Fuqarolarning murojaatlari to‘G‘risida”gi o‘zbekiston respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘Shimchalar kiritish \


-modda. Fuqarolarning murojaatlari munosabati bilan ayon bo‘lib qolgan ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmasligi


Download 257.3 Kb.
bet4/8
Sana18.06.2023
Hajmi257.3 Kb.
#1594954
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
446-II 13.12.2002

13-modda. Fuqarolarning murojaatlari munosabati bilan ayon bo‘lib qolgan ma’lumotlarning oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmasligi
Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlar ularning roziligisiz, shuningdek davlat siri yohud qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir hisoblangan ma’lumotlar va, agar fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini kamsitadigan bo‘lsa, boshqa axborotlar davlat organlari xodimlari tomonidan oshkor etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Murojaatga taalluqli bo‘lmagan, fuqaroning shaxsiga doir ma’lumotlarni surishtirib bilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Fuqaroning iltimosiga binoan uning shaxsiga doir biron bir ma’lumot oshkor etilmasligi kerak.
14-modda. Fuqarolarning murojaat etishi munosabati bilan ularning xavfsizligi kafolatlari
Fuqarolarni hamda ularning oila a’zolarini o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish yoki himoya qilish maqsadida davlat organlariga murojaat etganliklari uchun ta’qib qilish man etiladi.
III. FUQAROLARNING ARIZALAR, TAKLIFLAR VA ShIKOYaTLAR BERISh TARTIBI HAMDA ULARNI KO‘RIB ChIQISh
15-modda. Arizalar, takliflar va shikoyatlarni berish tartibi
Fuqarolarning ariza, taklif va shikoyatlari ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish vakolat doirasiga kiradigan davlat organiga bevosita yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga beriladi.
Fuqaro ariza, taklif va shikoyatni shaxsan berishga, shuningdek bu boradagi vakolatni o‘z vakiliga berishga yoki murojaatini aloqa vositalari orqali yuborishga haqli. Voyaga yetmaganlar hamda muomalaga layoqatsiz shaxslar manfaatlarini ko‘zlab ariza, taklif va shikoyat ularning vakillari tomonidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda berilishi mumkin.
Ariza, taklif va shikoyatga ular yuzasidan ilgari qabul qilingan, fuqarodagi mavjud qarorlar (yoki ularning nusxalari), shuningdek ariza, taklif va shikoyatni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar ilova qilinishi mumkin.

Download 257.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling