«Fuqarolar Sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida» gi qonun tarkibi va mazmuni Ushbu qonun 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan, VI


isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish»


Download 327.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/23
Sana25.10.2023
Hajmi327.35 Kb.
#1720829
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
«Fuqarolar Sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida» gi qonun 1

isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish» (uchinchi boskich) to‘g‘risidagi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni chiqarildi. Ushbu farmonga binoan quyidagilar 


sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirishning asosiy vazifalari etib 
belgilandi: 
- yagona tashkiliy-uslubiy rahbarlikni hamda aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati 
ustidan nazoratni ta’minlaydigan sog‘liqni saqlashning zamonaviy tashkiliy tuzilmasini 
shakllantirish; 
- zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlangan, yuqori malakali kadrlar 
salohiyati bilan ta’minlangan hamda aholiga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam 
ko‘rsatadigan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog‘ini yanada 
rivojlantirish va shunday yangi markazlar tashkil qilish; 
- tibbiy diagnostika tizimini tubdan taqsimlashtirish, Respublika hududida zamonaviy, xalqaro 
standartlarga mos bo‘lgan uskunalar bilan jihozlangan hamda yuqori malakali mutaxassislar 
bilan ta’minlangan diagnostika xizmatlari tarmog‘ini keng rivojlantirish; 
- aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish, OIV\OITS kasalligining oldini olish 
tizimi samaradorligi va ishonchliligini, avvalo zararlanish manbalarini profilaktika qilish va 
tugatishga qaratilgan chora-tadbirlar hisobini oshirish; 
- ayollar va bolalar sog‘ligini saqlash, bo‘lg‘usi onalar sog‘ligi holati ustidan nazorat qilish tizimi 
sifatini tubdan oshirishning – markazlar, pediatriya va tug‘ruq muassasalarning moddiy-texnika 
bazasini, ayniqsa, qishloq joylarda yanada rivojlantirish va mustahkamlash; 
- tibbiyot muassasalarining umumamaliyot shifokorlari va tor ixtisoslashgan shifokorlarga 
nisbatan talab – ehtiyojlarni qondirishni hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash va qayta 
tayyorlash tizimini takomillashtirish, tibbiyot xodimlarining malakasi va kasb mahoratini 
muttasil oshirib borish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash; 
- zamonaviy diagnostika va davolash uskunalariga, yuqori malakali tibbiyot xodimlariga ega 
bo‘lgan hamda aholiga davolash jarayonining tasdiqlangan standartlariga muvofiq ravishda 
sifatli, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatadigan xususiy tibbiyot muassasalarini 
rivojlantirishga ko‘maklashish.

Download 327.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling