Fundamental iqtisodiyot
O‘zbekistonda Investetsiya moliyalashtirish muammolari va tashkiliy-huquqiy asoslari
Download 243.8 Kb.
|
O\'zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish muammolari va istiqbollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
O‘zbekistonda Investetsiya moliyalashtirish muammolari va tashkiliy-huquqiy asoslari
O‘zbekistonda so‘nggi yillarda investitsion loyihalarni sifatli tayyorlash, ya’ni ularning texnik-iqtisodiy asoslari pishiq-puxta ishlab chiqish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va moliyalashtirishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida” 2017 yil 18 dekabrdagi PQ-3437-sonli xamda “O‘zbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini shakllantirish va ro‘yobga chiqarish, davlat xaridlarini amalga oshirish doirasida hujjatlarni kompleks ekspertiza qilishning samarali tizimini yaratish to‘g‘risida” 2018 yil 8 yanvardagi PQ-3464-sonli qarorlariga muvofiq investitsiya loyihalaritexnik-iqtisodiy asoslash sifatini ko‘tarish borasida ishlar olib borilmoqda1. Shunday bo‘lsa ham hozirgi qadar investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashda ko‘pgina muammolar mavjud. Investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishni takomillashtirish masalalari ham, texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqishdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni samarali hal etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Investetsiya moliyalashtirishning 5-6 yillik amaliyoti mobaynida loyihalarni hayotga tatbiq etish jarayonida texnik-iqtisodiy asosni tahlil etuvchi banklar to‘qnash kelayotgan qator muammolar mavjud. Ularni umumiy tarzda quyidagicha guruhlash mumkin: investitsion loyihani ekspertiza qilish bosqichida yuzaga keluvchi muammolar; investitsion loyiha bo‘yicha moliyalashtirishni ochish bosqichida yuzaga keluvchi muammolar; amalda ishlayotgan investitsion loyihalar bo‘yicha muammolar (kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish va boshqalar). 1. Birinchi guruh muammolari: a) Loyiha ekspertiza bosqichida tadbirkorlar, investorlar hali ham loyiha bo‘yicha sifatsiz va ishonchli bo‘lmagan axborotlarni taqdim etishmoqda. Ular bilan birga texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiquvchilar (loyihachi tashkilotlar, moliya institutlari) kuzatilishi mumkin bo‘lgan risklar va ularni pasaytirish, mahsulot eksporti, ishlatilishi ko‘zda tutilgan xom ashyo bo‘yicha ma’lumotlarni, marketing tadqiqotlarini puxta ishlab chiqmagan. Bu hol loyihani ko‘rib chiqish muddatini uzayishiga olib keladi. Bu muammoni hal etishda aniq tadbirlarning amalga oshirilishi muhim o‘rin tutadi, ya’ni Savdo-sanoat palatasi ko‘magi, “O‘znvestloyiha”, moliyalashtiruvchi banklar yordami hamda hokimiyat bilan birgalikda amaliyotga quyidagilarni o‘zida ifodalovchi hududlar bo‘yicha aborot-tahliliy ma’lumotlar bazasi tizimini ishlab chiqqan holda tatbiq etish maqsadga muvofiqdir: hududning (rayon, shahar) umumiqtisodiy ko‘rsatkichlari; mehnat, moddiy xom ashyo, ishlab chiqarish resurslari mavjudligi; hudud bo‘yicha kichik biznes va tadbirkorlik rivojining salohiyati; turli xildagi mahsulotlar va xizmatlarning ichki bozor marketingi; hududning eksport imkoniyatlari. Yuqoridagi ma’lumotlarning to‘la hajmda bo‘lishi salohiyatli investorlar va banklarga loyiha bo‘yicha qaror qabul qilishni tezlashishiga olib keladi. Bundan tashqari, tashqi bozorni o‘rganish maqsadida amaliy yordam sifatida maxsus ixtisoslashgan marketing kompaniyalarini yaratish maqsadga muvofiqdir. Bu kompaniyalar faqat maslahat-ko‘mak vazifasini bajarib, tadbirkorlarga o‘z amaliy tavsiyalarini berishi lozim bo‘ladi. Investitsiya loyihalarida marketing xarajatlarini hisobga olishning alohida ahamiyatli tomoni shundaki, unga qilingan xarajatlar tarkibi va miqdorini tahlil etish xarajatlarning to‘g‘ri tashkil etilganligini va o‘tkazilgan tadqiqotlarning samaradorligini aniqlashga imkon beradi. Zero, ijobiy natijalarni aniqlash uchun keragicha qilingan har qanday marketing xarajatlari kelgusida qo‘shimcha xarajatlarning amalga oshirilishining oldini olish bilan birga qo‘shimcha foyda keltirishi bilan ham o‘z samarasini ko‘rsatadi. b) Qishloq xo‘jaligi sektorida loyihalarni amalga oshirishdagi muammolar, ya’ni ekin mydonlari o‘zgarishi hisobiga xom ashyo ta’minoti tanqisligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari borasidagi narx siyosati va h.k. Mazkur muammoni hal etishda qishloq xo‘jaligida olib borilayotgan islohotlar bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik tadbirlarini amalga oshirishni tezlashtirish o‘z samarasini beradi. v) Tadbirkorning kredit olishi uchun ko‘plab keraksiz hujjatlar va ruxsatnomalar ketidan oylab yurib vaqt va pul ketkazishlariga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Buning hal etilishi uchun talab qilinuvchi hujjatlar sonini keskin qisqartirish va faqat zarur hujjatlar ro‘yxatini tuzish lozim. Shuningdek, kredit olishda foiz stavkalarini bo‘yicha imtiyozlarni kengaytirish va shu kabi tadbirlarni amalda qo‘llash foydadan holi emas. 2. Ikkinchi guruh muammolari: a) Bankdan naqd pul olish masalasi, valyutanng joriy konvertatsiyai, import asbob-uskuna xorijiy hamkor bilan tuzilgan shartnomaning mavjudligi, import xom-ashyoni keltirish, mahsulotni eksport qilish va h.k. Hozirda banklarning kreditning maqsadiga qarab umumiy kreditning 50 foizini naqd pulda berishni amalga oshirmoqda. Shunday bo‘lsa ham uni olish juda ko‘p vaqt talab etishi, “tanish-bilish”lik asosida berilish hollari mavjud. Bunday holda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qiluvchi tuzilmalarning ish faoliyatini kengaytirish, faollashtirish maqsadga muvofiqdir. b) Kredit ta’minoti masalasi. Ayni paytda Milliy bank va “Madad” sug‘urta agentligi bilan ta’minlanmagan kredit qismini qaytib kelmasligi javobgarligini sug‘urtalash tizimi ishlab chiqilgan. Umuman, kredit ta’minoti masalalsida sug‘urta tizimini faollashtirish zarur bo‘ladi. Ana shu tizim loyihalarni moliyalashtirish jarayonida tadbirkorlarga ancha qo‘l kelishi tabiiydir. Shuningdek, bank mutaxassislari va tadbirkorlar, investorlar bilan birgalikda turli seminarlarning o‘tkazilishi ham o‘zining ijobiy natijasini bera oladi. 3. Uchinchi guruh muammolari: a) Investitsiya loyihasi bo‘yicha ob’ektlarni ishga tushirish grafigining buzilish hollari. Ko‘pincha mablag‘ yo‘qligi tufayli mijozning qurilish ishlari bo‘yicha majburiyatlarini bajara olmasligi hamda loyihani amalga oshirish ustidan nazoratning puxta o‘rnatilmaganligi bois ushbu muammo yuzaga keladi. Shuning uchun loyihani moliyalashtirishga qabul qilish (shartnoma shartlariga asosan) ob’ektni ma’lum darajada tayyorligi sharti asosida bo‘lishi, bank boshqarmalari va bo‘limlari mijoz majburiyatlarini bajarishi ustidan qat’i nazorat monitoring o‘rnatishi, grafikdan chetlashgan hollarda jazo choralarini qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Texnik-iqtisodiy asosda katta va murakkab ob’ektlarning muqobil variantlarini va investitsiyalarni moliyalashtirish manbalarini alohida nazarda tutish kerak hamda soliq amortizatsiyasi va kredit siyosatini hisobga olish, iqtisodiy hisob-kitoblar (qurilish davri, loyiha quvvati va ekspluatatsiya ob’ektini o‘zlashtirish) bajarilishi uchun aniq davrni belgilash lozim. b) Xom ashyo etishmasligi yoki umuman yo‘qligi tufayli hamda import xom ashyoga qaram bo‘lib qolishi, sifati pastligi sababli loyiha to‘la quvvat bilan ishlamasligi. Bundan tashqari, mijozning nafaqat xom ashyo importi, balki asosiy qarzni to‘lash bo‘yicha ham erkin konvertrlanadigan valyutada mablag‘larning etishmasligi. Ushbu masalalarni xal etishda mijozlarga xom ashyo resurslarini olish imkoniyatlarini ko‘rsatishda ko‘mak berish, xom ashyo etkazish bo‘yicha majburiyatlarni bajarilmasligi uchun jazo choralarini qo‘llash hamda shartnomalar bajarilishi qattiq nazorat ostiga olinishi kerak. Ishlab chiqarishning birinchi yillarida mahsulot sifati xalqaro standartlarga javob bermasligi sababli uning eksporti qiyinlashadi. Almashuv kursini hisobga olib mahsulotni ichki bozorda sotish eksportga ko‘ra afzal bo‘lib qoladi. Bu esa kredit qaytarilishi uchun xorijiy valyutada mablag‘ etishmasligini keltirib chiqaradi. Shu bois eng avvalo, import asbob-uskuna yoki texnika-texnologiyaning sifatiga, ishlash quvvatiga e’tibor berish zarur bo‘ladi. Umuman olganda, texnik-iqtisodiy asosni ishlab chiqishni takomillashtirish uchun, eng avvalo, tadbirkorlarni texnik-iqtisodiy asosni sifatli ishlab chiqish borasida o‘qitish ishlarini faollashtirish zarur. Chunki shunday hollar ham kuzatilishi mumkinki, qarz oluvchilarning loyiha texnik-iqtisodiy asosini tayyorlashdagi bilim va tajribalarining etishmasligi, maxsus investitsion-konsalting va injiniring kompaniyalari xizmati doirasining torligi sababli texnik-iqtisodiy asoslarning sifatsiz tayyorlanish hollari kuzatilishi mumkin. Undan tashqari, ayrim hollarda texnik-iqtisodiy asos bo‘yicha hisob-kitoblarning bir tomonlama ishlab chiqilishi loyihaning amalga oshirilish imkoniyatlarini chegaralaydi. Shu sababdan investitsiya loyihalari bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslarni tayyorlashda kredit muassasalari, loyiha tashabbuskorlari, konsalting va injiniring firmalarining o‘zaro hamkorlik qilish tizimini takomilashtirish, texnik-iqtisodiy asosda loyiha ishtirokchilarining o‘zaro kelishilgan manfaatlarini ta’minlashga erishish va uning hayotiyligini yuzaga chiqarish masalalarini hal etish, nafaqat, texnik-iqtisodiy asoslarning sifatida, shuningdek investitsion loyihaning yuqori samaradorlikka erishishida muhim ahamiyatga egadir. Mamlakatimizda Investetsiya moliyalashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, investitsiya loyihalarining ekspertizasini amalga oshirishda davlat va yakka tartibda yondashuvni ta’minlash, byurokratizm, rasmiyatchilik va sansalorlik faktlariga qat’iyan chek qo‘yish va oldini olish, ekspertiza natijalari uchun mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-554-sonli “Investitsiya loyihalarini ekspertizadan o‘tkazish samaradorligini oshirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Bu esa investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqishni takomillashtirishda muhim amaliy qadam bo‘ldi. Investitsion loyihalarning texnik-iqtisodiy asossi ishlab chiqarish omillariga, shart-sharoitlariga mahalliy bozor sharoitiga bog‘langan bo‘lishi, tahlil natijalari esa xarajatlar, daromadlar va sof foyda qismini yaqqol ko‘rsatib berishi lozim. Loyihani investitsiyalash bo‘yicha qaror texnik-iqtisodiy asosdan so‘ng qabul qilinishi bois loyiha g‘oyasini baholash uchun bunday tadqiqotga mablag‘ ajratishdan oldin dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash chuqur va atroflicha olib borilishi kerak. Muqobillarni loyihalarni puxta tahlil etish dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash bosqichida alohida o‘rin egallashi lozim. Xususan, tahlil tadqiqotning quyidagi sohalarida aniqlanuvchi turli xil muqobillarni qamrab olishi lozim: loyiha strategiyasi; bozor taxlili va marketing konsepsiyasi; xom ashyo, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish materiallari; loyihaning joylashish maydoni va atrof-muhit; doimiy xarajatlar; mehnat resurslari, xususan, boshqaruv xodimlari, ishchilar uchun ish xaqi sarflari, shuningdek professional o‘qitishga talablar va unga doir xarajatlar; loyihani amalga oshirish ro‘yxati va byudjetini tuzib chiqish. Yuqorida keltirilgan omillar ta’siri moliyaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan baholangan bo‘lishi lozim. Ishlab chiqarish xarajatlarini yakuniy baholash, shuningdek moliyaviy va iqtisodiy foydaliligini alohida hisoblash loyiha o‘lchami bo‘yicha barcha muhim jihatlarni va ular bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olgan holda to‘g‘ri aniqlangandagina maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bu kabi muammolarni xal qilishda quyidagicha yo‘llar tutish mumkin: axborot agentliklari, maslahat xizmati firmalari, kredit koopirativlari, uyushmalari va fondlari, ko‘chmas mulk agentliklari va garov ta’minotini tashkil qilish institutlari kabilarni birlashtiruvchi nobank xizmatlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish; mamlakat viloyat, shahar va tumanlarida maxsus marketing markazlarini tashkil qilish; zamonaviy axborot uzatish usullaridan foydalanish orqali yagona va doimiy yangilanadigan investitsiya takliflari ma’lumotlar bazasini yaratish va unga internet tarmog‘i orqali kirish imkoniyatini ta’minlash. Mamlakat viloyat, shahar va tumanlarida tashkil qilinadigan marketing markazlari kamida quyidagi asosiy vazifalarni bajarishi kerak bo‘ladi: tadbirkorlarga marketing tadqiqotlarini olib borishga va kelajakda tovarlarni eksportga chiqarishga ko‘maklashish; risklar tahlili va eksportbop tovarlar chiqarish talablari va parametrlari bo‘yicha tavsiyalar berish; tender asosida yuqori xalqaro standartlar talablariga javob beruvchi texnologik uskunaning tanlovini ta’minlash kabi vazafalarni bajarishi talab etiladi. Tovarlar miqdori haqida noto‘g‘ri deklaritsiya berish: aytilganidan, yoki belgilanganidan ko‘ra ko‘p yoki kam miqdorda tovarlarni yuklab jo‘natish; o‘rnatilgan kvotalarga amal qilmaslik; reserslardan noto‘g‘ri (noratsional) foydalanish. Davlat o‘z zimmasidagi vazifalarni bajarishda muayyan tovar turlari importi yoki eksportiga ma’lum cheklovlar o‘rnatadi. Bunday vaziyatda noto‘g‘ri deklaratsiya beruvchilarning maqsadi o‘rnatilgan tartib-qoidalarni chetlab o‘tishdir. Bu davlat manfaatlariga ziyon etkazishi mumkin. Boshqa bir tomondan noto‘g‘ri deklaratsiya berish investitsiya maqsadlarida tovar va uskunalarni kiritilayotgandek ko‘rsatgan holda, soliq va bojxona to‘lovlarnidan ozod kilingan holda olib kirib, keyinchalik bu ortiqcha miqdorni boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga sotish maqsadida amalga oshiriladi. Shuningdek, tovarlar yoki uskunalar birligi kam qilib ko‘rsatish kam bojhona bojlarini to‘lash hamda kam qilib ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlardan kamroq daromad olishni ko‘rsatish qiyin bo‘lmaydi. Bu esa soliq bazasini kamayishi olib kelishi bilan kam soliqlar tulashga olib keladi va soliqning bir qismini yashirgan, jinoiy ishga qo‘l o‘rgan hisoblanadi. Bunday xolatlarni bartaraf etishda quyidagicha yo‘l tutish mumkin: Olib kirilayotgan mahsulotning real bozor narxini tahlil qilish bilan loyihani atraflicha kompleks ekspertiza qilish. mahsulot sifatining rasmiy belgilangan standartlarga mos kelmasligi: tovarlarning o‘rnatilagan qonunlarda nazarda tutilgan standartlarga muvofiq kelmasligi; aholi sog‘ligi va xavfsizligiga raxna solish; marketing tadqiqotlarini o‘tkazish imkoniyatini boy berish. Potensial investorlar loyiha hayotiylik ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida loyiha hisob-kitoblariga dastlabki yillardanoq valyuta mablag‘lari ko‘rinishida eksport tushumlarini ko‘rsatadi. Biroq bunday vaziyatda ko‘pincha ishlab chiqarilgan mahsulotning sertifikatlashtirilishi hisobga olinmaydi. Amaliyotda eksport uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni sertifikatlashtirish jarayoni uzoq vaqtni oladi va oqibatda loyiha hayotiyligi ushlab turish maqsadida loyiha mahsulotining katta qismini mahalliy bozorlarda sotishga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, ko‘pgina loyihalar haqiqatda texnik-iqtisodiy asosda ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsada, eksport qilish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Sifat va raqobat jihatdan jahon bozorlaridan siqib chiqariladi. Ayniqsa, bu holat amalga oshirilayotgan loyiha bo‘yicha import qilinadigan xom ashyoga kvotalar o‘rnatilgan bo‘lsa yanada murakkablashadi. Shu tariqa tadbirkorlar jaqon bozorlarida vujudga kelgan murakkab raqobat muhitiga duch kelishadi, ustiga-ustak yangi tashkil qilingan korxona ekport borasida shaxsiy tajribaga hamda ekspartyorlarga ko‘maklashuvchi institutlarga ega emas. Bularning barchasi loyihaning hatto to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritilgan taqdirda ham amalga oshmasligiga olib kelishi mumkin. Demak ko‘rib o‘tgan bu muammoni xal etishda quyidagi yo‘llardan foydalanishimiz mumkin: milliy tovarlar va xizmatlar eksportining harakati hamda moliyalashtirilishini amalga oshiruvchi maxsus Muvofiqlashtirish markazlarini tashkil qilish; shuningdek, O‘zbekiston tadbirkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish maqsadida uzoq va yaqin xorij davlatlarida “Savdo uylari” sifatida Markazning tarkibiy tuzilmalarini ochish; mahalliy o‘zbek tovar va xizmatlarini imtiyozli bank kreditlari vositasidaxorijiy importyorlarga sotishni rag‘batlantirish. XulosaMustaqillik boshlarida boshlangan iqtisodiyotni, shu jumladan sanoat korxonalarini texnik qayta qurollantirish, modernizatsiya qilish va uning investitsion faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan ishlar bugunga kunda o’z samarasini bermoqda. Buning natijasida sanoat tarmog’i iqtisodiyotimizni yetakchi tarmog’iga aylandi. O’zbekistonda amalga oshirilga iqtisodiy islohotlar natijasida qulay investitsiya muhiti shakllantirildi, ya`ni qulay investitsiya muhitini shakllanishida iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur`atlariga erishilayotganligi va bozor institutlarining mavjudligi hamda eng avvalo, mustahkam qonunchilik bazasi, rivojlangan bank- kredit va investitsiyalashni davlat tomonidan qo’llab quvvatlash kabi chora-tadbirlar tizimlari yaratilganligi sabab bo’lmoqda. Turli iqtisodchi – olimlarning investitsiyalar va investitsiya faoliyati atamlariga bergan ta’riflari hamda qarashlari tahlil qilindi. Mamlakat iqtisodiy qudrati va xalq farovonligi bilan bog’liq tarmoqlarning eksport salohiyatini oshirishda muhim o’rin egallaydi. Shu bois, 93 sanoat tarmog’iga investitsiyalar jalb etishni kengaytirish, uni rivojlantirish strategik ahamiyatga ega bo’lgan yo’nalishlar qatoriga kiradi. Sanoat tarmog’i korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi ham yildan-yilga oshib bormoqda. Bunga sabab, korxonalarning texnik bazasi yangilanayotganini, ishlab chiqarish quvvatlarini oshayotganini ko’rsatish mumkin. O’zbekistonda sanoat korxonalari investitsiya loyihalarini moliyalash uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etishga muhim qo’shimcha manba sifatida qaralishi lozim. Xorijiy investitsiyalar mahalliy investitsiyalarni to’ldirishi mumkin, biroq, ularning o’rnini bosolmaydi. Shu jihatlarni inobatga olganda, investitsiyalashning tashqi manbalarini kengaytirish tarmoq korxonalarining investitsiya faoliyatini yuksaltirishda ustuvor vazifa hisoblanadi. Mahalliy investitsiyalarni jalb qilish orqali sanoat tarmog’i korxonalari investitsion faoliyatini rivojlantirish yo’llari, muammolarini o’rganish yuzasidan quyidagilarni ta`kidlash mumkin: sanoatdagi korxonalarida aksiya va obligatsiyalarni muomalaga chiqarish orqali ularni investitsion faoliyatni moliyalashtirishda qo’shimcha mablag’lar tarkibini kengaytirish lozim. Ma`lumki, investitsion faoliyatdagi kapital qurilish va texnik qayta jihozlash tadbirlari uchun kreditlar kerak. Bu jarayonda respublikada investitsion faoliyatni jadallashtirishda tijorat banklari alohida o’rin tutadi. Shu nuqtai-nazardan, sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirish uchun tijorat banklari kreditlaridan ham foydalanish kerak. Sanoat korxonalarini investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirishda investitsiya va investitsiya faoliyatini o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish zarur. Ichki va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni sanoat korxonalariga jalb etish va ularni investitsion faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish orqali kelgusida ushbu tarmoqni modernizatsiya qilish hamda rivojlantirish strategiyasini asoslash va eksportga mahsulotlar ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirishda foydalanish mumkin. Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kuch bu elektr-energiya hisoblandi. Ayrim chekka joylarda elektr-energiya quvvati past bo’lib, bu masalaning yechimi sifatida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko’rsatish mumkin. Shuning uchun quyosh batareyalari yoki shamol parraklaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Sanoat korxonalarini barpo etish va ishlab chiqarishini tashkil etish uchun qishloq joylarda barcha shart- sharoitlar (yer, suv va xom-ashyo) yetarli. Shuning uchun sanoat korxonalarini qishloq joylarda barpo etish va u yerda qayta ishlab chiqarishni rivojlantirish zarur. Buning uchun investitsiyalarni qishloq joylarga jalb etish maqsadga muvofiq hisoblanadi Download 243.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling