Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»


-bob. Fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasi faoliyatini tashkil etish


Download 145.65 Kb.
bet9/18
Sana20.12.2022
Hajmi145.65 Kb.
#1036408
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
комиссия низоми лотин

6-bob. Fuqarolar yig‘inining taftish komissiyasi faoliyatini tashkil etish
1-§. Fuqarolar yig‘ini taftish komissiyasining huquqiy maqomi, asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari
46. Taftish komissiyasi o‘z faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradi hamda fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) tomonidan moliyaviy-xo‘jalik faoliyati sohasida yetarli bilim va tajribaga ega bo‘lgan fuqarolar yig‘ini a’zolari orasidan kamida uch nafar tarkibda yashirin yoki ochiq ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.
47. Taftish komissiyasining maqsadi fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishdan iborat.
48. Taftish komissiyasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomga, fuqarolar yig‘ini majlisining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) qarorlariga hamda ushbu Namunaviy nizomga muvofiq amalga oshiradi.
49. Taftish komissiyasi o‘z tekshirishlarini fuqarolar yig‘ini majlisining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) qaroriga muvofiq amalga oshiradi.
Taftish komissiyasi rejadan tashqari tekshirishlarni fuqarolar yig‘ini a’zolarining kamida uchdan bir qismining so‘roviga binoan o‘tkazadi.
50. Taftish komissiyasi o‘z faoliyatida mustaqildir va faqat fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga hisobdordir.
51. Quyidagilar Taftish komissiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
fuqarolar yig‘ini organlari tomonidan fuqarolar yig‘ini mol-mulkini saqlash va undan foydalanish, jumladan pul mablag‘larining maqsadli va manzilli sarflanishi holatini tekshirish;
fuqarolar yig‘ini organlari tomonidan hisob-kitob hujjatlarining qonunchilik hujjatlariga muvofiq yuritilishini tekshirish;
fuqarolar yig‘ini tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotganligini tekshirish, uning natijalarini tahlil qilish hamda fuqarolar yig‘iniga taklif va xulosalar kiritish;
jalb etilgan homiylik xayriya mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyatida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun fuqarolar yig‘ini majlisiga kiritish.
52. Taftish komissiyasi fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyatini bir yillik yoki boshqa davrdagi faoliyati yakunlari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini majlisining (fuqarolar vakillari yig‘ilishining) qaroriga muvofiq tekshiradi.
Fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish fuqarolar yig‘ini raisining (oqsoqolining) vakolat muddati yakuni bo‘yicha majburiy amalga oshiriladi.
53. Taftish komissiyasi o‘z vazifalarini amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
tekshirish o‘tkazish bo‘yicha yillik ish rejalarini tuzish va tasdiqlash uchun fuqarolar yig‘ini majlisiga (fuqarolar vakillari yig‘ilishiga) kiritish;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirish o‘tkazish shakllari va usullarini mustaqil belgilash;
tekshirish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan, shuningdek, fuqarolar yig‘ini tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati sub’ektlari faoliyatiga doir yozma ma’lumotlar olish;
zarur hollarda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda mustaqil auditorlar va mutaxassislar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
moliya-xo‘jalik va hisob-kitob hujjatlarini tekshirish, zarur hollarda xonadonlarga borib ma’lumotlarni solishtirish;
fuqarolar yig‘ini nomidan tuzilgan shartnomalar, amalga oshirilgan bitimlar, kontragentlar bilan hisob-kitoblarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini tekshirish;
moliya-xo‘jalik faoliyatida belgilangan normativ ko‘rsatkichlar va qoidalarga rioya qilinishini tekshirish;
fuqarolar yig‘ini mol-mulkidan foydalanishning holatini o‘rganish;
tekshirish davomida aniqlangan holatlar bo‘yicha moddiy javobgar shaxslardan tushuntirishlar olish;
moliya-xo‘jalik faoliyatida aniqlangan kamchilik va qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ni chaqirish to‘g‘risida taklif kiritish;
fuqarolar yig‘ini kengashi yoki fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) tomonidan qabul qilingan qarorlarning to‘g‘riligini, ularning qonunchilik hujjatlari talablariga va fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) qarorlariga muvofiqligini tekshirish;
soliq inspeksiyasi, statistika organlari va boshqa vakolatli davlat organlari uchun hisobot hujjatlari to‘g‘ri tuzilganligini tekshirish;
fuqarolar yig‘inining moliyaviy hujjatlarini, mol-mulk xatlovi bo‘yicha ma’lumotlarni birlamchi buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan taqqoslash;
yuritilayotgan buxgalteriya hisobining mavjud normativ qoidalarga muvofiqligini tahlil qilish;
moliya-xo‘jalik hisobotini belgilangan tartib asosida yuritish bo‘yicha tavsiyalar berish;
Fuqarolar yig‘ini to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga taklif kiritish.
Taftish komissiyasining talabiga ko‘ra fuqarolar yig‘inining moliya-xo‘jalik faoliyati uchun mas’ul shaxs zarur hujjatlarni taqdim etishi shart.
54. Taftish komissiyasi quyidagi majburiyatlarga ega:
tekshirish o‘tkazishda qonunchilik hujjatlariga va ushbu Namunaviy nizom talablariga qat’iy amal qilish;
o‘tkazilgan tekshirish natijalariga doir xulosalar nusxalarining belgilangan tartibda saqlanishini ta’minlash;
fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga amalga oshirilgan tekshirishlar natijalari yuzasidan yozma hisobotlarni o‘z vaqtida yetkazish;
o‘z vazifalarini bajarish paytida Taftish komissiyasi a’zolariga ma’lum bo‘lgan sir saqlanadigan ma’lumotlarni oshkor qilmaslik.
Tekshirishlarni o‘tkazish paytida Taftish komissiyasi a’zolari tekshirish mavzusiga taalluqli bo‘lgan barcha hujjatlar va materiallarni puxta tekshirishga majbur.
Taftish o‘tkazilayotgan vaqtda hujjatlarning saqlanishini ta’minlash Taftish komissiyasi raisi zimmasida bo‘ladi.

Download 145.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling