[
OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00
Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va o‘zga tashkilotlarga murojaat qilishi]
[
TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va majburiyatlari . Ombudsman. Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi]
O‘zbekiston
Respublikasining qonuni
“
FUQAROLARNING MUROJAATLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTIShLAR VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh \
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 140-modda) o‘zgartishlar va qo‘shimchalar
kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 13-dekabr,
446-II-son
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
FUQAROLARNING MUROJAATLARI TO‘G‘RISIDA
(yangi tahriri)
I. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonun fuqarolarning
davlat organlariga, muassasalariga (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi) murojaatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
2-modda. Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
3-modda. Fuqarolarning murojaat etish huquqi
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari davlat organlariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat etish huquqiga ega.
Fuqarolarning murojaat etish huquqidan foydalanishlari
boshqa shaxslarning, jamiyat va davlatning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
Xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi davlat organlariga ushbu Qonunga muvofiq murojaat etish huquqiga ega.
Fuqarolar tomonidan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga murojaat etish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonunda belgilangan tarzda tartibga solinadi.
Fuqarolarning
murojaatlari, agar qonunlarda ularni ko‘rib chiqishning boshqacha tartibi belgilangan bo‘lsa, ushbu Qonunga muvofiq ko‘rib chiqilmaydi.