Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida


-modda. Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda ish stajini o‘zaro hisobga olish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/42
Sana07.03.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1246646
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
Bog'liq
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida

41-modda. Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda ish stajini o‘zaro hisobga olish
xususiyatlari
Oldingi
 tahrirga qarang.
Imtiyozli shartlarda pensiya tayinlashda, basharti, hisobga o‘tadigan ishlar ayni shunday
yoki nisbatan imtiyozliroq shartlarda pensiya olish huquqini bergan taqdirda, 1, 2 va 3-sonli
ro‘yxatlarda nazarda tutilgan ish davrlari o‘zaro hisobga olinadi.
(41-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-795-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 03/22/795/0963-son)
42-modda. Ish stajini tasdiqlash tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat
hisoblanadi.
2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji shaxsning mehnat daftarchasidagi
(elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida, tasdiqlovchi hujjatlar talab
etilmasdan belgilanadi.
Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) yoki unda tegishli yozuvlar mavjud
bo‘lmagan taqdirda ish stajini tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
(42-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
VII BOB. PENSIYALAR TAYINLASh
43-modda. Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etish tartibi
Xodimlarga va ularning oila a’zolariga (boquvchisini yo‘qotgan taqdirda) pensiya
tayinlash to‘g‘risidagi ariza oxirgi ish joyidagi korxona, muassasa, tashkilot ma’muriyati orqali
beriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari), boshqa kooperativlarning a’zolariga va
ularning oila a’zolariga pensiya tayinlash to‘g‘risidagi ariza kooperativ boshqaruvi orqali
beriladi.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Ma’muriyat (boshqaruv) ariza kelib tushgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddat ichida
staj va ish haqi to‘g‘risidagi zarur hujjatlarni rasmiylashtiradi hamda ularni berilgan ariza va o‘z
taqdimnomasi bilan birga arizachining tanloviga ko‘ra uning doimiy yashash yoki vaqtincha
turgan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari
Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga yuboradi. Basharti, pensiya tayinlashni
so‘rab murojaat etgan xodimga pensiya tayinlashga tavsiya etish rad qilinsa, unga rad etish
sabablari ko‘rsatilgan holda yozma xabar qilinadi.
(43-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
Pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan shaxs ma’muriyatning (boshqaruvning)
pensiya tayinlashga tavsiya etishni rad etgan qaroriga rozi bo‘lmagan hollarda, u pensiya
tayinlanishini so‘rab bevosita O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan
tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga ariza berishi mumkin.
(43-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Oldingi
 tahrirga qarang.

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling