Fundamental iqtisodiyot


Download 1.05 Mb.
bet4/13
Sana14.05.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1460310
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Dek 62 Boboxonov G‘anisher Fiskal siyosatning mohiyati va turlari

1.1-rasm. Fiskal siyosat.
U quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (1) davlat xarajatlarining ko‘payishi yoki (2) soliqlarning pasayishi, yoxud (1) va (2)ni birga qo‘shib olib borish.
Agar iqtisodiyotda ortiqcha talab tufayli paydo bo‘lgan inflyasiya sodir bo‘lsa, bunga to‘sqinlik qiluvchi fiskal siyosat mos keladi. Bunday fiskal siyosat quyidagilarni o‘z ichiga oladi: (1) xukumat xarajatlarining kamayishi, yoxud (2) soliqlarning ko‘payishi, yoxud (1) va (2)ning birga qo‘shib olib borilishi. Fiskal siyosat bashartida iqtisodiyot oldida inflyasiya ustidan nazorat qilish muammosi turadigan bo‘lsa, xukumat byudjetining ijobiy qoldig‘iga tayanishi lozim” .
XX asrning 20-yillariga kelib, davlat moliya siyosati neoklassik oqim vakillarining konsepsiyasiga asoslangan, uning asosiy yo‘nalishi quyidagilardan iborat bo‘lgan: davlatning iqtisodiyotga aralashmasligi; erkin raqobatga asoslangan xo‘jalik faoliyatini tartiblashda bozor mexanizmidan samarali foydalanish. Davlat monopolistik kapitalizmining rivojlanishi oqibatida, 30-60 yillarga kelib moliyaviy siyosat negizida asosan keynischilik va neokeynschilik oqim maktablarining iqtisodiy konsepsiyalari joy oldi.
Keyinchalik yo‘nalishining moliyaviy konsepsiyasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar ustuvorlikni egallagan;
- Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining barcha muhim muammolarini resurslar taklifini o‘rganish bilan emas, balki resurslarning sotilishini ta’minlovchi talab nuqtai nazaridan qarab chiqish zarur;
- Kapitalistik iqtisodiyot har doim ham o‘zinio‘zi tartibga solishga layoqatli emas. Shunday ekan, mehnat va kapital yuqori darajada umumlashgan sharoitda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi muqarrardir. Bunda davlat tomonidan tartibga solish iqtisodiyotni narx yordamida tartiblash mexanizmi orqali to‘ldirib borilishi zarur;
- Takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan ortiqcha ishlab chiqarish, iqtisodiy beqarorlik holatlarining sababi talabning etishmasligidandir, shunday ekan iqtisodiyotdagi muvozanatlikni ta’minlash muammosini talab nuqtai nazaridan hal qilish zarur. Buning uchun Keyns “samarali talab” tushunchasini kiritadiki, u daromad va bandlik, iste’mol va ishlab chiqarish o‘rtasidagi muvozanatlikni o‘zida mujassamlashtiradi;
- Davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi muhim dastagi bu byudjet siyosatidir. Davlat byudjeti va moliyaviy siyosatning asosiy maqsadi ishchi kuchi va ishlab chiqarish uskunalarining bandligini ta’minlashdan iboratdir .
Iqtisodiyotning siklik rivojlanishi va krizislarni bartaraf etishning asosiy dastagi bu – davlat xarajatlaridir. Keynsning fikricha, uning shakllanishi, tuzulishi va o‘sishi “samarali talab”ga erishishdagi muhim omildir.
Shunday qilib, Keyns davlat monopolistik kapitalislik iqtisodiyotni tartibga solishda yangi moliya nazariyasining ustuvor yo‘nalishini ishlab chiqdi. Mazkur moliyaviy siyosat Keyns izdoshlari tomonidan (Amerikada – R.Xarrod, A.Ouken, U.Xeller,
Buyuk Britaniyada – J.Vaysman, Fransiyada – F.Perru, Yaponiyada – K.Emi, X.Itolar) amaliyotga joriy etildi. Bu 40-60 yillarda iqtisodiyotni tartibga solishda ijobiy natijalarni berdi. 70-yillargacha ko‘pchilik etakchi g‘arb davlatlarning moliya nazariyasi va amaliyoti asosida Keyns nazariyasining qoidalari yotadi.
Neokonservatorlar Keyns ta’limotining ayrim kamchiliklarini topib, unga muqobil o‘z konsepsiyalarini ilgari suradi. Bular asosan quyidagilardan iborat:
1. Keyns konsepsiyasidagi inflsiyani jilovlash, ishlab chiqarish va bandlikni kengaytirishda moliyaviy dastaklardan foydalanish to‘g‘risidagi fikriga qarshi muomaladagi pul miqdorini kamaytirish haqidagi g‘oyalari;
2. Soliqlarning tez o‘sishi ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlarning moddiy manfaatdorligini pasaytirib yuborishi sababli taklifni kengaytirish orqali iste’molchilik talabini muvozanatlashtirish, soliqlarni ratsional darajada pasaytirib, erkin xususiy tadbirkorlik va bozor raqobatini rivojlantirish to‘g‘risidagi fikrlari;
3. Davlatning iqtisodiyotga aralashuvi faqatgina ayrim xizmatlar, xo‘jalik faoliyatini himoya qilish bilan cheklanishi kerakligi to‘g‘risidagi fikrlari;
Fiskal siyosat oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, uning uchta yo‘nalishi, ya’ni iqisodiy o‘sishni rag‘batlantirish, barqarorlashtirish va iqtisodiy faoliyatni chegaralash siyosatlarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Iqtisodiy o‘sish maqsadlaridan kelib chiqib, fiskal siyosat bandlik darajasini va shu orqali YaIM real hajmini oshirishga yo‘naltiriladi. Bunda rag‘batlantiruvchi fiskal siyosatning dastaklari davlat xarajatlarining o‘sishi va soliq stavkalarining pasayishi hisoblanadi.
Boshqacha aytganda, hozirgi davrda davlatning byudjet barqarorligini ta’minlashga qaratilgan moliyaviy siyosati iqtisodiy inqiroz yoki turg‘unlik davrida byudjet taqchilligini bartaraf etish maqsadlariga qaratilishi zarur.
Agar davlat o‘zining fiskal va xarajatlar siyosatidan foydalanib, mahsulot ishlab chiqarish hajmini bir me’yorda ushlab turishga va narxlarning barqarorligini ta’minlashga intilsa, bunda uning iqtisodiyotni barqarorlashtirish orqali iqtisodiy jarayonlarini rag‘batlantirish yoki ushlab turishga qaratilgan moliyaviy siyosat turlicha maqsadni ko‘zlab, bir-biridan farqlanadi.
Davlatning iqtisodiy faollikni cheklash siyosati real YAMM hajmining potensial darajasidan keskin farq qilishini kamaytirishga yo‘naltirilib, bu ayni vaqtda iqtisodiy o‘sish va uning tanazzuli davrlarida inflyasiya va ishlab chiqarishdagi inqirozli jarayonlardan qochishga qaratiladi.
Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tartibga solish orqali makroiqtisodiy muvozanatlikni ta’minlab borishga qaratilgan fiskal siyosat bir qator moliyaviy vosita va iqtisodiy dastaklar yordamida amalga oshiriladi. Qo‘llaniladigan bu barcha moliyaviy vosita va dastaklar birgalikda tartibga solishning moliyaviy mexanizmini tashkil qiladi.
Ma’lumki, iqtisodiyot nazariyasi va amaliy hayotda fiskal siyosatning ikkita turi ajratiladi:
1. Diskretsion fiskal siyosat yoki bevosita davlat tomonidan amalga oshiriladigan siyosat;
2. Nediskretsion fiskal siyosat yoki avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi siyosat.
Nediskretsion fiskal siyosat deyilganda, soliq tizimining mustaqil barqarorlashtiruvchi bir qator layoqatlari, ya’ni uning mamlakatdagi iqtisodiy faollikni qandaydir boshqaruvchi organlarning bevosita aralashuvlarsiz tartibga solish imkoniyatini beruvchi ayrim xususiyatlari tushuniladi.
Ishlab chiqarishning birdaniga va tez o‘sish holatini yumshatish uchun byudjet daromadlar qismining xarajatlar qismiga nisbatan ortiqcha bo‘lishi zarur. Boshqa tomondan yondashilsa, bunday “yumshatish” uchun aksincha, byudjet kamomadi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Shunday ekan, iqtisodiyotni tartibga solishni faqat avtomatik ravishda barqarorlashtiruvchi vositalar yordamida amalga oshirish mumkin emas, shu sababli davlatning diskretsion siyosati bunga zaruriy to‘ldiruvchi hisoblanadi.
Diskretsion fiskal siyosat – bu milliy ishlab chiqarish real hajmini o‘zgartirish, bandlik darajasini ushlab turish va inflyasiya ustidan nazorat o‘rnatish hamda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida soliqlar bilan birga, davlat xarajatlarini ongli ravishda manipulyasiya qilish tushuniladi.
Diskretsion fiskal siyosatning asosiy dastaklari quyidagilar hisoblanadi:
- Davlat sarflari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy ishlar va boshqa dasturlari;
- Iqtisodiy tsikl tebranishlarni yumshatish
- Iqtisodiy o’sish sur’atlarini barqarorlashtirish
- Yuqori bandlik darajasiga erishish Asosiy maqs
- Davlat xarajatlari
- Soliqlar
- Davlat buyurtma va xaridlari;
- Davlat investitsiyalari;
- Transfert yoki qayta taqsimlash turidagi xarajatlarni o‘zgartirish;
- Soliqlarni boshqarish.
Shunday qilib, davlat tomonidan amalga oshiriladigan fiskal siyosat, mamlakat milliy xo‘jalikda tashkil qilingan soliq tizimining asosiy qoidalariga javob berishi va iqtisodiyotdagi ichki o‘zaro munosabatlarni samarali tartibga solishi zarur.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling