«Fuqarolar Sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida» gi qonun tarkibi va mazmuni Ushbu qonun 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan, VI


Download 327.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/23
Sana25.10.2023
Hajmi327.35 Kb.
#1720829
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
«Fuqarolar Sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida» gi qonun 1



«Fuqarolar Sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida» gi qonun tarkibi va mazmuni 
Ushbu qonun 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan, VI bo‘lim, 47 moddadan iborat. 
I-bo‘lim. Umumiy qoidalar. Bu bo‘limda fuqarolar sog‘ligini saqlash - bu har bir 
insonning sog‘ligini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy, 
madaniy, ilmiy, sanitariya-gigienik va epidemiyaga qarshi tadbirlar majmuasi ekanligi 
ko‘rsatilgan. 
II-bo‘lim. Fuqaroning sog‘ligini saqlash sohasidagi huquqlari. Bu huquqlar tibbiy 
muassasalar, birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek, xususiy tibbiy amaliyot bilan 
shug‘ullanuvchi shifokorlar tomonidan ta’minlanadi. 
III-bo‘lim. Fuqarolarga tibbiy, ijtimoiy yordam ko‘rsatish. Ushbu bo‘limda tibbiy 
yordam turlari va har bir fuqaroning tibbiy yordamidan foydalanish huquqlari kafolatlangan. 
IV-bo‘lim. Tibbiy ekspertiza. Mazkur bo‘limda tibbiyotda mavjud ekspertizalar, ularning 
vazifalari va fuqarolarning bu boradagi huquqlari aks ettirilgan. 
V-bo‘lim. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari. Bu bo‘limda tibbiyot va farmatsevtika 
faoliyati bilan xususiy tibbiy amaliyot bilan shug‘ullanish huquqi professional tibbiyot va 
farmatsevtika uyushmalari, ularning huquq hamda erkinliklari kafolatlari belgilab qo‘yilgan. 
VI-bo‘lim. YAkunlovchi qoidalar. Ushbu bo‘limda O‘zbekiston Respublikasi 
shifokorining qasamyodi, shifokor siri, sirni oshkor etishga yo‘l qo‘yadigan holatlar, fuqarolar 
sog‘ligiga zarar etkazilgan hollarda zarar o‘rnini qoplash tartibi ifodalangan. 
 
Qonunning bo‘limlari va moddalari mazmuni 
1-modda. Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Fuqarolar sog‘ligini saqlash to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun 
hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida fuqarolarning sog‘ligini saqlash sohasidagi huquqiy 
munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. 
Basharti xalqaro shartnomada fuqarolarning sog‘ligini saqlash to‘g‘risidagi qonun 
hujjatlaridagidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma qoidalari 
qo‘llanadi.

Download 327.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling