Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»


Download 145.65 Kb.
bet14/18
Sana20.12.2022
Hajmi145.65 Kb.
#1036408
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
комиссия низоми лотин

Oldingi tahrirga qarang.
tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) bilan kelishishni talab qiladigan boshqa masalalarni ko‘rib chiqadi;
(14-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
Universitet faoliyati to‘g‘risida yilning har choragida fuqarolar yig‘ini majlisiga (fuqarolar vakillari yig‘ilishiga) hisobot beradi.
15. Universitet rahbarining o‘rinbosari va a’zolarining vakolatlari ushbu Namunaviy nizomda nazarda tutilgan Universitetning maqsadi va asosiy vazifalari, huquq va majburiyatlaridan kelib chiqib Universitet rahbari tomonidan belgilanadi.
Universitet rahbari uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan hollarda Universitet rahbari o‘rinbosari uning vazifasini bajaradi.
16. Universitet o‘z a’zolari tomonidan oilaviy munosabatlarda har xil muammolarga duch kelayotgan ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarning shakllantirilgan ro‘yxatini o‘rganadi va muammolarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Mahalla hududidagi ota-onalar, yoshlar va boshqa shaxslarga oilalarda sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va farzand tarbiyasiga oid masalalarda yuzaga kelgan qiyin vaziyatlardan chiqish hamda ularning huquqiy, ma’naviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishda amaliy yordam ko‘rsatish tadbirlari Universitet rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
18. Ro‘yxatdagi oila yoki shaxs bilan individual yoki guruhlarda ish olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘zda tutilishi mumkin.
19. Chora-tadbirlar o‘z ichiga oiladagi vaziyatni va yuzaga kelgan muammolarni baholash, oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, mustahkamlash va barqarorligini ta’minlash, ota-onalarning farzand tarbiyasidagi huquqiy, ma’naviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy bilimlarini oshirishga qaratiladi.
Shuningdek, tadbirlar tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari va targ‘ibot ishlaridan ham iborat bo‘lishi mumkin.
20. Ushbu Namunaviy nizomga 1-ilovada keltirilgan namunaviy shaklga muvofiq oila yoki shaxs bilan individual ish olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida:
oila yoki shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (murojaat qilgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, oila tarkibi, voyaga yetmagan shaxslar soni va boshqa ma’lumotlar);
qiyin vaziyat yuzaga kelganlik sababi (muammo);
muammo yechimini topish bo‘yicha qilinadigan ishlar (ishlar nomi va muddati ko‘rsatilgan holda);
muammo yechimiga nimalar to‘sqinlik qilishi, to‘siqlarni bartaraf etish choralari (boshqa idora va tashkilotlarni jalb qilish ehtiyoji mavjudligi) ko‘rsatiladi.
21. Universitet tomonidan rejalashtiriladigan tadbirlar va mashg‘ulotlar unda ishtirok etuvchilarning yoshi, jinsi, ma’lumotini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Guruhlarda o‘tkaziladigan tadbirlar va universitet mashg‘ulotlarining joyi, vaqti va tashkil etish tartibi uning ishtirokchilarining bo‘sh vaqtini hisobga olgan holda Universitet yig‘ilishi tomonidan belgilanadi.
22. Guruhlarda o‘tkaziladigan Universitet mashg‘ulotlari quyidagi yo‘nalishlarda olib borilishi mumkin:
oila huquqi;
oila ma’naviyati;
oila boshqaruvi;
oila iqtisodiyoti;
oila psixologiyasi;
oilaning tibbiy madaniyati;
oilada sog‘lom turmush tarzi.
23. Universitet mashg‘ulotlarining mavzulari hududning o‘ziga xos xususiyatlaridan va mavjud muammolardan, shu jumladan aholi bilan muloqot qilish jarayonida aniqlangan masalalardan kelib chiqib belgilanadi.
24. Oila yoki shaxs bilan individual ish olib borish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasida ko‘zda tutilgan ishlar yakuni bo‘yicha Universitet ishtirokchilari o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkaziladi, oila yoki shaxs qiyin vaziyatdan olib chiqilganligi to‘g‘risidagi xulosa shakllantiriladi va ushbu xulosa asosida qiyin vaziyatdan olib chiqilgan oila yoki shaxsni ro‘yxatdan chiqarish amalga oshiriladi.
25. Oy, chorak, yarim yillik va yil yakuni bo‘yicha natijalar tahlil etiladi va qiyin vaziyatdan olib chiqilgan oila yoki shaxslarning ro‘yxatdan chiqarilgan soni Universitet faoliyatining samaradorligini aniqlovchi omil sifatida belgilanadi.
26. Universitet tomonidan qiyin vaziyatdan olib chiqilgan oila yoki shaxslar o‘rtasida o‘tkaziladigan namunaviy so‘rovnomaning shakli Universitet rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Universitetning targ‘ibot tadbirlari uning a’zolari tomonidan mahalla hududida yashovchi aholi o‘rtasida Universitetning maqsad va vazifalari yuzasidan muntazam tushuntirish ishlarini olib borish va respublika hamda mahalliy ommaviy axborot vositalarida materiallar e’lon qilish orqali amalga oshiriladi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
28. «Oila va xotin-qizlar» ilmiy-tadqiqot instituti, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi, shuningdek davlat va nodavlat notijorat tashkilotlar Universitet faoliyatini samarali tashkil etishga metodik va amaliy jihatdan ko‘maklashadilar.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)

Download 145.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling