Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida
-modda. Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda ish stajini o‘zaro hisobga olish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- 42-modda. Ish stajini tasdiqlash tartibi
- VII BOB. PENSIYALAR TAYINLASh 43-modda. Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etish tartibi
41-modda. Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda ish stajini o‘zaro hisobga olish
xususiyatlari Oldingi tahrirga qarang. Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda, basharti, hisobga o‘tadigan ishlar ayni shunday yoki nisbatan imtiyozliroq shartlarda pensiya olish huquqini bergan taqdirda, 1, 2 va 3-sonli ro‘yxatlarda nazarda tutilgan ish davrlari o‘zaro hisobga olinadi. (41-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-795-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son) 42-modda. Ish stajini tasdiqlash tartibi Oldingi tahrirga qarang. Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi. 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi. Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) yoki unda tegishli yozuvlar mavjud bo‘lmagan taqdirda ish stajini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. (42-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son) VII BOB. PENSIYALAR TAYINLASh 43-modda. Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etish tartibi Xodimlarga va ularning oila a’zolariga (boquvchisini yo‘qotgan taqdirda) pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza oxirgi ish joyidagi korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati orqali beriladi. Oldingi tahrirga qarang. Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari), boshqa kooperativlarning a’zolariga va ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza kooperativ boshqaruvi orqali beriladi. (43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda) Oldingi tahrirga qarang. Ma’muriyat (boshqaruv) ariza kelib tushgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddat ichida staj va ish haqi to‘g‘risidagi zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi hamda ularni berilgan ariza va o‘z taqdimnomasi bilan birga arizachining tanloviga ko‘ra uning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga yuboradi. Basharti, pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan xodimga pensiya tayinlashga tavsiya etish rad qilinsa, unga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma xabar qilinadi. (43-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son) Oldingi tahrirga qarang. Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan shaxs ma’muriyatning (boshqaruvning) pensiya tayinlashga tavsiya etishni rad etgan qaroriga rozi bo‘lmagan hollarda, u pensiya tayinlanishini so‘rab bevosita O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga ariza berishi mumkin. (43-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda) Oldingi tahrirga qarang. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling