sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirishning asosiy vazifalari etib
belgilandi:
- yagona tashkiliy-uslubiy rahbarlikni hamda aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar sifati
ustidan nazoratni ta’minlaydigan sog‘liqni saqlashning zamonaviy
tashkiliy tuzilmasini
shakllantirish;
- zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlangan, yuqori malakali kadrlar
salohiyati bilan ta’minlangan hamda aholiga ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam
ko‘rsatadigan Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarmog‘ini yanada
rivojlantirish va shunday yangi markazlar tashkil qilish;
- tibbiy diagnostika tizimini
tubdan taqsimlashtirish, Respublika hududida zamonaviy, xalqaro
standartlarga mos bo‘lgan uskunalar bilan jihozlangan hamda yuqori
malakali mutaxassislar
bilan ta’minlangan diagnostika xizmatlari tarmog‘ini keng rivojlantirish;
- aholini virusli va yuqumli kasalliklardan himoya qilish, OIV\OITS kasalligining oldini olish
tizimi samaradorligi
va ishonchliligini, avvalo zararlanish manbalarini profilaktika qilish va
tugatishga qaratilgan chora-tadbirlar hisobini oshirish;
- ayollar va bolalar sog‘ligini saqlash, bo‘lg‘usi onalar sog‘ligi holati ustidan nazorat qilish tizimi
sifatini tubdan oshirishning – markazlar, pediatriya va tug‘ruq muassasalarning
moddiy-texnika
bazasini, ayniqsa, qishloq joylarda yanada rivojlantirish va mustahkamlash;
- tibbiyot muassasalarining umumamaliyot shifokorlari va tor ixtisoslashgan shifokorlarga
nisbatan talab – ehtiyojlarni qondirishni hisobga olgan holda kadrlarni tayyorlash va qayta
tayyorlash
tizimini takomillashtirish, tibbiyot xodimlarining malakasi va kasb mahoratini
muttasil oshirib borish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash;
- zamonaviy diagnostika va davolash uskunalariga, yuqori malakali
tibbiyot xodimlariga ega
bo‘lgan hamda aholiga davolash jarayonining tasdiqlangan standartlariga muvofiq ravishda
sifatli, ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatadigan xususiy tibbiyot muassasalarini
rivojlantirishga ko‘maklashish.