Oldingi
tahrirga qarang.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi
ishlangan vaqt ish stajiga
qo‘shib hisoblanadi.
(37-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 26-oktabrdagi O‘RQ-795-sonli
Qonuniga
asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y.,
03/22/795/0963-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Yoshga doir pensiya tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt pensiyani hisoblab
chiqarish uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi.
Ota-onasidan judo bo‘lgan (chin yetim) bolalarga
tayinlanadigan boquvchisini
yo‘qotganlik pensiyalarini hisoblab chiqarish ham ota, ham onaning umumiy ish stajiga qarab,
ushbu Qonunning 27-moddasi
“g”
bandida
ko‘rsatib o‘tilgan miqdorlarda amalga oshiriladi.
38-modda. Ish stajiga imtiyozli tarzda qo‘shib hisoblanadigan faoliyat davrlari
Stajga quyidagilar imtiyozli tarzda qo‘shib hisoblanadi:
a) harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi,
jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va qo‘shilmalaridagi
xizmat va erkin
yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlarda ishtirok
etish — uch hissa barobarida;
Oldingi
tahrirga qarang.
b) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida
mamlakat ichkarisida ishlash, shu jumladan
harbiy qismlardagi erkin yollanganlar tarkibidagi ish va ushbu moddaning
“a” bandida
nazarda tutilgan xizmatdan tashqari harbiy xizmat — ikki hissa barobarida;
(38-moddaning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-dekabrdagi O‘RQ-379-
sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 49-son, 579-modda)
v) ushbu Qonun 10-moddasining
“a”
va
“b” bandlariga
hamda 11-moddasining
“a”
bandiga
muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan — erkaklarda 10 yildan
ortiq va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortiq ishlangan har bir to‘liq yil ikki hissa barobarida;
g) moxovxonalarda,
vaboga qarshi muassasalarda, immunodefitsit virusi bilan
kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida ishlash — ikki hissa
barobarida;
d) patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza
muassasalarining tibbiy
xodimlaridan
ayrim toifalarining
ishi — bir yarim hissa barobarida;
e) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, asossiz ravishda qatag‘on qilingan va
keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo‘lish va hibsda saqlash joylarida turgan vaqti
— bir yarim hissa barobarida.
Do'stlaringiz bilan baham: