Mavzu. Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari Reja: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi


Download 292 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana24.08.2023
Hajmi292 Kb.
#1669733
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari

2. Muddati bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadilar: qisqa muddatli 
risklar; uzoq muddatli risklar. 
3. Olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta’sirida katta 
zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta’sirida nolga teng 
bo’lgan zarar(foyda) ko’rish mumkin. 
4. Loyihaga ta’sir etish darajasi bo’yicha risklar quyidagilarga bo’linadi: 
mumkin bo’lgan risklar - ular ta’sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik 
risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan va 
kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari. 
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi 
(fazasi) o’ziga xos risklar bilan bog’liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi 
fazasida) ko’proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga
informatsion va ijtimoiy risklarga ta’sirchan bo’ladi. Investitsiya bosqichida ko’proq 
ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o’z 
ta’sirini ko’rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik, 
ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz 
bo’lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko’p uchraydigan 
risklar ham mavjud. Masalan: iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy xolatning o’zgarib 
turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog’liq risklar; savdo 
va mahsulot etkazib berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning berkilishi; siyosiy 
holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud mamlakatdagi noma’qul ijtimoiy-
siyosiy o’zgarishlar, texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-
texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma’lumotlarning to’liq emasligi 
yoki noaniqligi, bozor kon’yunkturasining, ya’ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki 
mahsulot va boshqalarning o’zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o’zgarishi, 
tabiiy ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning 
buzilishi va to’xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, 
ularning moliyaviy holati va ishdagi obro’si haqidagi ma’lumotlarning to’liq 
emasligi va boshqalar. 
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo’lgan soha deb hisoblanadi. Undagi 
risklar ikkita katta guruhga bo’linadi:
- tizimli risklar;
- tizimsiz risklar. 


Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta’siriga ba’zi bir 
qimmatli kog’ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. 
Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko’ra ko’pchilik 
emitent va qimmatli qog’ozlar egalari zarar ko’rishlari mumkin. Tizimli risklarga 
quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar. 
Tizimsiz risklar - xatarga ba’zi bir qimmatli qog’ozlar yoki ularni majmuasi 
uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog’ozlari yoki tarmoqning 
qimmatli qog’ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; 
moliyaviy risklar; nolikvidlik riski. 
Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda, loyiha faoliyatidagi 
risklarni quyidagi guruhini keltirish mumkin: 
1) loyiha ishtirokchilari riski; 
2) loyiha smeta qiymatining oshish riski; 
3) qurilishni o’z vaqtida tugamaslik riski; 
4) ish va ob’ekt sifatining pastligi riski; 
5) konstruktsion va texnik risklar; 
6) ishlab chiqarish riski
7) boshqaruv riski; 
8) sotish riski; 
9) moliyaviy risk; 
10) mamlakat riski; 
11) ma’muriy risk; 
12) huquqiy risk; 
13) fors-major riski. 
Loyiha ishtirokchilari riski - bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida 
o’z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski. Birgina 
loyiha ishtirokchisining o’z majburiyatlarini bajarmasligi, boshqa ishtirokchilarning 
o’z majburiyatlarini bajara olmasligiga olib kelishi, natijada loyiha barbod bo’lishi 
mumkin. Loyixa ishtirokchilari riskiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: 
ishtirokchilarning vijdonsizligi; ularning professionallik darajasi, moliyaviy 
holatining 
nobarqarorligi, 
ishtirokchilarni 
turli 
risklardan 
etarlicha 
sug’urtalanmaganligi natijasida kelib chikadi. Masalan, loyiha smeta qiymatining 
oshish riski qurilish tashkilotining vijdonsizligi natijasida ro’y berishi mumkin. Ish 
sifatining pastligi riski, ko’p hollarda, tanlangan pudratchi va boshqa 
ishtirokchilarning etarli tajribaga ega emasligi bilan bog’liq bo’ladi. 

Download 292 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling