Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»


Download 145.65 Kb.
bet1/18
Sana20.12.2022
Hajmi145.65 Kb.
#1036408
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
комиссия низоми лотин


O‘zbekiston Respublikasi Shoyimbek maxalla fuqarolar yig‘ini
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil vakillar yig‘ilishining 2022 yil “21”
18 iyundagi 380-son qarori bilan yanvardagi 01/01-03/4-sonli qaroriga
tasdiqlangan. 2-ilova.
Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq fuqarolar yig‘ini huzuridagi komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — komissiyalar) faoliyatini tartibga soladi.
2. Komissiyalar o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomga, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) va uning kengashi qarorlariga hamda ushbu Namunaviy nizomga muvofiq jamoatchilik asosida amalga oshiradi.
3. Fuqarolar yig‘ini huzurida quyidagi komissiyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi:
fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi;
fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyasi;
fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyasi;
fuqarolar yig‘inining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyasi;
fuqarolar yig‘ini huzuridagi taftish komissiyasi.
2-bob. Fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi faoliyatini tashkil etish
1-§. Fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
4. Quyidagilar fuqarolar yig‘inining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi) asosiy vazifalari hisoblanadi:
hududda milliy, umuminsoniy va oilaviy qadriyatlarni keng targ‘ib etish;
oilalarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirishda ishtirok etish, oilalarni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
aholi o‘rtasida oilaviy nizolar, yoshlar tarbiyasiga e’tiborsizlik holatlari, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning turli yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolishi, ichkilikbozlik hamda giyohvandlik illatlariga berilishi, huquqbuzarliklarning sodir etilishi — oilalar barbod bo‘lishining asosiy sabablaridan biri ekanligi haqida tushuntirish ishlarini olib borish;
yigit va qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashish, oilaning muqaddasligi va oilaviy munosabatlar buzilishining oldini olish bo‘yicha manzilli targ‘ibot ishlarini tashkil etish;
sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan nikohdan ajrashishga ariza bilan murojaat qilgan er-xotinlarni yarashtirish uchun tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha xabar olingandan so‘ng yarashish uchun belgilangan muddat tugashidan o‘n kun avval ularni yarashtirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida tegishli ravishda sud yoki fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organini xabardor qilish;
hududda osoyishtalikning buzilishiga sababchi bo‘layotgan oilalarning turmush tarzi va muhitini o‘rganib, tinchlik va totuvlikka salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga barham berish bo‘yicha chora — tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
namunali oilalar, ularning farzand tarbiyasi borasidagi tajribalarini hamda oila a’zolari o‘rtasidagi ibratli munosabatlarni ommalashtirish;
o‘sib kelayotgan yosh qizlar o‘rtasida milliy, umuminsoniy va oilaviy qadriyatlarga hurmat ruhida bo‘lish hamda bilim va odob qoidalarini, ma’naviy-ma’rifiy fazilatlarni keng targ‘ib etish;
aholi o‘rtasida to‘ylar va boshqa marosimlarni ixcham, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyatlar va ibratli an’analarni hisobga olgan holda o‘tkazish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish va bu boradagi ijobiy tajribalarni ommalashtirish.
5. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi o‘z vazifalarini amalga oshirishda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududdagi korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar, fuqarolar yig‘ini kengashi a’zolari, fuqarolar yig‘ini xodimlari, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalar, shuningdek, fuqarolar yig‘ini faoliyatiga ko‘maklashuvchi jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi.
6. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda olish to‘g‘risida, zarur hollarda ma’lumotlarni joyiga borib o‘rganish haqida fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish;
faoliyat yo‘nalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarini fuqarolar yig‘ini kengashida ko‘rib chiqish uchun taqdim etish;
mahalla va oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni o‘rganish va ulardagi holat to‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish uchun farzandlari o‘qiyotgan ta’lim muassasalaridan zarur ma’lumotlarni axborot xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda olish;
mahalla va oilalardagi tinchlik va osoyishtalik, hamjihatlikka salbiy ta’sir etuvchi omillarni hamda bunga sababchi bo‘lgan shaxslarni aniqlash, salbiy holatlarning sabablari va oqibatlarini bartaraf etish haqida fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish;
nizolashayotgan er-xotin va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi mol-mulk, merosning bo‘linishida o‘z vakolati doirasida ishtirok etish;
nikohdan ajralish holati qayd etilgan oilalarda bolalarning ota-onasining qaysi biri bilan yashashi, bolalarning farzandlikka olinishi yoki maxsus muassasalarga, shu jumladan «Mehribonlik» va «Muruvvat» uylariga joylashtirilishi masalasining belgilangan tartibda hal qilinishida o‘z fikrini bildirish;
o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida zarur axborot va tushuntirishlar olish uchun o‘z majlislariga davlat organlarining mas’ul xodimlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillarini, mutaxassislarni va boshqa shaxslarni taklif etish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish;
to‘ylar va boshqa marosimlarni ixcham, keng aholi manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz va ibratli an’analarimizni hisobga olgan holda o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berish;
ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalarni bajarishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, yosh oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga takliflar kiritish.
7. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
o‘z faoliyatida qonunchilik hujjatlariga va mazkur Namunaviy nizom talablariga qat’iy rioya qilish;
fuqarolar yig‘ini faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) va fuqarolar yig‘ini kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etish;
oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha targ‘ibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish;
oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirishni, erta nikoh va ajralishlar kabi salbiy holatlarning barvaqt oldini olishni ta’minlash;
o‘z faoliyatida fuqarolar qadr-qimmatining kamsitilishi, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish to‘g‘risida fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish;
Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi a’zolariga ayon bo‘lgan shaxsiy hayotga oid ma’lumotlarni o‘zgalarga oshkor qilmaslik.
8. Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyasi raisi va uning a’zolari:
oilalar bilan ishlashda har bir oiladagi muhitni inobatga olgan va zamonaviy samarali uslublarni qo‘llagan holda individual yondashish;
o‘z faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomala va xolis bo‘lishlari;
o‘z bilimlarini, ayniqsa, inson huquq va erkinliklari hamda oila sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirib borishlari zarur.

Download 145.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling