Mavzu. Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari Reja: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi


Download 292 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/8
Sana24.08.2023
Hajmi292 Kb.
#1669733
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari



mavzu. Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari 
 
Reja: 
1. Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi.
2. Investitsiya faoliyatida risklarni boshqarishning mazmuni, mohiyati va 
bosqichlari. 
3. Risk va noaniqlik sharoitida investitsiya loyihalarini tahlil qilish va 
baholash usullari. 
4. Investitsiya risklarini pasaytirish yo’llari. 
 
16.1. Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi. 
Investitsion faoliyatda risk - bu investitsiyalarni qisman yoki to’liq yo’qotish, 
kutilgan daromaddan kamroq foyda olish va loyihada ko’zlangan maqsadlarga 
erisha olmaslik xataridir. Loyihadan qanchalik ko’p miqdorda daromad kutilsa, u 
shunchalik yuqori riskli hisoblanadi.
Hozirgi kunda loyiha risklari deganda loyihani amalga oshirish natijasida 
ko’zlangan daromadlarning pasayishiga sabab bo’ladigan vaziyatlar majmuasi 
tushuniladi. Shu bilan birga loyiha riski investitsion loyihani amalga oshirishga 
halaqit beradigan yoki loyiha samaradorligini pasaytiradigan risklarning yig’indisini 
ham anglatadi. 
Riskni ma’lum bir qarorni qabul qilish natijasida zaxiralarni yo’qotish 
imkoniyati, daromadlarni ololmaslik yoki qo’shimcha xarajatlar zarurati sifatida 
belgilash mumkin. 
Risk - bu bashorat qilinayotgan loyihani amalga oshirishda xaqiqiy 
sharoitlardan ozgina chekinilganda daromadlarni ololmaslik yoki zararlarning 
paydo bo’lib qolish ehtimolidir. Risk kutilishi mumkin bulgan xatar bo’lib, 
investitsiyadan mo’ljallangan foydani olish jarayoniga xos bo’lgan noumidsizlikdir. 
Risklarning paydo bo’lish sabablari turlichadir. Masalan, ma’lumotlarning 
tanqisligi yoki to’liq bo’lmasligi, tashqi va ichki muhitdagi xarakatlar (raqobatchilar, 
ishchilar holati, xukumat va boshqalarning xarakatlari) va h.k. “Risk” tushunchasiga 
juda yaqin bo’lgan “noaniqlik” tushunchasi riskning aniq turlarini tasniflash uchun 
sinonim sifatida qo’llaniladi. Noaniqlik – bu investitsion loyihani amalga oshirish 
shart-sharoitlari xaqidagi ma’lumotlarning to’liq yoki aniq emasligidir. Masalan, 
inflyatsiya xaqidagi, texnika-texnologiyalardagi o’zgarishlar haqidagi, loyiha 
quvvatining, ob’ektning qurilish va foydalanishga topshirish muddatlari, xarajat va 
natijalarning notug’ri hisob-kitob qilinishi kabi ma’lumotlarning to’liq yoki aniq 
emasligi natijasida noaniqlik yuzaga keladi.
Loyihani amalga oshirish jarayonida yuzaga kelish imkoniyati bilan bog’liq 
ko’ngilsiz holatlar va oqibatlar risk tushunchasi bilan izohlanadi. 
Risk bilan noaniqlikning farqi shundaki, natijalar ehtimolligi joriy davr 
ma’lumotlari asosida baholanayotgan vaqtda risk e’tiborga olinadi. Noaniqlik esa 
bunday ehtimollik o’tgan va kelasi davr ma’lumotlari etishmasligi yoki to’liq 
emasligi sababli sub’ektiv aniqlangan vaqtda e’tiborga olinadi. Har qanday holda 
ham kelgusi iqtisodiy holatlar istiqbolini belgilash (inflyatsiya, foiz stavkasi, talab 


va taklif, ishlab chiqarish, sotish hajmi va boshqalar) kelajakning ma’lum emasligi 
sababli faqat taxminiy va noaniq natijalar bo’lishi mumkin. Chunki o’tgan davr 
ma’lumotlari asosida faqat noma’lum kelajakda yuz berishi mumkin bo’lib o’tgan 
rivojlanish tendentsiyasini aniqlash mumkin. 
Noaniqlik va risklarning har ikkalasi ham loyihadagi yo’qotish va zararlarga 
bog’liq bo’lganligi uchun ularning bir-biri bilan uzviy aloqadorlikda ifodalash 
maqsadga muvofiqdir. 
Investitsiya risklarini turli belgilar bo’yicha tasniflash mumkin. 
1. Tarkibi bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadilar: iqtisodiy risk; bozor 
riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk
texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-
texnika riski; informatsion risk va boshqalar. 

Download 292 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling