Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»
-§. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
Download 145.65 Kb.
|
комиссия низоми лотин
2-§. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
29. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya a’zolari fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) tomonidan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovidan so‘ng bir oy ichida kamida 15 kishidan iborat tarkibda 5 yil muddatga saylanadi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya tarkibiga fuqarolar yig‘ini hududiga biriktirilgan tuman (shahar) Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimi, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari, shuningdek, hayotiy tajribaga, aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan hamda o‘zining tarbiyaviy ta’sirini o‘tkaza oladigan faol fuqarolar kiritiladi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyaga rahbarlik fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tomonidan amalga oshiriladi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya tarkibiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘ini majlisida (fuqarolar vakillari yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya a’zosi muddatidan avval komissiya tarkibidan chiqsa, komissiyaning yangi a’zosi bir oy muddat ichida fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) tomonidan saylanadi. 30. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya raisi: komissiya faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi; ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalarning komissiya a’zolari tomonidan bajarilishini ta’minlaydi; majlislarni chaqiradi va o‘tkazadi; fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillari yig‘ilishi), fuqarolar yig‘ini kengashi majlislarida uning nomidan vakil bo‘ladi; komissiya nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi. Komissiya o‘zining birinchi tashkiliy yig‘ilishida a’zolar ichidan komissiya raisining o‘rinbosarini va komissiya kotibini saylaydi. 31. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyaning yillik, choraklik ish rejalari komissiya yig‘ilishida muhokama etiladi va fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya ish rejasi ijrosi yuzasidan komissiya a’zolarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari har oyda komissiya yig‘ilishlarida eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilib boriladi. 32. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya o‘z faoliyatini olib borishda fuqarolarning murojaatlari, komissiya raisi va a’zolarining takliflari, hududdagi ijtimoiy muammolarning kelib chiqishiga qarab yig‘ilish o‘tkazadi va tegishli qarorlar qabul qiladi. 33. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya yig‘ilishi, agar uning ishida komissiya a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishida ishtirok etayotgan a’zolarning yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi. 34. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiyaning kotibi yig‘ilishlarning bayonini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi. 35. Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va jamoatchilik nazorati bo‘yicha komissiya o‘z faoliyati yuzasidan har oyda fuqarolar yig‘ini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga hisobot berib boradi. Download 145.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling