Fuqarolarning murojaatlari to‘G‘risida”gi o‘zbekiston respublikasi qonuniga o‘zgartishlar va qo‘Shimchalar kiritish \


-modda. Fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqqan davlat organining majburiyatlari


Download 257.3 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi257.3 Kb.
#1594954
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
446-II 13.12.2002

21-modda. Fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqqan davlat organining majburiyatlari
Fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqqan davlat organi unga murojaatni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida va qabul qilingan qarorning mohiyati haqida yozma shaklda xabar qilishi shart.
Ariza yoki shikoyat yuzasidan qaror qabul qilgan davlat organining mansabdor shaxsi, agar fuqaro qarorga rozi bo‘lmasa, unga qabul qilingan qaror ustidan shikoyat berish tartibini tushuntirishi shart.
Fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqqan davlat organi, uning mansabdor shaxsi murojaatni ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan qabul qilingan qaror ijrosini nazorat qilishi, agar fuqaroga uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishi natijasida zarar yoki ma’naviy ziyon yetkazilgan bo‘lsa, qonunda belgilangan tartibda zararning o‘rnini qoplash yoki ma’naviy ziyonni kompensatsiya qilishga doir chora-tadbirlar ko‘rishi ham shart.
22-modda. Fuqarolarning murojaatlari bilan olib boriladigan ish tahlili
Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqayotgan davlat organlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, shuningdek jamiyat va davlat manfaatlari buzilishini yuzaga keltiruvchi sabablarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish maqsadida arizalar, takliflar va shikoyatlarni belgilangan tartibda umumlashtiradilar hamda tahlil etib boradilar.
V. FUQAROLARNING MUROJAATLARI TO‘G‘RISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
23-modda. Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazorat
Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidaga qonun hujjatlari ijrosi ustidan nazoratni davlat hokimiyati va boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida ta’minlaydilar.
24-modda. Mansabdor shaxslarning fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarligi
Fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishni va ko‘rib chiqishni asossiz ravishda rad etish, ularni ko‘rib chiqish muddatlarini uzrli sabablarsiz buzish, qonunga zid qaror qabul qilish, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanishini hamda shikoyat munosabati bilan qabul qilingan qaror bajarilishini ta’minlamaganlik, fuqaroga uning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini berishni asossiz ravishda rad etish yoki fuqarolarning shaxsiy hayotiga doir ma’lumotlarni ularning roziligisiz oshkor etish, fuqaroni murojaat qilganligi uchun ta’qib qilish, shuningdek fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini boshqacha tarzda buzish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Download 257.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling