Rasm 24
K155TB1 mikrosxemada yig’ilgan JK-triggerni rasm 25 da keltirilgan funksional sxemasi bo’yicha ishlash tamoilini chuntiring.
Rasm 25
2.8. Sakkiz razryadli reversiv siljiturvchi registor
(155 ИP13 mikrosxema)
Registr – bu ketma –ket qurilma axborotni siljishi saqlash va yozish uchun mo’ljallangan, ular registrga keladi va n-razryadga ega bo’lgan ikkilik soni ko’rinishida saqlanadi. Umumiy holda registr parallel yoki ketma ket shakldagi axborotni berishi mumkin, to’g’ri va teskari son kodini o’zgartirishi (qachonki birlar nollar bilan nollar esa birlar bilan almashtiriladi) va askincha, shuningdek ikkilik sonlarni mantiqiy ko’paytirish va qo’shish amallarini ham bajaradi.
Sonlar razryadini kiritish va chiqarish yo’liga bog’liq ravishda registrlar parallel, ketma ket va parallel-ketma ketlarga bo’linadi. Parallel registrda kodli sonlarni barcha razryadlarini kiritish va chiqarish bir vaqtni o’zida amalga oshiriladi, ketma-ket larda esa sonlarni razryadlari ketma-ket kiritiladi va chiqariladi, parallel – ketma ket registrda esa sonlarni kiritish parallel shaklda amalga oshiriladi, chiqarish esa ketma ket va aksincha. Parallel kodni ketma – ketga va aksinchaga o’zgartirish juda actual vazifa bo’lib, chunki raqamli axborotni uzatish tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish ketma ket kodlarda amalga oshiriladi, hisoblash qurilmalarini mikroprotsessorlarida ularga ishlov berish parallel amalga oshiriladi.
Sonni surishni amalga oshirish mumkin bo’lgan registr siljuvchi deyiladi, bunda siljish bir tomonga amalga oshirilishi mumkin (past razryad tomonga – to’g’ri siljish (o’ng) , katta razryad tomonga –teskari siljish (chap) yoki ikkala tomonga (reversiv siljiydigan registr). Bu mazmunda ketma ket va parallel-ketma ket registrlar siljiydiganlarga kiradi.
Sanoatimiz mikrosxema ko’rinishida registrlarni ko’plab xillarini chiqaradi.
155 ИP13 mikrosxemasini chiqishlarini sinov stendini 26 rasmda ko’rsatilgan svetodiodlarga mos kelishi, va mikrosxemani shartli belgilanishi esa rasm 27 da ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |