Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»
-§. Universitet a’zolarining vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish
Download 145.65 Kb.
|
комиссия низоми лотин
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. «Ayollar maslahat kengashi»ning faoliyatini tashkil etish. 1-§. «Ayollar maslahat kengashi»ning asosiy maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari
3-§. Universitet a’zolarining vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish
29. Universitet a’zolarining vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari to‘xtatiladi: o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilganda; belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda; unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda; sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoxud vafot etgan deb e’lon qilinganda; O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda; sog‘lig‘i holati yoki boshqa uzrli sabablarga ko‘ra uch oy davomida o‘z vazifalarini bajara olmay qolganda; vafot etganda. 30. Universitet a’zolarining vakolatlari muddatidan ilgari to‘xtatilgan taqdirda, bir oy muddatda fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan bo‘shab qolgan o‘rinlarga yangi saylov o‘tkaziladi. 3-bob. «Ayollar maslahat kengashi»ning faoliyatini tashkil etish. 1-§. «Ayollar maslahat kengashi»ning asosiy maqsad va vazifalari, huquq va majburiyatlari 31. «Ayollar maslahat kengashi»ning (keyingi o‘rinlarda — Kengash) maqsadi ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish, hal etishga ko‘maklashish, oilalarni mustahkamlash va ularning farzand tarbiyasidagi rolini hamda ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan maslahatlar berish, «odobli qiz», «iffatli kelin» va «ma’rifatli ayol» g‘oyalarini keng targ‘ib etishdan iborat. Oldingi tahrirga qarang. 32. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashish, zarur hollarda «Ayollar daftari»ga kiritish uchun anketa-so‘rovnoma to‘ldirish; ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish, biznesga oid namunaviy rejalarni ishlab chiqish va kredit olishda ularga ko‘maklashish; «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar bilan manzilli ishlarni amalga oshirish, ularga psixologik maslahatlar berib borish; xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va berilayotgan imtiyozlarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish; xotin-qizlarga huquqiy, ma’naviy-axloqiy, pedagogik, psixologik va tibbiy maslahatlar berish orqali ularning oilalarni mustahkamlash va farzand tarbiyasidagi rolini hamda ijtimoiy faolliklarini oshirish; aholi o‘rtasida «odobli qiz», «iffatli kelin» va «ma’rifatli ayol» g‘oyalarini keng targ‘ib etish; xotin-qizlarning, ayniqsa, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarning muammolari o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish. (32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son) 33. Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega: xotin-qizlarning, shu jumladan, «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish va ularning muammolarini hal etishga ko‘maklashish; xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalarni har tomonlama tahlil qilish, ularni bartaraf etishning eng maqbul yo‘llarini aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazish; Oldingi tahrirga qarang. o‘tkazilgan tadbirlar yakunlariga bo‘yicha takliflar va tavsiyalar tayyorlash hamda ularni fuqarolar yig‘ini kengashi hamda tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etish; (33-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son) oilalar va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiruvchi tashkilotlar bilan maqsadli aloqalar o‘rnatish; Oldingi tahrirga qarang. xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi faktlari aniqlangan taqdirda, materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborish uchun tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limiga taqdim etish; (33-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son) zarur holatlarda Kengash faoliyatiga malakali mutaxassislarni jalb etish; ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalar doirasida tashabbuslar ko‘rsatish; seminar, trening, uchrashuvlar, davra suhbatlari, ko‘rik-tanlovlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish; ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘ida o‘z faoliyati to‘g‘risidagi axborotni tarqatish; xotin-qizlar, ayniqsa, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish. 34. Kengash quyidagilarga majbur: o‘z faoliyatida qonunchilikka va mazkur Namunaviy nizom talablariga rioya qilish; fuqarolar bilan muloqotda samimiy, xushmuomala va xolis bo‘lish; davlat organlarining, ular mansabdor shaxslarining o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradigan faoliyatiga aralashmaslik; xotin-qizlarning sha’ni va qadr-qimmati kamsitilishiga, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘ymaslik; o‘z faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning tarqatilishi qonun bilan cheklangan bo‘lsa, uning maxfiyligiga rioya etish, ayon bo‘lgan sirlarning o‘zgalarga oshkor qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik. Download 145.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling