Фуқаролиги бўлмаган шахс А. Ким Ўзбекистондаги олий таълим муассасасида ўқиб, олий юридик маълумотни эгаллади


kamsitish” atamasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) irq, tana rangi, jins, din, siyosiy qarashlar, milliy mansublik


Download 71.81 Kb.
bet3/3
Sana08.11.2023
Hajmi71.81 Kb.
#1754360
1   2   3
Bog'liq
kazus brief

kamsitish” atamasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) irq, tana rangi, jins, din, siyosiy qarashlar, milliy mansublik (inglizcha matnda – “national extraction”) yoki ijtimoiy kelib chiqish belgilari asosidagi, mehnat yoki ish turlari sohasidagi muomala yoki imkoniyatlar tengligining yo‘qolishiga yoki putur yetkazilishiga olib keluvchi har qanday farqlash, yo‘l qo‘ymaslik yoki ustun qo‘yish…”
Tarjimonning va ilmiy xodimning tushuntirishiga ko’ra, Konvensiyaning ingliz tilidagi asl matnida keltirilgan “national extraction” atamasi bir vaqtning o’zida “millat” va “fuqarolik” tushunchalarini qamrab oladi.
Konvensiyaning 2-moddasiga muvofiq, “Tashkilotning har bir a’zosi, ushbu Konvensiya unga nisbatan kuchga kirgan bo‘lsa, milliy sharoitga va amaliyotga mos keladigan usullar orqali, mehnat va ish turlariga nisbatan, shu sohadagi har qanday kamsitishni tugatish maqsadida, muomala va imkoniyat tengligini ko‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan milliy siyosatni e’lon qilish va amalga oshirish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi”.
Konstitutsiyaning 15-moddasi to’rtinchi qismiga muvofiq, “Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo‘llaniladi”. Xuddi shu mazmundagi norma O’zbekiston Respublikasining 06.02.2019 yildagi O‘RQ-518-sonli “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi uchinchi qismida ham o’z aksini topgan.
Ko‘rsatilgan qonun normalari tahlili asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin.
Konstitutsiyaning ushbu ish ko’rib chiqilayotgan vaqtda amalda bo’lgan yangi tahriridagi 24-modda va 42-moddaning birinchi qismida keltirilgan normalar, shuningdek ularda o’z aksini topgan huquqlar datslabki tahrirda ham mavjud bo’lgan (23- va 37-moddalar).
Konstitutsiyaning 42-moddasi birinchi qismi har kimga munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash huquqini ta’minlaydi. Ushbu moddadagi “har kim” so’zi O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan birgalikda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarni ham qamrab oladi. Shuningdek, ushbu moddada “munosib mehnat qilish” hamda “kasb va faoliyat turini erkin tanlash” huquqini qandaydir ma’noda cheklovchi normalar yoki qonunchilik hujjatlariga havolalar mavjud emas.
Konstitutsiyaviy sud “mehnat qilish” hamda “kasb va faoliyat turini erkin tanlash” huquqlari O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga egaligi yoki ega emasligidan qat’iy nazar, O’zbekiston Respublikasi hududidagi har bir shaxsning mutloq konstitutsiyaviy huquqi, deb hisoblaydi.
Faqat O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining O’zbekiston Respublikasida advokat bo’lishi mumkinligini, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolarining advokat bo’lish imkoniyati cheklanishi Konstitutsiyaning 24-moddasiga va 42-moddasining 1-qismiga muvofiq emas.
Bayon qilinganlardan kelib chiqib, fuqaroligi bo’lmagan shaxslar vac het el fuqarolarining Konstitutsiyaning 24-moddasida, 42-moddasining 1-qismida hamda xalqaro shartnomalar va boshqa qonunlarda belgilangan huquqlari buzilishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan 349-I-son “Advokatura to’g’risida”gi Qonunining 3-moddasi birinchi qismi Konstitutsiyaning 24-moddasi va 42-moddasining 1-qismiga muvofiqlashtirilishi lozim.
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, Konstitutsiya 133-moddasi birinchi qismining 1-bandiga, “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun 4-moddasi birinchi qismi, 69, 72, 82 va 86-moddalariga amal qilgan holda, Konstitutsiyaviy sud qaror qildi:
1. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan 349-I-son “Advokatura to’g’risida”gi Qonunining 3-moddasi birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi…”, degan qismi Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilsin.
2. “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun 73-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq Konstitutsiyaviy sudning qaroriga ko‘ra Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilgan normativ-huquqiy hujjat yoki uning bir qismi o‘zining amal qilishini tugatadi. Mazkur moddaning uchinchi qismiga muvofiq Konstitutsiyaga muvofiq emas deb topilgan hujjatni qabul qilgan davlat organi o‘z hujjatini Konstitutsiyaviy sudning qarori asosida bir oydan kechiktirmay Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishi kerak.
3. Ushbu qaror “Xalq so‘zi” gazetasi, “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi va Konstitutsiyaviy sudning rasmiy veb-saytida e’lon qilinsin.
4. Mazkur qaror qat’iy, uning ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas va u rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Shu boisdan, Konstitutsiyaviy sud ushbu holatni ko’rib chiqish vakolatiga ega.


“O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi to’g’risida”gi qonunning 27-moddasida Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqiga ega subyektlar keltirib o’tilgan. Ushbu subyektlar orasida Inson huquqlari bo’yicha Milliy markaz ham o’rin egallagan.
Ozbekiston Respublika “Advokatura togrisidagi” Qonuni 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan. Qonunning 3-moddasi birinchi qismiga kora, Oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan va advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) belgilangan tartibda olgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston Respublikasida advokat bo‘lishi mumkin.
Biroq Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiaysining 24-моддаси O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar. Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 42-моддаси биринчи қисми hаr ким муносиб меҳнат қилиш, касб ва фаолият турини эркин танлаш, хавфсизлик ва гигиена талабларига жавоб берадиган қулай меҳнат шароитларида ишлаш, меҳнати учун ҳеч қандай камситишларсиз ҳамда меҳнатга ҳақ тўлашнинг белгиланган энг кам миқдоридан кам бўлмаган тарзда адолатли ҳақ олиш, шунингдек ишсизликдан қонунда белгиланган тартибда ҳимояланиш ҳуқуқига эга.
Murojaatda chet el fuqarolari va fuqaroligi bolmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanishi va shu boisdan har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlay olishi va ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega ekanligi aytib otilgan. Biroq “Advokatura togrisidagi” Qonunda litsenziyani faqat Ozbekiston Respublikasi fuqarolarigina qolga kirita olisha togrisida aytib otilgan. Bu o’z navbatida chet el fuqarolari va fuqaroligi bolmagan shaxslarning huquq va ekinliklari ta’minlanmasligi xalqaro huquqiy standardlarga, kasb va faoliyat turini erkin tanlash va ishsizlikdan qonunda beligilangan tartibda himoyalanish kabi konstitutsiyaviy normalarga zid kelayotganligi qayd etilgan.
Конституциявий суд томонидан юқоридаги масалага дахлдор конституциявий ва қонун нормалари юзасидан олиб борилган таҳлил қуйидагиларни кўрсатади.
Birinchidan, “Advokatura to’g’risida”gi Qonunning 3-moddasida faqat O’zbekiston fuqarolari belgilangan tartibda advokatlik litsenziyasini olishlari mumkinligi qayd etilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, O‘zbekiston hududida istiqomat qiluvchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar advokatlik litsenziyasini olishga huquqlari yo’q.
Konstitutsiyaning 24-моддаси O‘zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanishi belgilangan.
Ikkinchidan, oliy qonunimizning 42-modda birinchi qismida har kim муносиб меҳнат қилиш, касб ва фаолият турини эркин танлаш, хавфсизлик ва гигиена талабларига жавоб берадиган қулай меҳнат шароитларида ишлаш, меҳнати учун ҳеч қандай камситишларсиз ҳамда меҳнатга ҳақ тўлашнинг белгиланган энг кам миқдоридан кам бўлмаган тарзда адолатли ҳақ олиш, шунингдек ишсизликдан қонунда белгиланган тартибда ҳимояланиш ҳуқуқига эга. Ushbu moddada ta’kidlab o’tilgan “har kim” tushunchasi bevosita har qanaqangi huquqiy maqomga ega shaxslarga nisbatan amal qiladi. Ya’ni shaxs O’zbekiston fuqarosi, chet el fuqarosi va fuqarogi mavjud bo’lmaganligidan qat’iy nazar, ular kasb va faoliyat turini erkin tanlash huquqiga ega ekanligi ta’kidlanadi.
Download 71.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling