O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining yollanma (bitim) asosda
chet elda ishlaganligi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organlar
mehnat daftarchasiga
kiritgan qaydnomalarga qarab aniqlanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari
va konsullik muassasalari
xodimlarining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro
hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga
xizmat safariga yuborilgan
shaxslarning chet elda ishlagan davrini mehnat stajiga kiritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(40-modda O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-sonli
Qonuniga
asosan uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
Chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chet eldagi ishi O‘zbekiston
Respublikasida ishlanganiga to‘g‘ri keladigan stajning 1/3
hissasidan oshmagan miqdorda,
stajga qo‘shiladi.
(40-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 5-yanvardagi O‘RQ-318-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 1-son, 4-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: