Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»
-bob. Fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyasining faoliyatini tashkil etish
Download 145.65 Kb.
|
комиссия низоми лотин
4-bob. Fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyasining faoliyatini tashkil etish
1-§. Fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyasining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari 24. Quyidagilar fuqarolar yig‘inining ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyasi) asosiy vazifalari hisoblanadi: oilalarni o‘rganish, kambag‘al oilalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarni aniqlash va hisobga olish; aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish haqida fuqarolar yig‘iniga va uning kengashiga taklif kiritish; o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga homiylik yordamlari ko‘rsatish, ularga ijtimoiy himoyalash, sog‘lomlashtirish, maishiy shart-sharoitlarini yaxshilash tadbirlarini amalga oshirishda ko‘maklashish; qonunchilik hujjatlarining, shuningdek, fuqarolar yig‘ini qarorlarining ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; fuqarolar yig‘ini a’zolari tomonidan to‘ylar va boshqa marosimlarning tavsiya etilgan me’yorlar asosida o‘tkazilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda qatnashish; «mahalla — sektor — Xalq qabulxonasi — mahalla» hamkorlik tizimi asosida aniqlangan muammolarning mas’ul ijrochilar tomonidan ko‘rib chiqilishi, shuningdek, hal etilganlik holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish sohasidagi qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati haqida aholi o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish. 25. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyasi o‘z vazifalarini amalga oshirishda davlat organlari, ommaviy axborot vositalari, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari, tuman va shahar filiallari, boshqa nodavlat notijorat tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar yig‘ini xodimlari, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalar, shuningdek, fuqarolar yig‘ini faoliyatiga ko‘maklashuvchi jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi. 26. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyasi quyidagi huquqlarga ega: faoliyat yo‘nalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarini fuqarolar yig‘ini kengashida ko‘rib chiqish uchun taqdim etish; kambag‘al oilalar, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ushbu maqsadlarda jismoniy va yuridik shaxslarning ixtiyoriylik asosidagi mablag‘larini jalb etish bo‘yicha fuqarolar yig‘iniga taklif kiritish; kambag‘al oilalar, voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan muhtoj oilalar farzandlarini sog‘lomlashtirish oromgohlarida bepul yozgi dam olish masalalarida va boshqa ijtimoiy tadbirlar o‘tkazish bo‘yicha tegishli tashkilotlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlarga murojaat qilish to‘g‘risida fuqarolar yig‘iniga takliflar kiritish; jamoatchilik nazoratini amalga oshirayotganda tadbirlar o‘tkazish tashabbusi bilan chiqish, ularni tashkil etish, shuningdek, ularda ishtirok etish; jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan axborotni qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat organlaridan so‘rab olish; jamoatchilik nazorati natijalariga ko‘ra takliflar va tavsiyalar tayyorlash hamda ularni tegishli davlat organlariga ko‘rib chiqish uchun yuborish; davlat organlarining qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish; o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida o‘z majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillarini, mutaxassislarni va boshqa shaxslarni jalb qilish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish; ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalarni bajarishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga takliflar kiritish. 27. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyasining majburiyatlari quyidagilardan iborat: o‘z faoliyatida qonunchilik hujjatlariga va mazkur Namunaviy nizom talablariga qat’iy rioya qilish; fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yo‘l qo‘ymaslik; kambag‘al oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lashda qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibga qat’iy rioya etilishini ta’minlash; jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish; jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda qonunda belgilangan, davlat organlarining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan cheklovlarga rioya etish; davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmaslik; davlat organlarining faoliyat ko‘rsatishi, shuningdek, ular mansabdor shaxslarining faoliyati uchun to‘siqlar yaratmaslik; fuqarolar yig‘ini faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) va fuqarolar yig‘ini kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etish; yo‘nalishi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish; qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish to‘g‘risida fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish; Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyasi a’zolariga ayon bo‘lgan shaxsiy hayotga oid ma’lumotlarni o‘zgalarga oshkor qilmaslik. 28. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyasi raisi va uning a’zolari: o‘z faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomala va xolis bo‘lishlari; o‘z bilimlarini, ayniqsa, inson huquq va erkinliklari, ijtimoiy muhofaza hamda jamoatchilik nazorati sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirib borishlari zarur. Download 145.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling