56-modda. Kreditorlarning talablarini qanoatlantirish
YUridik shaxs tugatilayotganida birinchi navbatda fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan, alimentlarni undirishdan va mualliflik shartnomalari bo‘yicha mukofot to‘lash haqidagi talablari, shuningdek hayotiga yoki sog‘lig‘iga zarar etkazganligi uchun tugatilayotgan yuridik shaxs javobgar bo‘lgan fuqarolarning talablari ham tegishli vaqtbay to‘lovlarni kapitallashtirish yo‘li bilan qanoatlantiriladi.
Boshqa kreditorlarning talablari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda va shartlarda qanoatlantiriladi.
[ОКОЗ:
1.03.00.00.00 Фуқаролик қонунчилиги / 03.03.00.00 Юридик шахслар / 03.03.03.00 Юридик шахслар банкротлиги ва санация (шунингдек 09.03.00.00 га қаралсин)]
57-modda. YUridik shaxsning nochorligi (bankrotligi)
[СПиТ:
1.Тугатиш. Банкротлик (Санация) / Банкротлик (иқтисодий ночорлик)]
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs, davlat korxonasidan tashqari, shuningdek matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxsning kreditorlar talablarini qondirishga qurbi etmasa, sudning qaroriga muvofiq u nochor (bankrot) deb hisoblanishi mumkin.
YUridik shaxsning bankrot deb hisoblanishi uning tugatilishiga olib keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Tijoratchi tashkilot bo‘lgan yuridik shaxs, shuningdek matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxs bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda o‘zini bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etadi.
(57-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudning yuridik shaxsni bankrot deb hisoblashi asoslari, shuningdek bunday yuridik shaxsni tugatish tartibi qonunda belgilanadi.
(57-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 25 apreldagi 482-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003 y., 5-son, 67-modda)
[ОКОЗ:
Do'stlaringiz bilan baham: |