. Uning o`rniga hunarmandchilik buyumlarini sotib olgan. Bu omil savdo-sotiqning rivojlanishiga asos bo`lgan. Shaharlarning vujudga kelishi.V - XI asrlarda shaharlar hunarmandchilik va savdo markazlari emas edi. Bunga natural xo`jalik hukm surganligi sabab bo`lgan. o`rta asrlarning ikkinchi yarmida vaziyat o`zgardi. Hunarmandlar dastlab o`zlari yasagan mahsulotlarni sotish uchun xaridor izlaganlar. Bu noilojlik oqibati edi, albatta. Xaridor izlash oson ish emas edi. Bora-bora hunarmandlar o`zlariga manzilgohlar barpo etganlar. Manzilgohlar uchun katta-katta yo`llar kesishgan chorrahalar, daryo kechuvlari, dengiz gavanlariga yaqin joylar tanlangan. Ular o`z uylarini monastirlar va feodallar qasrlarining devorlari yoniga qurishgan. Hunarmandlar nima uchun aynan ana shu joylarga ko`chib kelardilar? Monastir va qasrlarda yashovchi kishilar hunarmandlarga uy jihozlari, qurolyarog`lar yasashga, kiyim-bosh tikishga buyurtmalar berardi. Urush bo`lib qolgan taqdirda qal'a devorlari orqasiga bekinib jon saqlash mumkin edi. Bu yerlarga ko`plab savdogarlar tez-tez kelib turar, keyinchalik shu yerda muqim turib qolardilar. Ular qimmatbaho sharq mollari, shu bilan birga, temir, tuz, charm, jun kabi mahsulotlar olib kelardilar. Qishloq xo`jalik mahsulotlarini sotib, o`zlariga zanir buyumlarni xarid qilish uchun tevarakatrofdagi qishloqlardan dehqonlar kelardi. Hunarmandlar ularga o`z buyumlarini sotishardi. o`zlariga zarur xomashyolarni esa sotib olardilar. Hunarmandlarning qishloq xo`jaligidan ajralishi hamda savdo-sotiqning rivojlanishi natijasida Yevropada o`rta asr shaharlari vujudga keldi. Shahar - hunarmandchilik va savdo-sotiq markazi bo 'Igan yirik aholi manzilgohi. Shaharlarning vujudga kelishi qishloqning ham keng ko`lamda bozor bilan bog`lanishiga olib keldi. Bu esa natural xo`jalikka katta zarba berdi. Download 44.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling