Фуқаролиги бўлмаган шахс А. Ким Ўзбекистондаги олий таълим муассасасида ўқиб, олий юридик маълумотни эгаллади


O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi


Download 71.81 Kb.
bet2/3
Sana08.11.2023
Hajmi71.81 Kb.
#1754360
1   2   3
Bog'liq
kazus brief

O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkin”.
Murojaatchi manfaatida murojaat taqdim etilgan shaxs A.Kimga advokatlik litsenziyasini berishning rad etilishi masalalarini tartibga soladigan qonun normasining Konstitutsiyaga zid deb topishni so‘rab, Konstitutsiyaviy sudga murojaat etganligi va ushbu qonun normasi chet el fuqarolari hamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquqlariga daxl qilishi mumkinligini nazarda tutganligi sababli Konstitutsiyaviy sud tomonidan mazkur masalalarni tartibga soladigan qonun normalari batafsil tahlil qilindi.
Konstitutsiyaning 20-moddasiga muvofiq, insonning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir hamda ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas.
Insonning huquq va erkinliklari bevosita amal qiladi. Insonning huquq va erkinliklari qonunlarning, davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari faoliyatining mohiyati va mazmunini belgilaydi.
Konstitutsiyaning 13-moddasiga binoan “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa ajralmas huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi”.
Konstitutsiyaning 15-moddasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning butun hududida oliy yuridik kuchga ega, to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi va yagona huquqiy makonning asosini tashkil etadi.
Konstitutsiyaning 21-moddasi uchinchi qismiga muvofiq “Insonning huquq va erkinliklari faqat qonunga muvofiq va faqat konstitutsiyaviy tuzumni, aholining sog‘lig‘ini, ijtimoiy axloqni, boshqa shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, jamoat xavfsizligini hamda jamoat tartibini ta’minlash maqsadida zarur bo‘lgan doirada cheklanishi mumkin”.
O’zbekiston Respublikasining 04.06.2021 yildagi O‘RQ-692-sonli “O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasiga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining qonuni oldida tengdirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 30.08.1997 yildagi 499-I-sonli qaroriga muvofiq, Xalqaro Mehnat Tashkilotining 4-iyun 1958-yildagi № 111-sonli “Mehnat va mashg‘ulotlar sohasidagi kamsitishlar to‘g‘risida”gi Konvensiyasi (“Discrimination (Employment and Occupation) Convention”) (keying o’rinlarda –Konvensiya) O’zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Konvensiyasining 1-moddasiga asosan:
“1. Ushbu Konvensiya maqsadlarida “
Download 71.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling