Fransiyani soliq tizimi asoslari Qo‘shilgan qiymat soligi


Jismoniy shaxslarga solinadigan daromad soligi


Download 1.2 Mb.
bet2/3
Sana20.06.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1628092
1   2   3
Bog'liq
fransiya soliq tizimi

Jismoniy shaxslarga solinadigan daromad soligi: daromad soliqlari tarkibida muhim o‘rinni jismoniy shaxslarga solinadigan daromad solig’i egallaydi. Daromad soligi Fransiyada yagona progressiv soliq hisoblanadi. Bu soliq davlat daromadlarini asosiy elementi hisoblanmaydi. Bu soliq byudjetni soliq daromadlarini taxminan 1/5 qismini tashkil qiladi. Bu davlatni tarixiy an’analari bilan bog’liq. Hukumat daromad solig’idan o‘zining ijtimoiy siyosatini amalga oshirish uchun foydalanadi. Ijtimoiy ist’emol foizlari yaxshi rivojlanmagan sharoitda daromad solig’i oilani rag‘batlantirish, kam mulk egalariga yordam berish uchun ishlatiladi.
Soliqni Fransiyada yashovchilar mamlakatda va chet elda (shartnomalar hisobga olingan holda) olgan hamma daromadlaridan to’laydi. o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, soliqni jismoniy shaxsni emas, oilani daromadidan olinadi. Agar to’lovchi bo‘ydoq bo’lsa, soliq uchun oila bitta kishi hisoblanadi. Soliqni 18 yoshdan boshlab to’laydilar. Hisobot yili davomida olingan hamma pul tushumlari daromad hisoblanadi. Ya’ni, to’lovchi bir yilda bitta tuzib, topshiradigan deklaratsiyasida o’tgan yili olgan hamma daromadini yig’indisi ko’rsatiladi.
Aktsioner kompaniyalami foydasiga solinadigan soliq. Fransiyada korxonalar asosan kompaniya (jamiyat) lar shaklida faoliyat yurg‘izadilar. Fuqarolik kodeksini 1832 bandida ko‘rsatilishicha jamiyat foydani taqsimlash yoki kuch va mablag‘ni tejash maqsadida mulkni birlashtirish to‘g‘risida ikki yoki bir necha shaxsni o‘zaro kelishuvini talab qiladi. Kompaniyalarga solinadigan soliq aktsioner jamiyatlarga javobgarligi cheklangan jamiyatlar, payga asoslangan shirkatlar, hamda xorijiy kompaniyalarni bo’limlariga qollanadi.
Ko‘rilayotgan soliq moliyaviy avtonomiyaga ega, faoliyati har-xil turdagi resurslami ekspluatatsiya qilish, yoki foyda olish operatsiyalari bilan bogliq bolgan markaziy davlat hokimiyatining muassasalari, organlari, departamentlar organi, kommunalar va boshqa huquqiy shaxslarga solinadi.
Kompaniyaga solinadigan soliq sof foydadan olinadi. Lekin soliqni stavkasi yerdan olinadigan daromadga, qishloq xo‘jalik faoliyati, foyda olish maqsadini oldiga qo‘ymagan qimmatbaho qog‘ozlarni chiqaruvchi davlat muassasalari, assotsiatsiyalar va birlashmalarga pasaytiriladi. Soliq asosiy muassasa va korxona faoliyat ko’rsatayotgan joyda hamma turdagi daromadlaridan olinadi. Soliqni hisoblash korxona tomonidan yillik balans yopilgandan keyin, lekin daromad olingan yildan keyingi yilni 1 apreligacha beriladigan daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida olib boriladi.
Soliq solinadigan baza korxonani sof foydasi hisoblanadi. Uning hajmi yillik balans yopilishi vaqtidagi aktivlar qiymatidan, aktsionerlar shaxsiy mablag’i hisobiga amalga oshirgan yangi qo‘yilmalami chiqazib tashlash, yoki yil davomida aktsionerlarga avans tariqasida berilgan foydani qo‘shish yo’li bilan aniqlanadi. Amaliyotda korxonani soliq solinadigan foydasi umumiy tushumdan, uni olish uchun qilingan harajatlami chiqazib tashlash orqali aniqlanadi. Chiqarib tashlanadigan harajatlarga korxonani umumiy xarajatlari kiradi.
Aktsioner kompaniyalarning foydasiga solinadigan soliq beshta muhlatda to’lanadi. Birinchisi 20 fevralgacha, keyin may, avgust va noyabr oylarida to’lanadi. Beshinchi marta soliqni moliyaviy yil tamom bo’lgandan keyin 3 oy davomida haqiqiy daromad to‘g‘risida beriladigan deklaratsiya asosida to’lanadi. Soliqni hisoblashda, to’lashda amortizatsiya muhim rol o‘ynaydi. Amortizatsiyani qo’llash usuli korxona faoliyatiga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Korxona, amortizatsiyaga ko‘p mablag' ajratsa, o'zining daromadini pasaytiradi va shunga yarasha, soliq to'lovlari ham kamayadi.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling