Fundamental iqtisodiyot
Standartlashtirilgan Byudjet
Download 1.05 Mb.
|
Dek 62 Boboxonov G‘anisher Fiskal siyosatning mohiyati va turlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2-rasm. Hukumat chiqimlari va soliq kirimlari chiziqlari.
Standartlashtirilgan Byudjet
Iqtisodchilar standartlashtirilgan byudjetdan (to‘liq bandlik byudjeti ham deyiladi) soliq kirimlaridagi avtomatik o‘zgarishlarni yo‘q qilish maqsadida mavjud federal byudjet difitsiti va profitsitini sozlashda foydalanishadi. Standartlashtirilgan byudjet mavjud soliq darajalari va hukumat chiqimlari darajalarida iqtisod o‘zining YaIM bo‘yicha yillik darajasiga etgan xolda federal byudjet defitsiti yoki profitsitini xisoblaydi (uning potensial foydasini). Asl g‘oya shundaki, mavjud hukumat yillik chiqimlarini iqtisod o‘zining YaIM bo‘yicha yillik xolatiga etgandagi yuzaga kelishi mumkin soliq kirimlari bilan qiyoslashdir. Bu jarayon oddiy YaIM o‘zgarishi xisobiga bo‘luvchi byudjet difitsiti yoki profitsitini olib tashlaydi va shunday qilib bizga diskretsion fiskal siyosatdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida hech narsa aytmaydi. Quyidagi rasmini ko‘rib chiqaylik G bu erda hukumat chiqimlarini T esa soliq kirimlarini ko‘rsatadi. To‘liq bandlik birinchi yilida hukumatning 500 000 000 000$ lik chiqimlari 500 000 000 000$ lik soliq kirimlari bilan teng va bu G va T chiziqlarining a nuqtada kesishgan joyida ko‘rsatilgan. Standartlashtirilgan byudjet defitsiti 1 yilda 0 ga teng hukumat chiqimlari YaIM1 to‘liq bandlik xolatida soliq kirimlariga teng. Bundan YaIMning to‘liq bandlik defitsiti foizi ham 0 ga teng. 3.2-rasm. Hukumat chiqimlari va soliq kirimlari chiziqlari. Endi a rasmda ko‘rsatilgandek pasayish yuzaga kelib, YaIM YaIM1 dan YaIM2 ga tushishini faraz qiling. Endi hukumat hech qanday diskretsion xarakatlar qilmayapdi va G hamda T chiziqlari rasmda ko‘rsatilgandek qolayapdi deb faraz qiling. YaIM2 da soliq kirimlari avtomatik ravishda 450 000 000 000$ (c nuqta) ga tushib davlat xarajatlari esa o‘zgarmagan xolda 500 000 000 000$ bo‘lib qoladi (b nuqta). 50 000 000 000$ byudjet defitsiti yuzaga keladi (bc oralig‘i bilan ko‘rsatilgan). Lekin bu siklik difitsit pasayishga ketib borayotgan iqtisod chiqimi bo‘lib hukumatning diskretsion moliyaviy faoliyatining natijasi emas. Biz bu defitsitdan hukumat kengyatirilgan moliyaviy siyosatni yuritayapdi deb xato qilishimiz mumkin. Bu xolat a rasmda 2 yil standartlashtirilgan byudjet defitsitini muhokama qilganimizda yoritiladi. 500 000 000 000$ 2 yil hukumat chiqimlari G chizig‘ida b nuqtasi bilan berilgan va T chizig‘ida a nuqta bilan ko‘rsatilgan 500 000 000 000$ soliq kirimlari YAIM to‘liq bandlik xolatiga etganda yuzaga kelishi mumkin. b va a nuqtalari ikkisi ham 500 000 000 000$ ni bildirganligi uchun 2 yildagi standartlashtirilgan defitsit 0 ga teng, chunki bu defitsit potensial YAIM ning foiz qismidadir. Ikkala yilda ham standartlashtirilgan defitsit 0 ga tengligi hukumatning o‘z diskretsion moliyaviy siyosatini pasayish vujudga kelib mavjud defitsit 50 000 000 000$ natija bersada o‘zgartirmaganligini ko‘rish mumkin. Keyin b rasmini ko‘rib chiqamiz. Real foyda YaIM3 to‘liq bandlikdan YaIM4 ga tushgan deb faraz qiling va shu bilan birga 4 yildagi federal hukumatning pasayishga soliq darajalarini pasaytirish bilan javob berishi soliq chizig‘ining T1 dan T2 siljishini faraz qiling. Standartlashtirilgan defitsit o‘lchamiga nima bo‘ldi? e da ko‘rsatilgandek hukumat chiqimlari 4 yilda 500 000 000 000$ ga teng. Biz u miqdorni agar YaIM to‘liq bandlik xolati yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 475 000 000 000$ soliq kirimi bilan qiyoslaymiz. Ya’ni biz G chizig‘idagi e nuqtani T2 chizig‘idagi x nuqta bilan solishtiramiz.25 000 000 000$ e x dan kattaroq bo‘lib 4 yil uchun standartlashtirilgan byudjet defitsitiga teng. Potensial YaIM ning foizi sifatida standartlashtirilgan byudjet defitsiti yildagi 0 dan (soliq darajasi qisqartirilishidan oldin) bir qancha ijobiy foizga 4 yilda [=( $25 billion /GDP 3) x100] ko‘tarildi. Bu ikki yil ichidagi to‘liq bandlik defitsiti nisbiy o‘lchamlari o‘sishi moliyaviy siyosatning rag‘batlantiruvchi siyosat ekanligini ko‘rsatadi. Bunga qarama qarshi agar biz standartlashtirilgan o defitsitni keying yildagi standartlashgan byudjet profitsiti ko‘rsak unda biz fiskal siyosatni cheklovchi turdagi deb xisoblashimiz mumkin. Standartlashtirilgan byudjet soliq kirimlaridagi avtomatik o‘zgarishlarni moslashtirilishi standartlashtirilgan byudjet profitsiti o‘sishi hukumat o‘z chiqimlarini kamaytirgani (G) yoki soliq kirimlarini oshirganini (T) bildiradi. Bu G va T dagi o‘zgarishlar biz cheklangan fiskal siyosat elementi deb aniqlagan yaqqol diskretsion faoliyatdir. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling