«Fuqarolar Sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida» gi qonun tarkibi va mazmuni Ushbu qonun 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan, VI


-modda. Voyaga etmaganlarning huquqlari


Download 327.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/23
Sana25.10.2023
Hajmi327.35 Kb.
#1720829
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23
Bog'liq
«Fuqarolar Sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida» gi qonun 1

19-modda. Voyaga etmaganlarning huquqlari.
Davlat voyaga etmaganlarning sog‘liqni saqlash huquqlarini ularning jismoniy, ma’naviy 
rivojlanishi uchun, kasalliklarning oldini olish uchun eng qulay sharoit yaratish, shuningdek
maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar va boshqa muassasalarda tibbiy xizmatni yo‘lga 
qo‘yish orqali ta’minlaydi.
Voyaga etmaganlar quyidagi huquqlarga ega: 
- Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda dispanser nazoratida bo‘lish 
hamda bolalar va o‘smirlarning davolash-profilaktika muassasalarida davolanish;
- sanitariya-gigiena ta’limini olish, o‘qish hamda o‘zlarining fiziologik xususiyatlari va 
sog‘ligiga mos sharoitlarda mehnat qilish;
- kasbga yaroqliligini aniqlash chog‘ida byudjet mablag‘lari hisobidan bepul tibbiy maslahatlar 
olish;
- sog‘liqlari to‘g‘risida o‘zlari uchun qulay tarzda zarur axborot olish;
- o‘n to‘rt yoshdan oshgan voyaga etmaganlar ma’lumotlarni bilgan holda tibbiy aralashuvga 
ixtiyoriy ravishda rozilik berish yoki uni rad etish huquqiga ega;
- jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor voyaga etmaganlar ota-onalarining yoki ular 
o‘rnini bosuvchi shaxslarning arizasiga ko‘ra byudjet mablag‘lari, xayriya jamg‘armalari va 
boshqa fondlarning mablag‘lari, shuningdek, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi 
shaxslarning mablag‘lari hisobidan ijtimoiy himoya tizimi muassasalarida yashashlari mumkin.
Ota-onalar yoki boshqa shaxslarning o‘z tarbiyasidagi voyaga etmaganlarning huquqlari va 
manfaatlarini buzishlari, ularni tarbiyalashdan bo‘yin tovlashlari, voyaga etmaganlar bilan 
ularning sog‘ligiga zarar etkazadigan darajada shafqatsiz munosabatda bo‘lishlari qonunda 
belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga sabab bo‘ladi.
20-modda. Harbiy xizmatchilar, harbiy va muqobil xizmatga chaqiriladigan hamda 
harbiy xizmatga kontrakt bo‘yicha kiradigan fuqarolarning huquqlari.


Harbiy xizmatchilar harbiy xizmatga yaroqli yoki yaroqsiz ekanliklarini aniqlash uchun 
tibbiy tekshiruvdan o‘tish hamda harbiy-tibbiy komissiyaning xulosasi asosida harbiy xizmatdan 
muddatidan ilgari bo‘shatilish huquqiga ega.
Harbiy va muqobil xizmatga chaqiriladigan yoki harbiy xizmatga kontrakt bo‘yicha 
kiradigan fuqarolar tibbiy tekshiruvdan o‘tadi hamda sog‘ligiga ko‘ra harbiy xizmatga 
chaqiruvni kechiktirish yoki chaqiruvdan ozod etilish huquqini beradigan tibbiy ma’lumotlar 
to‘g‘risida to‘liq axborot olish huquqiga ega.

Download 327.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling