Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»
-bob. Fuqarolar yig‘inining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyasining faoliyatini tashkil etish
Download 145.65 Kb.
|
комиссия низоми лотин
5-bob. Fuqarolar yig‘inining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyasining faoliyatini tashkil etish
1-§. Fuqarolar yig‘inining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyasining asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari 36. Quyidagilar fuqarolar yig‘inining ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyasining (keyingi o‘rinlarda — ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyasi) asosiy vazifalari hisoblanadi: atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish sohasidagi qonunchilik hujjatlari, umumdavlat hamda hududiy dasturlarda belgilangan chora-tadbirlar ijrosini ta’minlashda ishtirok etish; aholining uylarni, hovlilardagi binolarni, hovlilar va uylar (ko‘p kvartirali uylar) atrofidagi hududlarni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, bolalar va sport maydonchalarini jihozlash, yo‘llar, ko‘priklar, ko‘chalar, kommunal tarmoqlarni qurish, qayta qurish, ta’mirlash va yaroqli holda saqlash, tarix va madaniyat yodgorliklarini, qabristonlarni ta’mirlash ishlarida ixtiyoriylik asosida qatnashishlarini tashkil etish, shu jumladan, hasharlar uyushtirish, ko‘riklar va tanlovlar o‘tkazishda fuqarolar yig‘ini kengashiga ko‘maklashish; atrof muhitni muhofaza qilish va obodonlashtirish masalalari yuzasidan fuqarolar yig‘inining vakolatlari doirasida hududda joylashgan tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish bo‘yicha takliflar kiritish; kambag‘al oilalarning uylari va xonadonlarini ta’mirlash, ushbu maqsadda aholidan ixtiyoriylik asosida mablag‘ yig‘ish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish yuzasidan fuqarolar yig‘iniga va uning kengashiga taklif kiritish; hududda yoqilg‘i, elektr va issiqlik energiyasi hamda suvdan tejamli foydalanish va ularning behuda sarflanishini kamaytirishga doir tadbirlar o‘tkazishga ko‘maklashish; aholi punktlari, suv ta’minoti manbalari, turar joylar, maktablar va boshqa ta’lim muassasalarining sanitariya va ekologik holati ustidan nazoratning amalga oshirilishiga ko‘maklashish; aholi tomonidan chiqindilarning belgilangan joylarga tashlanishini nazorat qilish, mavsumiy xazonlar yoqilishining oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish; fuqarolar yig‘ini a’zolarining ekologik madaniyatini oshirish, yoshlar o‘rtasida ekologik ta’lim va tarbiya tizimini rivojlantirish, fuqarolarning atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishlariga doir targ‘ibot ishlarini amalga oshirish; kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari tomonidan kommunal xizmatlar ko‘rsatish sifati, imoratlar qurish hamda hovlilar va uylar (ko‘p kvartirali uylar) atrofidagi hududlarni saqlash qoidalariga rioya etilishi, yerlardan foydalanish va ularni muhofaza etish ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish. 37. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya o‘z vazifalarini amalga oshirishda tuman (shahar) tabiatni muhofaza qilish inspeksiyalari, kommunal xizmatlar ko‘rsatish tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, ta’lim muassasalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududdagi korxona, tashkilot va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlari, fuqarolar yig‘ini xodimlari, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha boshqa komissiyalar, shuningdek, fuqarolar yig‘ini faoliyatiga ko‘maklashuvchi jamoatchilik tuzilmalari bilan hamkorlik qiladi. 38. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya quyidagi huquqlarga ega: faoliyati uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni tegishli tashkilotlardan belgilangan tartibda olish to‘g‘risida, zarur hollarda ma’lumotlarni joyiga borib o‘rganish haqida fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish; faoliyat yo‘nalishiga oid u yoki bu masalalar yuzasidan qabul qilgan qarorlarini fuqarolar yig‘ini kengashida ko‘rib chiqish uchun taqdim etish; hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tadbirlar rejalarini ishlab chiqish va fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) tomonidan tasdiqlash uchun yig‘in kengashiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirishga oid tadbirlar tashkil etish yuzasidan fuqarolar yig‘ini kengashiga taklif kiritish; o‘ziga yuklangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida o‘z majlislariga davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlarining vakillarini, mutaxassislarni va boshqa shaxslarni jalb qilish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish; fuqarolar yig‘ini a’zolarining atrof tabiiy muhit tozaligini saqlash, ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha amalga oshirayotgan ibratli ishlari va ijobiy tajribalarini ommalashtirish haqida fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish; ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalarni bajarishda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha fuqarolar yig‘ini kengashi, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi)ga takliflar kiritish. 39. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiyaning majburiyatlari quyidagilardan iborat: o‘z faoliyatida qonunchilik hujjatlariga va mazkur Namunaviy nizom talablariga qat’iy rioya qilish; fuqarolarning qadr-qimmati kamsitilishiga, huquq va erkinliklarining poymol etilishiga yo‘l qo‘ymaslik; fuqarolar yig‘ini faoliyatida faol ishtirok etish, fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi) va fuqarolar yig‘ini kengashining qarorlarini amaliyotga tatbiq etish; yo‘nalishi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini samarali va maqsadli tarzda muntazam ravishda amalga oshirish; qonun buzilishi holatlari aniqlangan hollarda tegishli organlarga xabar berish to‘g‘risida fuqarolar yig‘ini kengashiga takliflar kiritish; Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya a’zolariga ayon bo‘lgan shaxsiy hayotga oid ma’lumotlarni o‘zgalarga oshkor qilmaslik. 40. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha komissiya raisi va uning a’zolari: o‘z faoliyati davomida fuqarolar bilan xushmuomala va xolis bo‘lishlari; o‘z bilimlarini, ayniqsa inson huquq va erkinliklari hamda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirib borishlari zarur. Download 145.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling