Fransiyani soliq tizimi asoslari Qo‘shilgan qiymat soligi
Download 1.2 Mb.
|
fransiya soliq tizimi
Fransiya soliq tizimi Reja :
Fransiya jahon tsivilizatsiyasining beshiklaridan biri hisoblanadi. Fransiyada iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish Yevropada eng yuqori darajada hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlar orasida yalpi ichki mahsulotda majburiy to lovlarni (soliq to’lovlari, ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar) salmogi eng yuqoriligi bilan Fransiya farq qiladi. XX asming 80-yillarining birinchi yarmida bu salmoq ortib borgan va 1985 yili 45,6% ni tashkil qilgan (1976 yili 39,4% bo lgan). Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Yevropa iqtisodiy hamkorlik mamlakatlarining o‘rtacha ko‘rsatkichidan ancha yuqori hisoblanadi. Fransiyadagi majburiy ajratmalar tizimini yana bir xususiyati, ularning tarkibida ijtimoiy sug‘urta foiziga ajratma ulushi ancha yuqori. Majburiy ajratmalar tarkibida ijtimoiy sug‘urta foiziga ajratma Fransiyada 43,3% tashkil qiladi. Uning darajasi yirik rivojlangan mamlakatlar, shu jumladan, Yevropa iqtisodiy hamkorlik mamlakatlari ichida eng yuqori hisoblanadi. Frantsiya past to‘g‘ri soliq va yuqori egri soliq salmoqlari darajasi bilan ham farq qiladi. Shu bilan bir qatorda Frantsiyada ichki yalpi mahsulotda tovarlar va xizmatlardan tushadigan soliq ulushi ham yuqori Frantsiya davlat byudjetini daromadida soliqlar (ajratmalar bilan birgalikda) tushumi 93%ga yaqin o‘rinni egallaydi. Qolgani soliqsiz daromadlarga to‘g‘ri keladi. Egri soliqlar byudjetni umumiy daromadini 60%ga yaqinini beradi. Asosiy egri soliq Frantsiyada qo‘shilgan qiymat solig’i hisoblanadi. Bu soliq 1954 yilda joriy qilingan. Byudjetni soliqli daromadlari ichida QQS 45%ni tashkil qiladi. Egri soliqlar tarkibida QQS ulushi 72,3% teng. Keyingi egri soliq - ichki neft mahsulotlariga solinadigan soliq. Uning ulushi 7,0-8,5% teng. Deyarli 40% ga yaqin byudjet daromadlari to‘g‘ri soliqlardan kelib tushadi. Bularning tarkibida asosiy qismini daromad solig’i (jismoniy shaxslar daromadiga solinadigan soliq) egallaydi. Jismoniy shaxslarni daromadiga solinadigan soliq umumiy byudjet daromadini 18-21% ini tashkil qiladi. Ikkinchi o‘rinni to‘g‘ri soliqlar tarkibida aktsioner kompaniyalami foydasiga solinadigan soliq (korporatsiya solig i) egallaydi. Byudjetni soliq daromadlari tarkibida bu to’lov 8 -10 foizni tashkil qiladi Qo’shilgan qiymat solig'i (TVA-taxesur la vabeur ajoutes) aylanma solig’ini boshqacha ko'rinishi hisoblanadi. Bu soliq markaziy va mahalliy byudjetlar daromadiga olinadi. Soliqni avval markaziy byudjetga olinadi va keyin uning bir qismi mahalliy byudjetlarga beriladi. Tovarlarni ishlab chiqarish va aylanishini har bir bosqichida ulami bahosini oshiruvchi qiymatga qo'shimcha deb nom berilgan. Frantsiyada amalga oshiriladigan ishlab chiqarish va savdo xususiyatiga ega bo'lgan har bir kelishuvga soliq qo'llaniladi. Frantsiyada amalga oshirilgan TVA colinadigan har-xil xizmatlar ham shu tartibda qabul qilinadi. Lekin, chet elga ketayotgan transport, yoki xorijiy mamlakatlar transport! va bu transportga tegishli anjomlar eksport sifatida «Xalqaro o'zaro aloqa» xujjati asosida bu soliqdan ozod qilinadi. Qo'shilgan qiymat solig'ida soliq solinadigan baza baho, ya’ni sotib oluvchi tovami sotuvchi, xizmat ko'rsatuvchiga pul yoki natura shaklida beradigan hamma to'lov hisoblanadi. Bu ro'yhatga sanoatchi yoki sotuvchi tomonidan qilingan hamma harajat va olinadigan foyda kiritiladi. Fransiyada TVA umumiy xususiyatga ega. Soliq hamma sotish va tovarlarni hamma sotib olish, shu jumladan o'zining ehtiyoji uchun, kompaniyani mahsulotini ko'paytiruvchi hamma muomala operatsiyalari va transfertiar (oddiy berish), kompaniyalami uskunalari yoki boshqa ko'chmas mulklar, soliq bilan qamrab olinadi. Soliq har-xil stavkalarga ega: a) pasaytirilgan stavkalar-2,1; 4,0; 5,5%; b) standart- 18,6%; v) oshirilgan - 22% Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling