Fundamental iqtisodiyot
Download 1.05 Mb.
|
Dek 62 Boboxonov G‘anisher Fiskal siyosatning mohiyati va turlari
Moliya tizimi. Umumdavlat moliyasi - davlat byudjeti, ijtimoiy sug‘urta hamda mol-mulk va boshqa sug‘urta fondlarini o‘z ichiga oladi.
2.1-rasm. Moliya tizimi. Davlat pul mablag‘larining asosiy markazlashgan fondi bo‘lmish davlat byudjeti moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini bo‘lib xizmat qiladi. Davlatning markazlashgan byudjeti bilan birga xokimiyat quyi organlarining (viloyat, tuman va shaxar) byudjeti ham mavjud bo‘ladi. Bu joylarda mavjud moliyaviy resurslarni ancha to‘laroq jalb qilish va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi. Xokimiyat quyi organlari byudjetning daromadlari o‘z xududidagi korxonalar daromadidan, aholidan olinadigan soliqlar, mulk soliqlari va shu kabilar orqali shakllanadi. Ularning daromadi qisman davlat byudjetidan beriladigan subsidiyalar xisobiga ham to‘ldiriladi. Xokimiyat quyi organlari byudjet mablag‘lari tegishli xududda ta’lim, sog‘liqni saqlash, obodonchilik, yo‘l qurilish va shu kabilarga sarflanadi. Mol – mulk va shaxsiy sug‘urta moliya tizimining keyingi bo‘g‘ini xisoblanib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar va fuqarolarga joriy qilinadi. U majburiy va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Bu maqsadlar uchun fondlar korxona va aholining to‘lovlari xisobiga shakllanadi. Fond mablag‘lari mol-mulkiy sug‘urtasiga va shaxsiy sug‘urtaga pul to‘lashni ko‘zda tutadi. Shaxsiy sug‘urta aholining pul jamg‘armalarining tashkil qilishning shakllaridan biri bo‘lib ham xizmat qiladi. Jamiyat moliya tizimi ijtimoiy siyosiy va ma’rifat ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va muassasalarning moliyasini ham o‘z ichiga oladi. Kasaba uyushmalar, siyosiy partiya, yoshlar, xotin-qizlar, faxriylar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, sport tashkilotlari va boshqa ilmiy ma’rifiy jamiyatlarning ham o‘ziga xos moliyasi mavjud bo‘ladi. Bunday ijtimoiy tashkilotlarning moliyaviy resurslarining manbai, tashkilot a’zolarining kirish puli va badallari, tijorat faoliyatidan kelgan daromad, xomiylar ajratgan yoki xayriya qilgan mablag‘lardan iborat bo‘ladi. Jamiyat moliya tizimida maxsus va xayriya fondli xo‘jalik subektlari va axolining pul mablag‘larini aniq bir maqsad yo‘lida birlashtiradi va ular maqsadli ishlatiladi. Download 1.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling