Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»
-bob. Fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyasining faoliyatini tashkil etish
Download 145.65 Kb.
|
комиссия низоми лотин
3-bob. Fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyasining faoliyatini tashkil etish
1-§. Fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyasining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari Oldingi tahrirga qarang. 14. Quyidagilar fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya) asosiy vazifalari hisoblanadi: xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish; mahalla hududida joylashgan korxona, tashkilot va muassasalardagi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar bilan birgalikda mehnat jamoalarida xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ma’naviyatini yuksaltirish maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish; xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va berilayotgan imtiyozlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish; xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish; xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish, tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkaziladigan tadbirlarga xotin-qizlarni manzilli jalb etish; xotin-qizlarning sog‘lig‘ini saqlash, sog‘lom oilani shakllantirish, oilaviy va ayollar sportini rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari bo‘yicha takliflar tayyorlash; xotin-qizlar o‘rtasida salbiy holatlarning (jinoyatchilik, o‘z joniga qasd qilish, fohishabozlik, giyohvandlik, voyaga yetmagan qizlarni erta turmushga berish kabi)ning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini amalga oshirish; milliy, diniy urf-odatlar va marosimlarning tartibli, ixcham va zamonaviy, keng aholi manfaatlarini hisobga olgan holda tashkil etilishida fuqarolar yig‘ini kengashiga ko‘maklashish; shakllantirilgan ro‘yxat asosida qizlarning oilaviy muhiti, ehtiyojlari va qiziqishlari, to‘garaklarga qamrovini o‘rganish, ularning bo‘sh vaqtlarini maqsadli tashkil etishda yoshlar yetakchisiga ko‘maklashish; shaxsiy ko‘nikmalarini rivojlantirish istagini bildirgan o‘smirlik yoshidagi qizlarni «Bibixonim maktablari» mashg‘ulotlariga jalb etish; tarbiyasi og‘ir qizlar bilan komissiya a’zolari, «Ibratli oila», «Mo‘tabar ayol», «Mahalla iftixori» ko‘krak nishonlari sovrindorlari, «Qizlar odobi targ‘ibotchisi» ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini jalb etgan holda yakka tartibda suhbatlar tashkil etish, ularning onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni «Ota-onalar universiteti» mashg‘ulotlariga jalb etish; «Qizlar odobi» targ‘ibotchisi tanlovining tuman (shahar) bosqichlarida faol ayollar ishtirokini ta’minlash; xotin-qizlarning teatrlarga, madaniyat va ma’rifat maskanlariga tashriflarini uyushtirish; xotin-qizlarga nisbatan jismoniy yoki ruhiy zo‘rlik ishlatish ehtimoli mavjud oilalarda profilaktik tushuntirish ishlarini olib borish; tahdid va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar va bolalarning himoyasini ta’minlashga va aybdorlarni javobgarlikka tortishga oid harakatlarni amalga oshirishda ko‘maklashish; jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan, probatsiya xizmati hisobida turgan hamda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan xotin-qizlarni ishga joylashtirishga, ularning hayotda o‘z o‘rinlarini topishida ko‘maklashish; xorijga chiqib ketayotgan va xorijdan kelayotgan xotin-qizlar hisobini olib borish, ularning oilalari ahvolidan xabardor bo‘lib turish, xorijda ishlab kelgan xotin-qizlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va ishga joylashishiga ko‘maklashish. (14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son) 15. Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya o‘z vazifalarini amalga oshirishda xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar, ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalari, fuqarolar yig‘ini xodimlari, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalar, shuningdek, fuqarolar yig‘ini faoliyatiga ko‘maklashuvchi jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi. Oldingi tahrirga qarang. 16. Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya quyidagi huquqlarga ega: faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda olish, zarur hollarda ma’lumotlarni joyiga borib o‘rganish haqida tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi, fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish; faoliyat yo‘nalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarini ko‘rib chiqish uchun tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi, fuqarolar yig‘ini kengashiga taqdim etish; farzand tarbiyasi borasida ibratli bo‘lgan onalarni, ijtimoiy faol xotin-qizlarni, iqtidorli qizlarni rag‘batlantirish, shuningdek, yosh oilalarni moddiy va ma’naviy jihatdan keng qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi, fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga takliflar kiritish; xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari bo‘yicha tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi, fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga takliflar kiritish; ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalarni bajarishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi, fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga takliflar kiritish; o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida o‘z majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillarini, mutaxassislarni va boshqa shaxslarni jalb qilish bo‘yicha tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi, fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish. (16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son) 17. Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyaning majburiyatlari quyidagilardan iborat: o‘z faoliyatida qonunchilik hujjatlariga va mazkur Namunaviy nizom talablariga qat’iy rioya qilish; komissiya faoliyatida fuqarolarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yo‘l qo‘ymaslik; Oldingi tahrirga qarang. fuqarolar yig‘ini faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) va fuqarolar yig‘ini kengashining qarorlarini, shuningdek, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan qabul qilingan hujjatlarni amaliyotga tatbiq etish; (17-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son) yo‘nalishi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish; Oldingi tahrirga qarang. qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish to‘g‘risida tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limi va fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish; (17-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son) komissiya a’zolariga ayon bo‘lgan shaxsiy hayotga oid ma’lumotlarni o‘zgalarga oshkor qilmaslik. 18. Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya raisi va uning a’zolari: o‘z faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomala va xolis bo‘lishlari; o‘z bilimlarini, ayniqsa, inson huquq va erkinliklari hamda oila sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirib borishlari zarur. Download 145.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling