Fundamental iqtisodiyot


Download 1.05 Mb.
bet1/13
Sana14.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1460310
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Dek 62 Boboxonov G‘anisher Fiskal siyosatning mohiyati va turlari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI


FUNDAMENTAL IQTISODIYOT ” FAKULTETI



KURS ISHI
MAKROIQTISODIY TAHLIL VA PROGNOZLASHTIRISH “ KAFEDRASI

MAVZU: Fiskal siyosatning mohiyati va turlari

Ilmiy rahbar: Ma’murov B.


Bajardi: DEK-62 guruhi talabasi Boboxonov G‘anisher Jo‘Rayevich
Komissiya a’zolari:





Himoya natijasi: « » ball « » 2023y.


TOSHKENT 2023


MUNDARIJA


KIRISH 3
1.FISKAL SIYOSATNING MAQSADI VA IQTISODIY DASTAKLARI 5
2.MOLIYANING MOHIYATI VA VAZIFALARI. 14
3.DAVLAT BUDJETINING TAQCHILLIGI 19
4.Soliqlar, ularning turlari va takomillashtirish vazifalari 24
XULOSA 30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 32


KIRISH



Kurs ishining dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ro'y berayotgan tub o'zgarishlar moliyaviy siyosatni, jumladan fiskal siyosatni iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishdagi ahamiyatini oshirmoqda. Chunki, davlat fiskal siyosati davlat byudjet siyosatini bir qismi bo'lib hisoblanadi va soliq siyosati bilan chambarchas bog'liqdir. Byudjet siyosati, aytish mumkinki, makroiqtisodiy barqarorlikni bosh omilidir.
Qonun bilan 2022 yil uchun asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar va konsolidatsiyalashgan Davlat byudjeti daromadlari va хarajatlarining prognozlari hamda 2023–2024 yillar uchun byudjet moʻljallari belgilanmoqda. Qonunda soliq siyosatiga muhim oʻzgarishlar kiritilgan. Bunda yalpi ichki mahsulotda (YaIM) salmoqli ulushga ega ishlab chiqarish sohalarini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish nazarda tutilgan.
Jumladan, 2022 yilda mamlakatimiz YaIMning oʻsish sur’atlari 6,0%ni, shu jumladan, sanoatda 7,0%ni, qurilish sohasida 8,1%ni, qishloq хoʻjaligi sohasida 3,3%ni tashkil etishi rejalashtirilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori 2022 yil uchun yalpi ichki mahsulotning 3%i miqdorida belgilanmoqda.
Ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik davlat dasturlarini hamda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishga doir loyihalarni moliyalashtirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida chet el manbalaridan grant asosida ajratilgan mablagʻlarning birinchi darajali byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilar uchun ajratilishi belgilangan miqdorlarini ushbu Qonunga oʻzgartirish kiritmasdan koʻpaytirish nazarda tutilmoqda.
2022 yilda konsolidatsiyalashgan byudjet daromadlari 254,6 trln soʻm yoki yalpi ichki mahsulotning 30,3%i darajasida prognoz qilinmoqda. Davlat byudjeti daromadlari 199,5 trln soʻm yoki yalpi ichki mahsulotning 23,8%i miqdorida belgilanmoqda.
Davlat maqsadli jamgʻarmalari daromadlari 31,9 trln soʻm, хarajatlari esa 58,7 trln soʻm miqdorida rejalashtirilgan. Bundan tashqari, Davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga, хususan, ta’lim sohasi хarajatlariga 46,9 trln soʻm, sogʻliqni saqlash sohasi хarajatlariga 22,8 trln soʻm, madaniyat va sport sohasi хarajatlariga 3,4 trln soʻm va fanni yanada rivojlantirish tadbirlari uchun 1,5 trln soʻm yoʻnaltirish belgilanmoqda.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling