Фрикцион узатмалар
Download 1.39 Mb.
|
Mohira
Mavzu: Yassi tasmalarni tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallarMaʼruza rejasi.1.Umumiy tushunchalar. 2.Tasmali uzatmalarning tasnifi. 3.Tasmali uzatmalarning afzallik va kamchiliklari. 4.Tasmali uzatma geometriyasi va kinematikasi. 5.Tasmali uzatmadagi kuchlar va kuchlanilar. Umumiy tushunchalar Tasmali uzatmalar aylanma xarakatni ancha katta (15 m gacha) masofada joylashgan vallarga uzatish uchun xizmat qiladi. Tasmali uzatmalar umumiy xolda yetaklovchi (kichik) va yetaklanuvchi (katta) shkivlar, ularga tarang qilib kiydirilgan egiluvchan qism - tasmadan iborat bo‘ladi. Xarakatni uzatish shkivlar va tasma o‘rtasidagi ishqalanish xisobiga amalga oshiriladi, kerakli ishqalanishni taʼminlash uchun tasma doimiy ravishda shkivlarga maʼlum taranglik bilan tortilgan bo‘lishi zarur. Ish davomida tasmaning yeyilishi va cho‘zilishi natijasida kerakli taranglik kamayadi. Tasma tarangligini rostlash shkivlardan birini (ko‘pincha yetaklovchi shkivni) vaqti-vaqti bilan yoki avtomat ravishda (shkiv tayanchiga osilgan qo‘shimcha yuk xisobiga) tashqi tomonga siljitish, xamda uzatmaga qo‘shimcha taranglovchi moslama (masalan taranglovchi rolik) kiritish yordamida oshiriladi. Tasmali uzatmalarning tasnifi Tasmali uzatmalar bir necha belgi bo‘yicha turlarga bo‘linadi:
v) tasmani taranglash usuliga ko‘ra: shkivlaridan biri davriy ravishda siljitiladigan oddiy, qo‘shimcha moslama yordamida avtomatik ravishda rostlanadigan murakkab. Yassi tasmali uzatmalar odatda tasma tezligi va uzatish masofasi ancha katta (amax = 12...15m ; V = 100 m/s gacha) bo‘lganda; ponasimon tasmalar esa masofa va tezlik kichikroq (amax = 6m; V = 30m/s gacha) bo‘lganda va kattaroq quvvat uzatilganda; doiraviy tasmalar uzatiladigan quvvat kichik bo‘lganda; tishli tasmalar - uzatish nisbati o‘zgarmas bo‘lishi talab etilganida qo‘llaniladi. Download 1.39 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling