Fuqarolar yig‘inining komissiyalari to‘g‘risida nizom 1-bob. Umumiy qoidalar Mazkur Namunaviy nizom «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»


-§. Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish


Download 145.65 Kb.
bet4/18
Sana20.12.2022
Hajmi145.65 Kb.
#1036408
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
комиссия низоми лотин

2-§. Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyani shakllantirish va uning faoliyatini tashkil etish
19. Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) saylovidan so‘ng bir oy ichida 8 — 12 nafar a’zodan iborat tarkibda 5 yil muddatga saylanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya tarkibiga fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli)ning huquq-tartibot masalalari bo‘yicha o‘rinbosari-profilaktika inspektori, ta’lim muassasalari, oilaviy shifokorlik punkti (oilaviy poliklinika), O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududdagi korxona va tashkilotlardagi boshlang‘ich tashkilotlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotlar vakillari, psixologlar, shuningdek, hayotiy tajribaga, aholi o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan hamda o‘zining tarbiyaviy ta’sirini o‘tkaza oladigan faol xotin-qizlar kiritilishi mumkin.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
Oldingi tahrirga qarang.
komissiyaga rahbarlik mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshiriladi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 9 avgustdagi 438-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son)
komissiya tarkibiga nomzod sifatida ko‘rsatilgan shaxs, agar fuqarolar yig‘ini majlisida (fuqarolar vakillari yig‘ilishida) hozir bo‘lganlarning yarmidan ko‘pi uni yoqlab ovoz bergan bo‘lsa, saylangan hisoblanadi.
komissiya a’zosi muddatidan avval komissiya tarkibidan chiqsa, uning yangi a’zosi bir oy muddat ichida fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillarining yig‘ilishi) tomonidan saylanadi.
20. Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya raisi:
komissiya faoliyatini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
ushbu Namunaviy nizomda belgilangan vazifalarning komissiya a’zolari tomonidan bajarilishini ta’minlaydi;
majlislarni chaqiradi va o‘tkazadi;
fuqarolar yig‘ini (fuqarolar vakillari yig‘ilishi), fuqarolar yig‘ini kengashi majlislarida uning nomidan vakil bo‘ladi;
komissiya nomidan chiqadigan hujjatlarni imzolaydi.
komissiya o‘zining birinchi tashkiliy yig‘ilishida a’zolar ichidan komissiya raisining o‘rinbosarini va komissiya kotibini saylaydi.
komissiya raisi o‘rinbosarining vazifalari komissiya raisi tomonidan fuqarolar yig‘ini kengashi bilan kelishgan holda belgilanadi. Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya raisi uzrli sabablarga ko‘ra bo‘lmagan hollarda rais o‘rinbosari uning vazifasini bajaradi.
21. Vazifalar taqsimoti hamda unga asosan tuzilgan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiyaning yillik, choraklik ish rejalari komissiya yig‘ilishida muhokama etiladi va fuqarolar yig‘ini kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya ish rejasi ijrosi yuzasidan komissiya a’zolarining amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari har oyda komissiya yig‘ilishlarida eshitilib, tegishli qarorlar qabul qilib boriladi.
Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya yig‘ilishi, agar uning ishida a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashayotgan bo‘lsa, vakolatli hisoblanadi. Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya a’zolarining yarmidan ko‘pi yoqlab ovoz bergan qaror qabul qilingan hisoblanadi.
22. Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya kotibi yig‘ilishlarning bayonini yuritadi va qarorlar ijrosini nazorat qiladi.
23. Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha komissiya o‘z faoliyati yuzasidan har oyda fuqarolar yig‘ini kengashiga, yilning har choragida fuqarolar yig‘ini majlisi (fuqarolar vakillari yig‘ilishi)ga hisobot berib boradi.

Download 145.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling