Harbiy-tibbiy ekspertizaning xulosalari mansabdor shaxslar ijro etishi uchun majburiydir.
Harbiy-tibbiy ekspertizani o‘tkazgan muassasaning xulosasi ustidan fuqaroning o‘zi yoki uning
qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.
39-modda. Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalari.
Sud-tibbiyot ekspertizasi davlat sog‘liqni saqlash tizimining
tibbiy muassasalarida
ekspert tomonidan, uning yo‘qligida esa — ekspertiza o‘tkazishga
jalb etilgan shifokor
tomonidan surishtiruv o‘tkazayotgan shaxs, tergovchi, prokurorning
qarori yoki sudning ajrimi
asosida o‘tkaziladi.
Sud-psixiatriya ekspertizasi davlat sog‘liqni saqlash tizimining shu maqsadga
mo‘ljallangan muassasalarida o‘tkaziladi.
Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalarini tashkil etish va o‘tkazish
tartibi qonun
hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.
Sud-tibbiyot va sud-psixiatriya ekspertizalarini o‘tkazgan muassasalarning xulosalari
ustidan fuqaroning o‘zi yoki uning qonuniy vakili sudga shikoyat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: