«Fuqarolar Sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida» gi qonun tarkibi va mazmuni Ushbu qonun 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan, VI
Download 327.35 Kb. Pdf ko'rish
|
«Fuqarolar Sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida» gi qonun 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchidan
- Beshinchidan
Uchinchidan, ushbu tizimda birlamchi sog‘liqni saqlash holati mavjud bo‘lgan, asosan
qishloq sharoitiga qaratilgan. Bunda aholiga tibbiy yordamni vrachlar emas (juda kam holatlarda shifokorlar yordam ko‘rsatishgan), balki qishloq feldsherlik-akusherlik punktdagi (FAP), ishlovchi feldsherlar ko‘rsatishgan. Qishloq sharoitida ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifati shaharnikidan ancha past bo‘lgan. To‘rtinchidan, ona va bolaga yordam ko‘rsatish tizimi, tug‘ilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan holda sog‘lom bola tug‘ilishiga qaratilgan chora-tadbirlar umuman o‘tkazilmasdan, balki tug‘ruk jarayoniga va mavjud bo‘lgan kasalliklarni davolashga qaratilgan edi. Natijada ko‘p sonli tug‘ruqlar jarayonida fertil yoshidagi ayollarning sog‘ligi yomon bo‘lgan, onalar o‘limi – ittifoq, miqyosida eng yuqori ko‘rsatkichni egallagan. Tez-tez va qisqa muddat oralig‘idagi tug‘ruqlar tufayli kuchsiz, chala va jismoniy etilmagan bolalar tug‘ilgan. Natijada bolalar o‘limining koeffitsienti oshgan, keyinchalik esa bolalar, o‘smirlar hamda katta yoshli bolalarning kasallanish ko‘rsatkichlari oshib borgan. Beshinchidan, sog‘liqni saqlash tizimida asosiy e’tibor faqat davolashga qaratilgan edi, profilaktika va sog‘lom turmush tarzi holatiga e’tibor yo‘q edi. Aholi o‘rtasida o‘zining sog‘ligi xaqida qayg‘urish madaniyati tushuntirilmas edi. Dori-darmonlar juda arzon va keng qamrovli bo‘lgan hamda ko‘p iste’mol qilinar edi. Bu ketishda sog‘liqni saqlash tizimi zamonning o‘zgarishlariga javob bermas edi va aholiga munosib sog‘lom turmush tarzini yaratishga qurbi yo‘q edi. Ana shu sabablaraga ko‘ra 1998 yil 10 noyabrdagi «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi» to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezident Farmoni asosida sog‘liqni saqlash tizimini batamom isloh qilish zaruriyati vujudga keldi (Birinchi boskich). So‘nggi o‘n yil ichida sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga qaratilgan Davlat dasturlari qishloq infrastrukturalarini rivojlantirishga qaratildi, «Ona va bola yili», «Sog‘lom avlod yili», «Salomatlik yili», «Homiylar va shifokorlar yili», «Ijtimoiy himoya yili», «Barkamol avlod yili» dasturlari bo‘yicha qabul qilgan va amalga oshirilgan e’tiborga molik ishlar buning dalili hisoblanadi. Birinchi boskichda Sog‘liqni Saqlash tizimini isloxlashtirishni asosiy yo‘nalishlari quyidagilar deb belgilandi: - sog‘lom bola tug‘ilishi va sog‘lom avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan, onalik va bolalik masalalariga yangi konseptual va amaliy yondashuv. Reformaning bu yo‘nalishidagi maqsadi nafaqat ona va bola o‘limini qisqa muddat ichida kamaytirishga, balki ma’lum darajada yuqori sifatli sog‘lom avlodni va sog‘lom turmush tarzini uzoq muddatgacha yaratishga qaratilgandir. Bu insoniyat rivojlanishidagi eng to‘g‘ri yondashuv hisoblanadi; - sog‘liqni saqlash tizimini tuzishda, uning infrastrukturasini rivojlantirishda mutloq yangi yondashuvlardir. Reformaning asosiy maqsadi – birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatishni shahar va qishloq sharoitlarida tenglashtirishga qaratilgandir; - eski stereotiplardan voz kechish va sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish tizimini o‘zgartirish, moliyalashtirish manbalarini imkon darajada kengaytirish, ya’ni sog‘liqni saqlashda pullik va xususiy xizmatlarni tashkillashtirish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifatini oshirish; - birlamchi zvenoda byudjet mablag‘larini konsentratsiyalash, moliyalashtirish tizimini optimizatsiyalash, qimmatbaho koyka fondlardan kamroq foydalanib, ambulator poliklinik tarzda davolash va profilaktik chora-tadbirlarni qo‘llashga imkon yaratish; - hamma ma’muriy territorial sohalarda aholiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning prinsipi jihatidan yangi tizimini yaratish; - sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish sharoitlarini oshirish, zvenolarni qisqartirish; - sog‘liqni saqlashning normativ huquq bazasini oshirish va yaxshilash. Download 327.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling