Fuqarolarning murojaatlari to‘G‘risida”gi o‘zbekiston respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘Shimchalar kiritish \


-modda. Fuqarolarning murojaatlari shakllari


Download 257.3 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi257.3 Kb.
#1594954
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
446-II 13.12.2002

4-modda. Fuqarolarning murojaatlari shakllari
Fuqarolarning murojaatlari og‘zaki yoki yozma shaklda kiritiladi. Fuqarolarning og‘zaki va yozma murojaatlari bir xil ahamiyatga ega.
Fuqarolarning murojaatlari yakka tartibda yoki jamoa tomonidan berilishi mumkin.
5-modda. Fuqarolarning murojaatlari turlari
Fuqarolarning murojaatlari ariza, taklif yoki shikoyat ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
Ariza fuqarolarning o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi iltimosi bayon etilgan murojaatidir.
Taklif fuqarolarning davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarini o‘z ichiga olgan murojaatidir.
Shikoyat fuqarolarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tiklash to‘g‘risidagi talabi bayon etilgan murojaatidir.
6-modda. Fuqarolarning murojaatlariga qo‘yiladigan talablar
Murojaatlarda fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan ariza, taklif yoki shikoyatning mohiyati bayon etilgan bo‘lishi kerak.
Yozma murojaatlarda murojaat etuvchining imzosi bo‘lishi lozim. Murojaatga shaxsiy imzo qo‘yish imkoni bo‘lmagan taqdirda, bu murojaatlar uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi, ismi, otasining ismi ham yozib qo‘yiladi.
Fuqaroning familiyasi (ismi, otasining ismi), yashash joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilmagan yoki u haqda soxta ma’lumotlar ko‘rsatilgan, shuningdek imzo qo‘yilmagan yozma murojaatlar anonim deb hisoblanadi va ko‘rib chiqilmaydi.
7-modda. Fuqarolarning murojaatlari va ommaviy axborot vositalari
Fuqarolarning davlat organlariga gazetalar, jurnallar, televideniye, radio va boshqa ommaviy axborot vositalari tahririyatlari orqali kelib tushgan murojaatlari ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
Fuqarolarning ommaviy axborot vositalariga yo‘llagan murojaatlaridan ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq jamoat fikrini o‘rganish va aks ettirish uchun foydalanilishi mumkin.

Download 257.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling