47-modda. Sog‘liqni saqlash sohasida fuqarolar huquq va erkinliklarini kamsituvchi davlat
organlari hamda mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan fuqarolarning shikoyat
qilish huquqi.
Davlat organlari va mansabdor shaxslarning ushbu Qonunda belgilangan fuqarolar huquq
va erkinliklarini kamsituvchi xatti-harakatlari ustidan yuqori davlat organlariga yoki sudga
shikoyat qilish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturlari, uning
asosiy bosqichlari, maqsadi va vazifalari
Sobiq sog‘liqni saqlash tizimida qishloq uchastka shifoxonalari (QUSH), vrachlik
ambulatoriyalari va feldsherlik-akusherlik punktlari (FAP)da ishlovchi tibbiyot xodimlari
(asosan o‘rta ma’lumotli tibbiy xodimlar) aholiga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish, surunkali
somatik va yuqumli kasalliklarni aniqlash, sanitariya-propaganda va sanitariya nazorati kabi
vazifalarni bajarishgan. Statsionarlarda bemorlarga, nafaqat kerakli bo‘lgan tibbiy yordamni
ko‘rsatish, balki ularning davolanishi davrida davolash-muhofazasi va maishiy xizmat
(oziqlanish, davolanish, gigienik muolajalar) ham bajarilar edi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘sha davrda faoliyat
ko‘rsatayotgan sog‘liqni saqlash tizimi mamlakatning bozor tizimiga o‘tish davrida quyidagi
iqtisodiy sabablarga ko‘ra davr talabiga umuman tayyor emasligi ma’lum bo‘ldi.
Birinchidan, Sog‘liqni saqlash tizimi to‘laligicha davlat moliya byudjetiga bog‘liq edi,
bu esa O‘zbekistonning o‘tgan asrning 80-yilning oxiri, 90-yilning o‘rtalarida iqtisodiy inqirozga
sabab bo‘lgan. Sog‘liqni saqlash tizimining rivoji va o‘zini-o‘zi ta’minlashi uchun hech qanday
legal moliya byudjeti mavjud emas edi.
Ikkinchidan, tizimga ajratilgan byudjetdagi mablag‘lar sarflanishi nazorat qilinmagan.
Ajratilgan mablag‘lar sog‘liqni saqlash tizimi rivojlanishiga qaratilgan, mavqei yo‘lida
sarflanishni o‘rniga, boshqa maqsadlar uchun behuda sarflanib ketardi. Asosiy e’tibor profilaktik
va ambulator davo choralariga yo‘naltirilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |