Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»


-§. Guruh tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish


Download 145.65 Kb.
bet18/18
Sana20.12.2022
Hajmi145.65 Kb.
#1036408
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
комиссия низоми лотин

2-§. Guruh tarkibini shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
53. Guruh tarkibi fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) tomonidan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovi o‘tkazilganidan keyin bir oy ichida 8 — 12 nafar a’zodan iborat tarkibda besh yil muddatga saylanadi.
Guruh tarkibiga ijtimoiy faol, mahallada obro‘-e’tiborli, boshqalarga ibrat bo‘ladigan keksa avlod vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning nafaqadagi xodimlari kiritiladi.
Guruhga rahbarlik fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tomonidan amalga oshiriladi.
Guruh tarkibiga nomzodga fuqarolar yig‘ini majlisida (fuqarolar vakillari yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, u saylangan hisoblanadi.
Guruh a’zosi muddatidan avval Guruh tarkibidan chiqsa, Guruhning yangi a’zosi bir oy muddat ichida fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) tomonidan saylanadi.
54. Guruh rahbari:
Guruh faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalarning Guruh a’zolari tomonidan bajarilishini ta’minlaydi;
majlislarni chaqiradi va o‘tkazadi;
fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillari yig‘ilishi), fuqarolar yig‘ini kengashi majlislarida uning nomidan vakil bo‘ladi;
Guruh nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi.
55. Guruh o‘zining birinchi tashkiliy yig‘ilishida a’zolar ichidan Guruh rahbarining o‘rinbosarini va Guruh kotibini saylaydi.
Guruh rahbari o‘rinbosarining vazifalari Guruh rahbari tomonidan fuqarolar yig‘ini kengashi bilan kelishgan holda belgilanadi.
Guruh rahbari uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan hollarda rahbar o‘rinbosari uning vazifasini bajaradi.
56. Vazifalar taqsimoti hamda unga asosan tuzilgan Guruhning yillik, choraklik ish rejalari Guruh yig‘ilishida muhokama etiladi va fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Guruh ish rejasi ijrosi yuzasidan Guruh a’zolarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari har oyda Guruh yig‘ilishlarida eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilib boriladi.
Guruh yig‘ilishi, agar uning ishida a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan bo‘lsa, vakolatli hamda a’zolarning yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi.
57. Guruh kotibi yig‘ilishlarning bayonnomasini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
58. Guruh o‘z faoliyati yuzasidan har oyda fuqarolar yig‘ini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga hisobot berib boradi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
59. Fuqarolar yig‘inidagi jamoatchilik tuzilmalarining tugatish va faoliyatini qayta tashkil etish tegishli fuqarolar yig‘ini birlashtirilganda, bo‘linganda, tugatilganda va chegaralari o‘zgartirilganda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
60. Ushbu Namunaviy nizom talablarini buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Download 145.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling