Фуқаролик ишларини судда кўришда процессуал муддатлар, уларга риоя қилмаслик оқибатлари


Download 70 Kb.
bet1/3
Sana18.02.2023
Hajmi70 Kb.
#1210186
  1   2   3
Bog'liq
Ish yuritishni tugatish


Ish yuritishni tugatish
REJA:



  1. Fuqarolik ishlarini sudda ko`rishda protsessual muddatlar.

2.Fuqarolik ishlarini sudda ko`rishda protsessual muddatlar, ularga rioya qilmaslik oqibatlari
3.Fuqarolik ishlarida ishni tugatish

1.Fuqarolik ishlarini sudda ko`rishda protsessual muddatlar.

Fuqarolik sud ishlarini yuritish vazifalari fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ij­timoiy huquqlarini, erkinliklari va manfaatlari­ni, shuningdek, korxonalar, muassasalar, tashkilot­lar, jamoat birlashmalari va fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qo`riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlarini to`g`ri, o`z vaqtida ko`rib chiqish va hal etishdan iboratdir (FPK 4-moddasi).


Yuqoridagi vazifani amalga oshirilishida fuqarolik protses­sual muddatlarning o`rni beqiyos hisoblanadi. Bu vazifaning baja­rilishi fuqarolik sudlarida odil sudlovlikni ta`minlanishida, fuqarolarning qonunlarga to`la rioya etishida juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Yuridik adabiyotlarda protsessual muddat tushunchasiga turli xil ta`riflar berilgan. Masalan, S.A.Alexinaning fikriga ko`ra, pro­sessual muddatlar – bu vaqtning oralig`i bo`lib, uning davomida muayyan protsessual harakatlar bajarilishi lozim bo`lgan muddat tushuniladi.
Sh.Sh.Shorahmetovning fikricha, protsessual muddat – bu fuqaro­lik ishlarni sudda ko`rish va hal qilish uchun qonun bilan belgi­langan yoki sud tomonidan tayinlangan muddatlarga aytiladi.
Bizning fikrimizga ko`ra huquqshunos olimlar fuqarolik protsessul muddatlarni izohlashda uning u yoki bu belgilariga ko`proq e`tibor berishgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, protsessual muddat – bu fuqarolik ishlarini sudda ko`rish va hal qilish uchun qonun bilan belgilangan yoki sud tomonidan belgilangan muayyan protsessual harakatlarni amalga oshirish uchun belgilangan vaqt oralig`i hisoblanadi.
Huquqshunos olim S.A.Alexinaning fikricha, “muddatlar, sudga qonunda belgilangan harakatlarni amalga oshirish huquq va majbu­riyatini yuklaydi. Protsessual adabiyotlarda ular “xizmat muddat­lari” deb nomlanadi”.
Buni izohlash maqsadida u fuqarolik protsessual kodeksida ko`rsatilgan turli xil muddatlarni nafaqat vaqt oralig`ini balki muayyan vazifalarni yuklashini ko`rsatib o`tgan. Masalan, “ishni ta­yyorlash va muhokama qilish, sud topshirig`ini bajarish, sud buyrug`i­ni topshirish, da`vo arizasini ish yurituviga qabul qilish va boshqalar.
Yuridik adabiyotlarda protsessual muddatlarni ikki turga ajratilishi keng tarqalgan. Masalan, huquqshunos olim Sh.Sh.Shorahmetov protsessual muddatlarni qonun bilan belgilangan va sud tomonidan tayinlanadigan muddatga ajratadi.
Shuningdek huquqshunos olim L.A.Krivonosova ham protsessual muddatlarni quyidagi ikki turga ajratadi:
qonun bilan belgilangan va qat`iy belgilangan sud hamda ishtirokchilar uchun majburiy xarakterga ega muddatlar;
ikkinchisi protsess ishtirokchilari uchun sud tomonidan belgilangan hamda sud tomonidan o`zgartirilishi, uzaytirilishi mumkin bo`lgan muddatlar. Ushbu muddatlar qonunda to`g`ridan to`g`ri ko`rsatib o`tilmaydi, aksincha sudya tomonidan belgilanadi.
Huquqshunos olim N.I.Maslennikova protsess ishtirokchilari doirasiga ko`ra protsessual muddatlarni uchta turga ajratadi.
Sud tomonidan bajarilishi lozim bo`lgan xarakatlarni belgilovchi muddatlar.
Protsess ishtirokchilarini xarakatlarini tartibga soluvchi muddatlar.
Sud qarorlari ijrosi bilan bog`liq xarakatlarni tartibga soluvchi muddatlar.
Yuqoridagi fikrlarga qo`shilgan holda, fikrimizcha fuqarolik protsessual qonunchiligi mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, protsessual muddatlarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
normativ, ya`ni qonun bilan qat`iy belgilangan protsessual muddatlar (masalan, sudning qarori va ajrimi ustidan shikoyat berish muddati; sud majlisi bayonnomasiga nisbatan e`tiroz berish muddati va boshqalar);
- sud tomonidan, ya`ni sud (sudya) tomonidan tayinlanadigan protsessual muddatlar ( masalan, ish ko`rishni keyinga qoldirish, arizani harakatsiz qoldirish va boshqalar). Bu muddatlarni sudya o`zining ichki ishonchidan, ishning obyektiv va subyektiv holatlari­dan kelib chiqib tayinlaydi
Shuningdek, protsessual muddatlarni fuqarolik protsessi bosqichlardan kelib chiqib, quyidagi turlarga ajratish mumkin:
fuqarolik ishini qo`zg`atish bosqichidagi muddatlar;
ishni sudda ko`rish uchun tayyorlash bosqichidagi muddatlar;
ishni sud majlisida ko`rish va hal qilish bosqichidagi muddatlar;
sudning hal qiluv qarorlari va ajrimlari yuzasidan shikoyatlar berish hamda protestlar keltirish bosqichidagi muddatlar;
sudning hal qiluv qarorlari ijrosi bosqichidagi muddatlar.
Bundan kelib chiqadiki, yuqoridagi ko`rsatilgan 4-ta bosqich asosan sud organlari tomonidan amalga oshirilsa, oxirgi beshinchi bosqich sud hamda boshqa organlarning hujjatlarini ijro etish departamenti tomonidan amalga oshiriladi. Protsessual muddatlarni fuqarolik protsessi bosqichlariga qarab turlarga ajratilishi, sud va ishda ishtirok etuvchi shaxslar uchun qulaylik yaratadi.
O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 131-moddasida belgilangan qoidalardan kelib chiqib, fuqarolik ishlarni suda ko`rish muddatlarini ikki turga, ya`ni umumiy va maxsus muddatga ajratish mumkin. Fuqarolik ishlarini sud tomonidan ko`rilishining umumiy muddati 1 oy bo`lib, maxsus muddat bu - ishning o`ziga xos hususiyatlaridan kelib chiqib, qonunchilikda uning ko`rilishini umumiy muddatga nisbatan qisqartirilgan yoki uzaytirilgan shaklda bo`ladi.
Bundan kelib chiqadiki maxsus muddatlarning o`zi:
qisqartirilgan maxsus muddatlar;
uzaytirilgan maxsus muddatlarga bo`linadi.
Qisqartirilgan muddatga, misol tariqasida aliment undirish haqidagi, mayib bo`lish yoki sog`liqqa boshqacha tarzda shikast yetgan­ligi, shuningdek boquvchining o`limi natijasida ko`rilgan zararning o`rnini qoplash to`g`risidagi ishlar hamda mehnatga doir huquqiy mu­nosabatlardan kelib chiqadigan talablar bo`yicha qo`zg`atilgan ishlar, basharti taraflar bir tuman yoki shaharda joylashgan bo`lsa, birinchi instansiya sudi tomonidan sudda ko`rishga tayyorlab bo`lingan kundan e`tiboran o`n kundan kechiktirmay ko`rilishi lozim. Agar taraflar boshqa tuman (shahar)da joylashagan bo`lsa, uzaytirilgan muddatda, ya`ni 20 kundan kechiktirmay ko`rilishi lozim (FPKning 131-mod­dasi).

Download 70 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling