39-modda. Ayrim toifadagi fuqarolar stajini hisoblab chiqarishning o‘ziga xos
xususiyatlari
Sanoatning mavsumiy tarmoqlariga oid korxonalar va tashkilotlarda band bo‘lgan
xodimlarning to‘liq mavsum mobaynidagi ishi bir yil ishlagan deb, to‘liq mavsum davomida
ishlamagan bo‘lsa, haqiqiy ishlagan davri hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-sonli
qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ilova
(“To‘liq bir mavsum ishlash pensiya tayinlash uchun bir yil mehnat stajiga o‘tadigan mavsumiy ishlar
va sanoatning mavsumiy tarmoqlari ro‘yxati”).
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan erosti ishlari stajini
hisoblab chiqishda (10-moddaning
“a” — “b” bandlari
va 11-moddaning
“a” bandi
) ana shu
ishda orttirilgan mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida nogironlikda bo‘lgan
vaqti ushbu Qonun 38-moddasining
“v” bandida
belgilangan qoidalar qo‘llanmasdan ko‘rsatib
o‘tilgan stajga qo‘shiladi.
40-modda. Chet elda ishlash vaqtini stajga qo‘shish shartlari
Oldingi
tahrirga qarang.
Chet elda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga ko‘ra mehnat stajiga qo‘shiladi, bundan
ushbu moddaning
uchinchi qismida
nazarda tutilgan hollar mustasno:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;
Oldingi
tahrirga qarang.
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — yagona ijtimoiy
to‘lov to‘langan taqdirda;
(40-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-
noyabrdagi O‘RQ-646-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-
y., 03/20/646/1488-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
2020-yil 1-yanvardan — ijtimoiy soliq to‘langan taqdirda.
(40-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi O‘RQ-646-
sonli
Qonuniga
asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |