Fredrik Shopen ijodida davriya shakli. Reja
Davriyalarning tuzilishidagi о‘ziga xosliklar
Download 31.23 Kb.
|
Fredrik Shopen ijodida davriya shakli.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Modulyatsion rivojiga kо‘ra о‘ziga xosliklar.
- Bir qismli shakl.
Davriyalarning tuzilishidagi о‘ziga xosliklar.
1.Davriya tuzilishining о‘ziga xos qirralari jumlalar, taktlarining hajmi va metrik jihatdan bog‘lanishida namoyon bо‘ladi. Tuzilmaning kattalashishi ,asosan, aynan ikkinchi jumlaning kengaytirilishi hisobiga amalga oshiriladi (I.Gaydn. Kvartet №1, 3- qism). Ikkinchi jumlasi qisqartirilgan davriyalar nisbatan kam uchraydi (F.Mendelson. “Sо‘zsiz qо‘shiq”, №30). 2. Ba’zan uch jumladan tarkib topgan davriyalar ham uchraydi, bunda uchinchi jumla о‘zidan oldin keladigan jumla uchun yakunlovchi vazifasini bajarmaydi (E.Grig. Norvegiya raqsi. №2). Tо‘rt jumladan iborat bо‘lgan davriyalar ham mavjud (F.Shopen. cis-moll prelyudiyasi). 3. Jumlalarga ajratilmaydigan davriyalar ham mavjud bо‘lib, ular yalpi rivojlovli davriyalar deyiladi. Bunday davriyalar ayrim hollarda jumlalar hosil qilmaydigan,ammo chegarasi aniq bо‘lgan iboralardan tarkib topadi (L.Betxoven. Trio, op.9. №1, 4 -qism). 4. Yana shunday davriyalar ham borki, ularda ayrim iboralar jumlalar hosil qilmaydi, ayrimlari esa davriyaning ikkinchi yarmida jumla hosil qilishi mumkin. 5. Modulyatsion rivojiga kо‘ra о‘ziga xosliklar. Umuman olganda, modulyatsiyalash davriyaning ikkinchi jumlasi uchun xos. Ikkinchi jumla bevosita yangi tonallikda – parallel, II bosqich yoki subdominanta tonalliklaridan birida (solishtirma sifatida) ham boshlanishi mumkin. (L.Betxoven. Sonata №7, 1 -qism), subdominanta (L.Betxoven. Kvartet, op 18. №4, 3-qism) tonalliklarda boshlanishi mumkin. Birinchi jumlaning parallel major va dominanta tonalliklaridan tashqari boshqa tonalliklarga modulyatsiyalanishini (albatta, tegishli о‘rtaliq kadensiyalari bilan) ham о‘ziga xosliklar qatoriga qо‘shish mumkin. Uzoq tonallikka modulyatsiyalash noyob hodisa sifatida qabul qilinadi (L.Betxoven. Simfoniya №8, 1- qism). Bir davriyada turli darajadagi bir qator о‘ziga xosliklar ham uchrashi mumkin. Aksariyat hollarda ular о‘zaro bog‘liqlikda bо‘lishi kuzatiladi. Bir qismli shakl. Bir qismli shakl yaqqol seziladigan mustaqil bо‘limlarga ajralmaydi va musiqiy materialning uzluksiz rivojiga asoslanishi bilan tavsiflanadi. Pauza va о‘zga kо‘rinishdagi sezuralar uning yaxlitligini buzmaydi. Bir qismli shakllar о‘zining hajmi, murakkabligi, rivojlanish xarakteri va ichki tuzilishiga kо‘ra turli-tumandir: bir necha taktdan iborat bо‘lgan eng sodda bir qismli tuzilmalardan, to keng rivojlantirilgan turlarigacha kuzatish mumkin. Bir qismli shakl musiqiy asarlarda ham mustaqil kо‘rinishda, ham biror kattaroq shaklning tarkibiy qismi sifatida turli xil janrlarda qо‘llanadi. Download 31.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling