Mavzu. Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari Reja: Investitsiya faoliyatida risklar va ularning tasniflanishi


Download 292 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana24.08.2023
Hajmi292 Kb.
#1669733
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Investitsiya risklari va ularni pasaytirish yo’llari

Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: 
loyihalash 
jarayonidagi 
xatolar, 
pudratchilarning 
resurslardan 
samarali 
foydalanishni ta’minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o’zgarishi va 
boshq. 
Qurilishni o’z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta’sir ko’rsatadi: 
pudratchilarning o’z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarning 
o’zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho’zilib ketishi natijasida qo’shimcha 
xarajatlar kelib chiqishi: kredit bo’yicha foizlarni hisoblash, narxlarning inflyatsiya 
natijasida o’sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo’shimcha 
xarajatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, bu risk natijasida kelgusidagi 


ob’ektga xom ashyo etkazib beruvchilar bilan va kelgusidagi loyiha mahsuloti 
iste’molchilari bilan shartnomaviy munosabatlar to’xtashi mumkin. 
Ish va ob’ekt sifatining pastligi riski pudratchilar majburiyatining buzilishi, 
loyixalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin. Ob’ekt 
sifatining pastligi natijasida loyiha bo’yicha qo’shimcha investitsion harajatlar 
qilinishi kerak bo’ladi. Bu xarajatlar kamchiliklarni tuzatishga sarflanishi mumkin. 
Agar kamchilik saqlanib qoladigan bo’lsa, loyiha mahsulotini ishlab chiqarishga 
qo’shimcha xarajatlar qilish kerak bo’ladi. 
Konstruktsion va texnologik risk. Konstruktsion risk - bu investitsiya 
fazasidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riskidir. Bu loyiha hujjatlarini 
ishlab chiquvchilarning xatolari, bu hujjatlarni ishlab chiqishda zarur bo’lgan 
ma’lumotlarni etarli yoki aniq emasligi natijasida ro’y berishi mumkin. Texnologik 
risk - bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo’llanilmasligi 
natijasida ma’lum texnik-iqtisodiy parametrlardan ob’ekt ekspluatatsiyasidagi 
cheklanishlar riski. Bunga ekspluatatsiya xarajatlarining oshishi, ekologik 
me’yorlarga mos kelmaslik kabilar ta’sir etadi. 
Ishlab chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga 
kelish riski. Bu ishlab chiqarish davomiyligining buzilishida, ob’ektning loyihaviy 
quvvatga erishmasligida, qo’shimcha ishlab chiqarish xarajatlarida namoyon buladi. 
Ishlab chiqarish riskining bir turi bu texnologik riskdir. Bu risklar ta’minotdagi 
uzilishlar, resurs zaxiralarining etishmasligi, xom ashyo sifatining pastligi, transport 
masalalari va boshqalar sabab kelib chiqadi. Ishlab chiqarish xarajatlarining yuqori 
darajasi xarajatlarni xato hisoblash, xom ashyo va boshqa resurlar miqdori va 
sifatiga ma’lum talablarni aniq emasligi natijasida bo’ladi. 
Boshqaruv riski - bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi 
shaxsning tajriba va malakasini etarli darajada emasligi natijasida ro’y beradi. Ayrim 
hollarda, boshqaruv riski deganda, loyiha faoliyatining barcha faza va 
bosqichlaridagi menejment darajasining pastligi va xatolari bilan bog’liq risklar 
tushuniladi. 
Sotish riski - bu loyiha mahsuloti sotish xajmining va shu mahsulot 
baxosining kamayish riskidir. Sotish riski bozor kon’yunkturasining o’zgarishi, 
marketing yoki baxo riski deb ham ataladi. Sotish riski, ayniqsa bahoni taxmin qilish 
ancha qiyin bo’lgan, yangi mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq loyihalarda 
yuqori bo’ladi. 
Moliyaviy riskiBu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari: a) kredit riski; 
b) valyuta riski; v) foiz stavkasini o’zgarish riskidir. Kredit riski - bu loyihani amalga 
oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo’yicha to’lov 
majburiyatlarini to’liq yoki umuman to’lay olmaslik riski. Bu risk asosan loyihani 
moliyalashtirishda loyihani kreditlovchi bankning riskidir. Valyuta riski - bu risk 
loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va xokimiyat mahsulotni milliy 
valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo’ladi. Bu risk loyiha 
mahsulotini sotishdan olinadigan valyuta bilan kredit valyutasi bir xil bo’lmagan 
hollarda yuzaga keladi. Foiz stavkasining o’zgarish riski - bu risk kredit resurslari 
o’zgaruvchan stavkada qo’llanilganda ro’y beradi. Bunday resurslarni jalb qilishda 


loyihada qo’llanilgan kapital qiymatining oshishi va mahsulot rentabelligining 
kamayish xavflari mavjud bo’ladi. 
Mamlakat riski - bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo’lib, uning mazmuni 
shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari 
va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va xatto 
loyihani barbod qilishi ham mumkin. Mamlakat riskining omillari: markaziy va 
mahalliy xokimiyatlarning harakati, urushlar, ish tashlashlar, terrorchilik harakatlari 
va boshqalar bo’lib, bular loyiha ishtirokchilari ta’siri doirasidan tashqarida bo’ladi. 
Davlatning siyosati bilan bog’liq mamlakat risklarini shartli ravishda ikkita guruhga 
bo’lish mumkin: siyosiy va iqtisodiy. Siyosiy mamlakat riski - hukumatning chet el 
investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha faoliyatini to’xtatish yoki cheklashga 
qaratilgan xarakati bilan bog’liq. Bularga foydani boshqa mamlakatga olib 
o’tishdagi ta’qiqlashlar va cheklashlar, chet el kapitali uchun avval yaratilgan 
imtiyozlardan mahrum qilish, kontseptsiya va litsenziyalarni qaytarib olish va 
boshqalar kiradi. 
Ma’muriy risklar - loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa 
ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli 
litsenziyalar, ruxsatlarni olishi bilan bog’liq. Litsenziyalar, ruxsatlar loyiha 
faoliyatining barcha faza va bosqichlarida talab qilinishi mumkin: loyiha hujjatlarini 
ishlab chiqishda, tenderlar o’tkazishda, mashina va asbob-uskunalarni etkazib 
berishda, qurilishda, dastlabki ishlar va ob’ektning ishga tushirilishida talab qilinadi. 
Litsenziyalar, ruxsatnomalar soni ayrim loyihalar bo’yicha juda ko’p bo’lishi 
mumkin: loyiha faoliyatining u yoki bu turi bilan shug’ullanish huquqini beruvchi, 
tabiiy resurslardan foydalanish, tabiiy resurslarni va valyutani chetga olib chiqish 
huquqini beruvchi litsenziyalar, ruxsatlar bo’lishi mumkin. 
Huquqiy risk - bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma’muriy va boshqaruv 
risklari bilan bog’lik. Avvalo, bu risk kreditorning kafolat bermaslik va boshqa 
kredit bilan ta’minlashlar ehtimoli bilan bog’liq noaniqlik va ishonchsizligida 
namoyon bo’ladi. Bunday noaniqlik va ishonchsizlik sabablari quyidagilar bo’lishi 
mumkin: qonunlar majmuining va xalqaro huquq normalarining mukammal 
emasligi, huquqiy hujjatlar sifatining pastligi, sud mexanizmidagi kamchiliklar va 
boshqalar. Ayrim huquqiy risklar loyiha ishtirokchilari nazoratidan tashqarida 
bo’lib, ular mamlakat va siyosiy risklarga yaqin. Bundan boshqa huquqiy risklarni 
milliy qonunchilikni, xalqaro investitsion huquqlarni yaxshi biluvchi, shartnoma, 
kelishuvlar va boshqa loyihaning huquqiy hujjatlarida ishtirok etuvchi malakali 
huquqshunos maslahatchini jalb qilish bilan echish mumkin. 
Fors-major riski - loyixa faoliyatiga tegishli bo’lmagan tashqi risklardan biri 
bo’lib, unga er silkinishi, yong’inlar, suv toshqini, bo’ronlar va boshqa tabiiy 
hodisalar kiradi. Fors-majorga ayrim ijtimoiy va siyosiy tabiiy hodisalar ham kiradi: 
ish tashlashlar, inqiloblar, qo’zg’olonlar va boshqalar. Shunday yo’l bilan mamlakat 
riskining bir qismi fors-major riski sifatida namoyon bo’ladi.

Download 292 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling