Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘G‘risida
Fuqarolarning davlat pensiya
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
938-XII-сон 03.09.1993. Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida
- Bu sahifa navigatsiya:
- HAQINI HISOBLAB ChIQISh TARTIBI VI BOB. ISh STAJINI HISOBLAB ChIQARISh VII BOB. PENSIYALAR TAYINLASh
Fuqarolarning davlat pensiya
ta’minoti to‘g‘risida I BOB. UMUMIY QOIDALAR II BOB. YoShGA DOIR PENSIYALAR III BOB. NOGIRONLIK PENSIYALARI IV BOB. BOQUVChISINI YO‘QOTGANLIK PENSIYALARI V BOB. PENSIYALARNI VA ISh HAQINI HISOBLAB ChIQISh TARTIBI VI BOB. ISh STAJINI HISOBLAB ChIQARISh VII BOB. PENSIYALAR TAYINLASh VIII BOB. PENSIYALARNI QAYTA HISOBLASh IX BOB. PENSIYALAR TO‘LASh Излаш (37-modda birinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 29-oktabrdagi O‘RQ-726-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.10.2021-y., 03/21/726/1001-son) v) idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, harbiylashtirilgan soqchilikdagi, maxsus aloqa organlari va tog‘-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat; Oldingi tahrirga qarang. g) yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xo‘jalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xo‘jaligidagi faoliyat: 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda; Oldingi tahrirga qarang. 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan taqdirda; (37-modda birinchi qismi “g” bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020- yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son) Oldingi tahrirga qarang. 2020-yil 1-yanvardan — ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda. (37-modda birinchi qismining “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son) Oldingi tahrirga qarang. d) I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha bo‘lgan, nogironligi bor bolaga, shuningdek (davolash muassasasining xulosasiga ko‘ra) o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt; (37-modda birinchi qismining “d” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9- fevraldagi O‘RQ-752-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son) Oldingi tahrirga qarang. e) oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi o‘qish, shu jumladan chet elda o‘qish; (37-moddaning birinchi qismi “e” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son) Oldingi tahrirga qarang. j) bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 6 yil; (37-modda birinchi qismining “j” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 9-fevraldagi O‘RQ-752-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.02.2022-y., 03/22/752/0113-son) z) ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, lekin 10 yildan oshmagan davr; Oldingi tahrirga qarang. i) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan, lekin 10 yildan oshmagan davr. (37-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379- sonli Qonuniga asosan “i” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda) Oldingi tahrirga qarang. (37-modda birinchi qismining “k” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 22-dekabrdagi O‘RQ-272-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2010-y., 51-son, 483-modda) Oldingi tahrirga qarang. Mazkur moddaning “d” — “i” bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning “a” — “g” bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan umumiy ish staji kamida 7 yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. (37-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 25-apreldagi O‘RQ-405- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 173-modda) Oldingi tahrirga qarang. Nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan fuqarolar stajiga “d” — “i” bandlarda nazarda tutilgan davrlar ushbu moddaning “a” — “g” bandlarida ko‘rsatib o‘tilgan staj muddatidan qat’i nazar qo‘shiladi. (37-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi O‘RQ-770- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida I va II guruh nogironligida bo‘lingan vaqt yoshga doir yoki boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi tayinlanayotganida stajga qo‘shib hisoblanadi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling