«Fuqarolar Sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida» gi qonun tarkibi va mazmuni Ushbu qonun 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan, VI
yil 26 fevraldagi «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada
Download 327.35 Kb. Pdf ko'rish
|
«Fuqarolar Sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida» gi qonun 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2007 yil 19 sentyabrda «Sog‘liqni saqlash tizimini
2003 yil 26 fevraldagi «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada
chuqurlashtirish to‘g‘risida»gi (ikkinchi boskich) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan, sog‘liqni saqlash tizimini reformalashtirishning 2 – bosqichi boshlandi, mamlakatda bosqichma-bosqich rivojlanuvchi, aholiga yuqori malakali tibbiy xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuqori texnologiyali maxsuslashtirilgan tibbiy markazlar yaratildi. Masalan, hozirgi vaqtda 4 ta maxsuslashtirilgan Respublika tibbiy markazlari mavjud: jarrohlik, kardiologiya, urologiya va ko‘z mikroxirurgiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston hukumati sog‘liqni saqlash tizimini yangicha formasini yaratishda quyidagi bosqich va yondashuvlarga amal qildi: 1. Birlamchi tibbiy yordam chegaralanmagan, sifatli, hattoki bozor iqtisodiyoti sharoitida bo‘lsa ham bepul bo‘lishi kerakligiga, ya’ni sog‘liqni saqlash aholining barcha qatlamlarida bir xil bo‘lishni ta’minlash. Avvalgi sog‘liqni saqlash tizimida mavjud bo‘lgan sharoitlar, ya’ni qishloq sharoitida kishilarga birlamchi tibbiy yordamni feldsher tomonidan ko‘rsatilib, qishloq aholisini diskriminatsiyaga olib kelgan. SHuning uchun sog‘liqni saqlashning yangi tizimida tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini asosan qishloq sharoitida oshirishga qaratilmokda. Buni qishloq sharoitida qurilayotgan qishloq vrachlik punktlari (QVP) misolida isbotlash mumkin. Unda tibbiy yordamni oliy tibbiy bilimga ega bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar ko‘rsatadi. 2. Ixtisoslashgan birlamchi tibbiy yordamga ajratilgan vositalar patsientlarni individual xususiyatlarini e’tiborga olgan holda, ularni tizimli va kompleks ravishda kuzatib borish uchun juda ko‘p sarflanar edi. SHuning uchun birlamchi sog‘liqni saqlash tizimini yanada yaxshilash uchun birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatuvchi, tibbiy yordamning iqtisodiy va sifatli tomonlarini e’tiborga olgan holda patsientlarga integral sharoit yaratuvchi, umumiy amaliyot shifokorlari (UASH) tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. 3. Mamlakatning hamma joylarda shoshilinch tibbiy yordam bepul bo‘lishi kerak. Bu maqsadlar uchun mamlakatimizda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasalar yaxshi ta’minlangan. Respublika bo‘limlaridan tortib viloyat, tuman bo‘limlarigacha maxsus muassasa turlari tashkil qilingan. 4. Sog‘liqni saqlash tizimi byudjetini moliyalashtirishda optimal tibbiy yordamni tashkil qilish uchun aholining soniga qarab amalga oshiriladi, ya’ni har bir odam boshiga ko‘ra. Buning uchun asosiy sarf-harajatlarni statsionar davolash muassasalariga emas, balki profilaktik chora- tadbirlarga va ambulator davolash muassasalariga yo‘naltirish yo‘lga qo‘yildi. 5. Birlamchi sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi zvenosi bilan bir qatorda sifatli shoshilinch tez tibbiy yordam ixtisoslashgan klinikalarda bajarilsa, tibbiy yordamni tashkillashtirish o‘z o‘rniga tushib ketadi. Bu esa o‘z navbatida yuqori texnologiyali tibbiy uskunalar va yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlangan tor kasalliklarni davolovchi maxsuslashgan klinikalarni tashkil qilishni talab etadi. O‘zbekiston hukumatining e’tibori tufayli davlat dasturlari muddat bo‘yicha bajarilishi belgilangan hamma maqsadlarga erishildi. Aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatadigan keng muassasa turi tashkil etildi. Eng asosiysi, umumiy amaliyot shifokori prinsipi asosida ish yuritayotgan QVP bejizdan tashkil qilinmadi, chunki bugunga qadar aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi butunligi hech bir MDH davlatlarida tashkil qilinmagan edi. Sog‘liqni saqlashni rivojlanishidagi yangi yo‘nalishlardan biri - bu xalqaro standartlarga javob beruvchi zamonaviy klinika va markazlarning tashkil etilishidir. SHuning hisobiga ona va bola salomatligi sharoitlari yaxshilandi: - chaqaloqlar o‘limi keskin kamaydi; - ko‘krak yoshidagi chaqaloqlarni, ya’ni 6 oylikkacha bo‘lgan chaqaloqlarni, ona suti bilan oziqlantirish 94-96% ga oshdi; - onalar o‘limi ikki baravar kamaydi, tug‘ruq intervali esa 2 yilgacha uzaydi; - sog‘lom turmush tarzini yaratish yaxshi tashkil etildi; - mamlakatda sanitar epidemiologik stabillik o‘rnatildi; - maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga 98% gacha profilaktik emlashlar o‘tkazildi, poliomielit va difteriya ro‘yxatdan o‘tkazilmadi, virusli gepatit bilan kasallanish kamaydi. Natijada davlat bilan parallel ravishda rivojlanuvchi sog‘liqni saqlashning xususiy sektori tashkil etildi. Bu sektor sog‘liqni saqlash tizimida nafaqat byudjet etishmovchiligi, balki aholining tibbiy muassasani va tibbiy xizmat turlarini tanlashiga imkoniyat yaratib berish, hattoki ularning sifatli tibbiy yordam olishini tashkillashtirish bilan ham shug‘ullanadi. Sog‘liqni saqlashni reformalashtirishning davlat dasturi tugadi. Endi uning nafaqat erishgan yutuqlarini, balki yaqin kelajakda tug‘iladigan muammolarini ham hal etish ko‘zda tutildi. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish rejalashtirildi. SHu holatni inobatga olgan holda, 2007 yil 19 sentyabrda «Sog‘liqni saqlash tizimini Download 327.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling