Mavzu. Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari Reja: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi
Barqarorlikni tekshirish usulini amalga oshirish ketma-ketligi
Download 292 Kb. Pdf ko'rish
|
Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masalaning echilishi quyidagicha amalga oshiriladi
- barqarorligini tekshirish
Barqarorlikni tekshirish usulini amalga oshirish ketma-ketligi.
Masala. Quyida berilgan 1 va 2 loyiha ma’lumotlariga asoslanib, ularning barqarorligini tahlil qiling va eng samaralisini tanlang. Bunda ikkala loyiha uchun loyiha muddati – 5 yilni; loyihalarga qo’yilgan investitsiyalar – 100 ming AQSh dollarini; kapitalning bahosi – 10% ni tashkil etadi. Loyihani amalga oshirishda yillar bo’yicha pul tushumi bir xil summani tashkil etadi. Loyiha Pul tushumlari, ming AQSh dollari Optimistik Eng ko’p bo’lishi mumkin bo’lgan Pessimistik 1 40 35 25 2 50 40 20 Masalaning echilishi quyidagicha amalga oshiriladi: Loyiha-1 T, yillar. NPV 0 1 2 3 4 5 Optimistik -100 45 45 45 45 45 71,8 Eng ko’p bo’lishi m.b. -100 35 35 35 35 35 32,7 Pessimistik -100 25 25 25 25 25 -5,2 1.Loyiha bo’yicha 3 xil kelajakda bo’lishi mumkin bo’lgan stsenariy varianti tuziladi: optimistik, haqiqatga yaqin bo’lgan va pessimistik. 2.Har bir stsenariy bo’yicha mos ravishda sof joriy qiymat hisoblanadi: -optimistik –NPV op.; -haqiqatga yaqin bo’lgan – NPVhaq.; -pessimistik – NPV pess. 3.Loyihaning sof joriy qiymati bo’yicha variatsiyasi quyidagi formula orqali hisoblanadi: Var(NPV) = NPVop.- NPVpess. Loyiha barqarorligini tekshirish usulida investitsiya loyihasini amalga oshirish shart-sharoitlari turlicha o’zgartirilganda, ya’ni loyiha stsenariysi turlicha o’zgartirilganda, loyihani amalga oshirish mexanizmi qanday ishlashi va bunda loyihadan kutilayotgan foyda, zararlar va samaradorlik ko’rsatkichining qanday bo’lishi tadqiq qilinadi. Loyiha-2 T, yillar. NPV 0 1 2 3 4 5 Optimistik -100 50 50 50 50 50 89,6 Eng ko’p bo’lishi m.b. -100 40 40 40 40 40 51,6 Pessimistik -100 20 20 20 20 20 -24,2 formula bo’yicha variatsiya kattaligini topamiz. 1) Var (NPV) = NPVopt. - NPVpess.= 51,7- (-5,2) = 56,9(AQSh dollari) 2) Var (NPV) = NPVopt. - NPVpess.= 89,6- (-24,2) = 113,8(AQSh dollari) 4. Investitsiya risklarini pasaytirish yo’llari. Investitsiya loyihalarini amalga oshirishdagi alohida risklar ta’sirini yo’qotish yoki yumshatish uchun bir qancha yo’llardan foydalaniladi. 1. Riskdan qochish - risk bilan bog’liq tadbirlardan voz kechishni (demak, bunda foydadan ham voz kechishni) bildiradi. 2. Riskni ushlab qolish – investor zimmasiga riskni qoldirish, bunda investor o’z kapitalini riskli tadbirlarga yo’naltirayotganda, risklardan ko’riladigan zararlarni qoplash uchun mablag’i bo’lishi kerak. 3. Riskni uzatish (sug’urtalash) – investor risk havfini kimningdir zimmasiga yuklaydi. Riskni sug’urtalash, mantiqan olganda, muayyan risklarni sug’urta kompaniyalariga berishni anglatadi. Uning mohiyati investorning riskdan qutilish maqsadida daromadning bir qismidan voz kechish orqali aks ettiriladi. Bunda investorning risk darajasini “nol”ga tushirish uchun to’lovni amalga oshirishga tayyor ekanligini tushunish mumkin. Ko’p hollarda, sug’urta kompaniyalari moliyaviy risklarni sug’urtalash bilan risk darajasini pasaytirishga to’liq erishishiga xizmat qiladilar. 4. Riskni pasaytirish - ko’zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag’larini tashkil etish yo’li bilan yo’qotishlar hajmini qisqartirish hisoblanadi. Ko’zda tutilmagan xarajatlarni qoplash uchun zahira mablag’larini tashkil etishdagi asosiy muammo risklarning jiddiy oqibatlarini baholash hisoblanadi. Buning uchun loyiha qiymatini boshlang’ich baholashni hisobga olish lozim. Bu esa zahira summasini aniqlashga katta yordam beradi. Riskni pasaytirishning aniq vositasini tanlashda investor quyidagi tamoyillarga asoslansa, maqsadga muvofiq bo’ladi: - ortiqcha tavakkal qilish kerak emas; - risk oqibatlari to’g’risida o’ylash lozim; - kam narsa uchun risk qilish kerak emas. Download 292 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling